Energiya resurslaridan oqilona foydalaniş – qonuniylik va barqarorlik kafolati
Energiya resurslaridan samarali foydalaniş mamlakat iqtisodiy barqarorligi va aholi turmuş darajasini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Elektr energiyasi va tabiiy gazning noqonuniy isteʼmoli nafaqat milliy resurslarni talon-toroj qilişga, balki butun tizimning izdan çiqişiga ham sabab böladi. Şu bois, prokuratura organlari tomonidan mazkur sohada nazorat kuçaytirilib, energiya resurslarini tejamkorlik bilan taqsimlaş va ulardan qonuniy foydalanişni taʼminlaş maqsadida izçil işlar olib borilmoqda.
28-mart kuni Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli böyiça nazorat tadbirlari taşkil etildi.
Tekşiruvlar davomida aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etiş yuzasidan masʼul taşkilotlarga topşiriqlar berildi. Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi va “Hududgaz Qoraqalpoğiston” aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli “Amudaryo tumangaz” gaz taʼminoti bölimi faoliyati örganildi. Elektr va gaz taʼminoti obʼektlarining holati tahlil qilinib, mavjud texnik va taşkiliy muammolarni hal qiliş çoralari körildi.
Şuningdek, dispetçerlik xizmatlari, isteʼmolçilar murojaatlarini qabul qiliş markazlari va gaz taʼminoti infratuzilmasi tekşiruvdan ötkazildi. Tekşiruvlar davomida gaz ballonlarini töldiriş va tarqatiş şoxobçalaridagi kamçiliklar, tabiiy gaz saqlaş zaxira omborlarining holati ham tahlil qilindi. Barça aniqlangan kamçiliklar böyiça zudlik bilan çoralar körildi va qonuniylikni taʼminlaşga qaratilgan işlarning samaradorligi oşirildi.
Şu kuni tuman Prokuraturasi taşabbusi bilan energiya taʼminotini yaxşilaşga qaratilgan aniq çoralar ham amalga oşirildi. Jumladan, Çordara mahallasi hududida joylaşgan Qiliçboy köçasidagi eski yoğoç elektr ustunlari yangi mustahkam ustunlarga almaştirildi. Bu hudud aholisining elektr taʼminotidagi uzilişlarni bartaraf etişga va energiya taʼminotining barqarorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, Arna böyi mahalla fuqarolar yiğini hududida tabiiy gaz isteʼmolida ikki bosqiçli tizimga ötiş işlari amalga oşirildi. Bu tizim gaz taqsimotini xavfsiz va samarali yölga qöyiş imkonini berib, noqonuniy ulanişlarning oldini olişga ham xizmat qiladi.
Energiya resurslaridan qonuniy va tejamkorlik bilan foydalaniş har bir fuqaro va tadbirkorning nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy masʼuliyati hamdir. Davlat idoralari va huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilayotgan çora-tadbirlar nafaqat iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, balki noqonuniy foydalaniş holatlariga qarşi samarali kuraşişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti böyiça mavjud muammolarni aniqlaş va ularni hal etiş orqali aholi hayoti yengillaşadi, resurslardan oqilona foydalaniş taʼminlanadi. Bu esa öz navbatida, mamlakatning energetik xavfsizligini mustahkamlaş va barqaror rivojlanişini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Ş. Joldasov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶