Joriy yilda tumandagi 348 ta fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 ming gektar maydonga çigit ekiladi
Qişloq xöjaligi sohasida yuqori samaradorlikka erişiş, yerdan unumli foydalaniş hamda aholi farovonligini taʼminlaş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, mamlakatimizda paxtaçilik yönalişida amalga oşirilayotgan islohotlar, ilğor agrotexnologiyalarni joriy etiş va klaster tizimi asosida faoliyat yuritiş uşbu sohaning yangi bosqiçga kötarilişiga zamin yaratmoqda.
Bugungi kunda qişloq xöjaligida, jumladan, paxtaçilikda ilm-fan yutuqlariga tayaniş, zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalaniş, xarajatlarni kamaytiriş hamda daromadni oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yurtimizda bahor nafasi kezayotgan ayni aprel oyining iliq kunlarida Amudaryo tumanidagi fermer xöjaliklarida 2025-yilgi paxta hosili uçun çigit ekiş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Xususan, Çoyköl ovulidagi “Çoyköl Döstlik” hamda Qangli ovulidagi “Diyorbek Qanjiğali” fermer xöjaliklarida ham işlar qizğin pallaga kirgan.
Amudaryo tumani Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi maʼlumotlariga köra, joriy yilda tumandagi 348 ta fermer xöjaligi va boşqa qişloq xöjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 000 gektar maydonda çigit ekilişi rejalaştirilgan.
Eʼtiborga molik jihati şundaki, joriy yilda 5 ming gektar maydonda Xitoy texnologiyasi asosida çigit ekiş işlari amalga oşirilmoqda. Uşbu maydonlarning 2 400 gektarida xorijiy, 2 600 gektarida esa mahalliy navli çigit ekiş möljallangan. Bunday yondaşuv hosil sifati va hajmini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Maʼlumotlarga köra, Xitoy texnologiyasi asosida amalga oşirilayotgan usul fermerlarga vaqt va mablağni tejaş imkonini beradi. Bundan taşqari, çigitlar 5-6 kun içida unib çiqişi va anʼanaviy usulga nisbatan taxminan 5 kun oldin hosil berişini taʼminlaydi. Hosildorlik esa 50 tsentnerdan ortiq bölişi mumkin.
Çigit ekiş işlari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan. Barça agrotexnik tadbirlar belgilangan talab va meʼyorlarga töliq rioya etilgan holda, yuqori sifatda amalga oşirilmoqda.
Uşbu işlar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi “Paxtaçilikda yuqori samarali intensiv agrotexnologiyalarni qöllaş va xorijiy ğöza navlari maydonlarini kengaytirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, qişloq xöjaligi texnikalari va agregatlari mavsum oldidan töliq tayyor holatga keltirilgan. Yer tayyorlaş va ekiş işlariga 71 ta xaydov traktori, 71 ta plug, 136 ta çizel, 15 ta diskli borana, 1700 ta tişli borana, 293 ta mola, 53 ta mineral öğit sepgiç, 47 ta purkagiç, 150 ta çigit ekiş seyalkalari, şuningdek, 23 ta maxsus seyalka jalb etilgan. Hozirda barça texnika va agregatlar soz holatda işga tayyor va mavsumda ulardan faol foydalanilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barça fermer xöjaliklari va agrar sohada mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoşlarimizga joriy yilgi mavsumda muvaffaqiyat va barakali hosil tilaymiz!
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶