Yoş bilimdonlar “Zakovat”da bellaşdi
Yurtimizda yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş maqsadida turli loyihalar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, zakovat, hozirjavoblik, tezkor tafakkur va bilimga çanqoqlikni kuçaytirişga xizmat qiladigan “Zakovat” intellektual öyini tobora ommalaşib bormoqda. Bu boradagi izçil saʼy-harakatlar, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yoşlarimizni yanada faollikka undamoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual musobaqalarni rivojlantirişga doir qarori muhim huquqiy asos böldi. Qaror asosida intellektual öyinlar bilan şuğullanayotgan öquvçi va talabalar uçun bir qator imtiyozlar belgilandi. Jumladan, respublika bosqiçida ğolib bölgan yoşlar oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz, bazaviy tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.
Ana şunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan navbatdagi yirik intellektual musobaqa – “Zakovat” öyinining Amudaryo tumani bosqiçi joriy yilning 15-aprel kuni bölib ötdi. “Oltin saroy” tantanalar majmuasida taşkil etilgan mazkur musobaqa kötarinki ruhda, yuksak taşkiliy saviyada ötkazildi. Unda tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktablarining har biridan intellektual jamoalar iştirok etdi. Har bir jamoa ğoliblik uçun munosib kuraş olib borib, bilim, hozirjavoblik, mantiqiy tafakkur va savollarga yondaşiş qobiliyatini namoyon etdi.
Musobaqani “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat taşkilotining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça koordinatori Dilşod Jumaniyazov boşqarib bordi. Uçraşuv davomida iştirokçilar tarix, adabiyot, mantiq, falsafa va ijtimoiy mavzularga oid turli savollarda öz salohiyatlarini sinovdan ötkazişdi. Savollar çuqur fikrlaş, xotira va bilimni birlaştirgan holda yeçim topişni talab qildi. Jamoalar esa har bir savolga puxta tayyorgarlik bilan javob topişga harakat qilişdi.
Bu musobaqa nafaqat bilimlar bellaşuvi, balki yoşlar orasida soğlom raqobat, bir-biridan örganiş va jamoaviy fikrlaş madaniyatini şakllantiruvçi muhim maydon böldi. Ayniqsa, ovul va mahallalardagi iqtidorli yoşlar uşbu öyinda faol iştirok etib, öz qiziqişlarini real natijalar bilan isbotlaşdi.
Musobaqa nihoyasida hakamlar hayʼati tomonidan eng faol va bilimli jamoalar aniqlanib, ğolib va faol iştirokilar taqdirlandi. Ğolib jamoa Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Darhaqiqat, bunday musobaqalar nafaqat yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, balki ular orasida döstlik, fikr almaşiş va jamoaviy işlaş könikmalarini mustahkamlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Zakovat” öyini esa bugungi yoşlarning bilimga bölgan qiziqişini yorituvçi, kelajak poydevorini mustahkamlovçi ijtimoiy-maʼnaviy köprik bölib xizmat qilmoqda.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶