13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 08:59
Qishloq xoʻjaligi 👁 445

Har qarich yerdan unumli foydalanayotgan fermer

Har qarich yerdan unumli foydalanayotgan fermer

Bogʻdorchilikda qator oralariga boshqa ekinlar ekish yer maydonidan unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish va tuproqning sogʻlom holatini saqlab qolishga yordam beradigan usullardan hisoblanadi. Amudaryolik fermerlar ekin yer maydonlarining har qarichidan unumli foydalanib, bogʻ qator oralariga sabzavot va poliz mahsulotlarini ekishmoqda va qoʻshimcha daromad olmoqdalar.

Ana shunday ilgʻor fermer Qurolboy Japaqov rahbarlik qilayotgan “Rajab Japaq” fermer xoʻjaligining umumiy ekishlik yer maydoni 45,2 gektar boʻlib, shunda 8 gektar ekin maydonida yangidan nok bogʻi tashkil qilgan. Asosiy yoʻnalishi paxtachilik-gʻallachilik boʻlgan fermer xoʻjaligida ertaki sabzavotlar, kartoshka, piyoz, karam, sarimsoq piyoz, sabzi kabi mahsulotlar ham yetishtiriladi.

Fermer Qurolboy Japaqov 8 gektar ekin yer maydonida tashkil etilgan bogʻda nokning "Mauzer" navidan bu yil ilk hosil olinadi. Shuningdek, yangi bogʻda qatorlar orasiga kartoshka, sabzi, bulgʻor qalampiri, piyoz kabi mahsulotlar ekilgan boʻlib, ulardan ham yaxshigina hosil va daromad olish rejalashtirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, mevali daraxtlar hali katta boʻlmagan davrda, ular orasida boʻsh turgan yerga boshqa ekinlar ekib, yer maydonlaridan toʻliq foydalanish hamda qoʻshimcha daromad olish mumkin. Oraliq ekinlar ekish begona oʻtlarga qarshi kurashishga ham xizmat qiladi, yaʼni ular tuproqni toʻliq qoplaydi hamda begona oʻtlarga joy qoldirmaydi. Qolaversa, oraliq ekinlar tuproqni quyoshdan himoya qiladi, bu esa namlikni saqlab qolishga yordam beradi.

Bugungi kunda, bogʻ qator oralaridan samarali foydalanish Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega. Innovatsion texnologiyalar va samarali usullarni joriy etish, fermerlarga nafaqat mahsulotlarni sifatli va samarali yetishtirish imkonini beradi, balki umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga ham xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu jarayonni yanada rivojlantirish, fermerlarni yangi bilimlar bilan taʼminlash va tajriba almashishini ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, bogʻ-tok qator oralaridan samarali foydalanish jamiyatda barqaror oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi tizimini yaratishda muhim qadam boʻlib, ushbu sohada yangi innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Hamyurtimiz xolimbeglik Qurolboy Japaqov oʻz fermer xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish barobarida hududdagi 40 nafarda ortiq ishsiz yurgan mahalladoshlarini ham mavsumiy ish bilan taʼminlashga hamda ularning oilalariga daromad olib kelishlariga yordam bermoqda.

Fermerning har mavsumdagi hosili hamda daromadi ham yaxshigina. Ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelayotgan dehqonchilik sir-asrorlarini puxta egallash hamda yer resursidan unumli foydalanishda zamonaviy imkoniyatlar va texnologiyalarni joriy qilish orqali Qurolboy Japaqov Amudaryo tumanidagi eng ilgʻor fermerlardan biriga aylangan.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026