MINI FUTBOL BÖYIÇA AMUDARYo TUMAN HOKIMI KUBOGI MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanida yoşlar örtasida sport-soğlomlaştiriş işlarini yanada yaxşilaş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaş, ayniqsa, idora va taşkilotlarda faoliyat olib boruvçi işçi-xizmatçilarning jismoniy faolliklarini oşiriş orqali salomatliklarini mustahkamlaş maqsadida turli bayram sanalari munosabati bilan sport musobaqalari taşkil etiş doimiy anʼanaga aylangan. Bu kabi tadbirlar Navröz – umumxalq bayrami arafasida yanada qizğin tus oladi.
Joriy yilning 15-17-mart kunlarida tumanning Olmazor mahallasi hududida joylaşgan sunʼiy qoplamali sport maydonçasida sportning mini futbol turi böyiça idora va taşkilotlar xodimlari örtasida Amudaryo tumani hokimi kubogi uçun ötkazilgan musobaqalar futbol ixlosmandlari uçun bayramona jöşqin kayfiyat bağişladi.
Avvalo şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, mazkur sport musobaqasini şaffoflik asosida ötkaziş maqsadida unda iştirok etiş istagini bildirgan jamoalar aʼzolari musobaqa şartlari va öyin tartib-qoidalari bilan oldindan tanişişlari uçun imkoniyat yaratildi va tumandagi idora-taşkilotlarning işçi-xodimlaridan iborat 10 ta futbol jamoasi tarkibidagi 80 nafar iştirokçi röyxati şakllantirildi.
Uç kun davom etgan musobaqalarda Amudaryo tuman hokimining örinbosarlari Bahodir Yernazarov, Nodir Kamolov, sport maktabi direktori Jasur Yaxşimov, şuningdek, idora va taşkilotlar rahbarlari iştirok etişdi. Musobaqaning birinçi kunida saralaş, ikkinçi kunida yarim final, uçinçi kunida esa 3-örin va final öyinlari ötkazildi.
Qizğin bahslarga boy va döstona vaziyatda ötgan musobaqa yakunlariga köra, 1-örin Amudaryo tumani Elektr tarmoqlari korxonasi işçi-xodimlari jamoasiga nasib etdi. 2-örinni hududlardagi hokim yordamçilaridan iborat jamoa futbolçilari egalladilar. 3-örin uçun ötgan qizğin va murosasiz bahslar natijasiga köra, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti idorasi jamoasi ustunlikka erişdi.
Navröz – umumxalq bayrami arafasida bölib ötgan mazkur sport musobaqasi nafaqat iştirokçi jamoalar aʼzolari, balki futbol sporti işqibozlari uçun ham bayramona kayfiyat bağişladi.
Musobaqa yakunida taşkilotçilar tomonidan 1-örinni egallagan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi jamoasiga Amudaryo tumani hokim kubogi tantanali ravişda topşirildi va ğolib jamoalar aʼzolari munosib taqdirlandilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶