14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:06
Jamiyat 👁 405

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostida kouching tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostida kouching tadbiri oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson omiliga eʼtibor, uning hayotdan rozi yashashini taʼminlash, turmush sharoitini yaxshilash, ayniqsa, davlat xizmatlaridan samarali foydalanishlariga koʻmaklashish maqsadida huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli fuqarolar hayotiga doir ijtimoiy muammolarga oʻz vaqtida huquqiy yechim topish imkoni yaratilmoqda.

29-mart kuni Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi binosida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostida tashkillashtirilgan, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kouching dasturida ham inson qadr-qimmatini hamisha baland tutish, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquqiy masalalarda ekspert-maslahatchi va psixologlar yordamlarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda Amudaryo tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy va huquqiy yordamga muhtoj fuqarolar hamda ijtimoiy xizmat xodimlari ishtirok etdilar. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Gʻulomjon Duysenboyev va markaz mutaxassislari ishtirokchilarga markaz va ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar turi, aholini qiynab kelayotgan mavjud ijtimoiy muammolarga huquqiy yechimlar topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar va tushunchalar taqdim etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, markaz faoliyati va shu kungacha amalga oshirgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Xususan, katta yoshdagilar va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash shuʼbasi bosh mutaxassisi Rahmonjon Bobojonov, nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash shuʼbasi mudiri Murodjon Boltayevlar tomonidan 2024-yil davomida ijtimoiy himoyaga va alohida parvarishga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolarga koʻrsatilgan amaliy va huquqiy yordamlar haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Shundan soʻng ijtimoiy toʻlovlar shuʼbasi faoliyati boʻyicha bosh mutaxassis Sirojiddin Jumaboyev, mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish shuʼbasi mudiri, bosh ijtimoiy xodim Bahriddin Turaboyevlar oʻz faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida tadbir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berib, 2025-yil uchun belgilangan rejalar, koʻrsatiladigan ijtimoiy va huquqiy xizmatlar xususida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Kouching tadbir davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bolalarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbasi, huquqiy masalalarda ekspert-maslahatchi xizmati, psixologlar hamda markaz operatorlari faoliyati toʻgʻrisida ham zarur tushunchalar taqdim etilib, bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Gʻulomjon Duysenboyev oʻtgan 2024-yil davomida samarali faoliyat olib borgan mahalla faollariga esdalik sovgʻalari topshirdi va minnatdorchilik bildirdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019