Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 7-sessiyasi töğrisida axborot
20-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdagi 7-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, taşkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari va OAV vakillari iştirok etdilar.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi Raisi, tuman hokimi Sobir Xöjametov oçdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga 7-Arna böyi saylov okrugidan deputat Uluğbek Abduraxmanov saylandi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi. Hisobotda Özbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonuniga asosan xalq deputatlari Kengaşlari byudjet maʼlumotlarining oçiqligi va oşkorligini yanada oşiriş, byudjet mablağlarining şakllanişi va sarflanişi ustidan xalq deputatlari Kengaşi hamda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş nazarda tutilganligi taʼkidlandi. Deputatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasiga mablağlar ajratiş töğrisidagi masalani bir ovozdan maʼqulladilar.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliği Qudrat Abduxalikov hisobot berdi. Hisobotda 2025-yil birinçi çoragida tumanda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilgan işlar xususida söz yuritildi. Tuman hududida suğoriladigan ekin yerlari 32 ming 497 gektar, böz yerlar 38 gektar, boğlar 450 gektar, uzumzorlar 39 gektar, tutzorlar 887 gektar, jami suğoriladigan qişloq xöjalik yerlari 32 917 gektarni taşkil qiladi. Tuman hududida hozirgi kunda 45 ming 740 gektar maydonda jami 613 fermer va qişloq xöjalik korxonalari faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, 2025-yil paxta hosili uçun 352 nafar fermer xöjaliklarda 13 ming gektar çigit ekilişi rejalaştirilgan. 4 ming 800 gektar ekin maydonlariga esa ğalla ekilgan. Hisobotda ekin yerlaridan samarali foydalaniş böyiça körilayotgan çoralar haqida maʼlumotlar berildi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – tumanda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida 2024-yil davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi bölimining davlat inspektori Ğayrat Iskandarov hisobot berdi.
Qayd etilişiça, tuman Ekologiya bölimida 2024-yil mobaynida jami 140 ta huquqbuzarliklar holatlari aniqlanib, 280 mlndan ortiq miqdorda jarima hamda 157 mln söm miqdorda zarar hisoblanib, töliq ravişda aybdorlardan davlat hisobiga undirilgan.
Sessiyada Özbekiston Xalq demokratik partiyasining xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşidagi deputatlik guruhi aʼzosi, deputat Otabek Yöldoşov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi 143-sonli Farmoni va 2024-yil 23-sentyabr kungi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi 330-sonli qarorining Amudaryo tumanidagi ijrosini deputatlik nazorati sifatida örganişlar yakuni böyiça axborot berdi.
Axborotda taʼkidlanişiça, dastur ijrosini taʼminlaş böyiça 2025-yilda bajariladigan ustuvor vazifalar belgilab olingan bölib, 5 bölim va 8 banddan iborat çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan. Ijro muddati va masʼullar belgilangan holda tegişli işlar amalga oşirilgan.
Sessiya majlisida Ekopartiya aʼzosi, deputat Gulbahor Raimova davlatimiz rahbari taşabbusi bilan butun mamlakatimiz böylab amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qöşiş maqsadida “Deputatlar boği” yaratiş böyiça taklif berdi va uşbu taklif Kengaş tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Kun tartibidagi sönggi masala – 2025-yilda aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatilişini taʼminlaş va takomillaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliğining örinbosari Hakimjon Sobirov hisobot berdi.
Hisobotda qayd qilinganidek, tumanda Davlat tibbiy suğurta mexanizmlarini joriy qilişga tayyorgarlik işlari monitoringi ötkazilib, aholiga körsatilayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami sifat va samaradorligini oşiriş, aholining ehtiyojmand qatlamiga mahallabay, manzilli va maqsadli tarzda yuqori malakali tibbiy xizmat körsatiş maqsadida tumandagi tibbiy muassasalarni tibbiy asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boşqa texnik vositalar hamda lokal tarmoq bilan taʼminlaş işlari yakunlanmoqda.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqilib, fikr-mulohazalar tinglandi va faol muhokamalardan keyin tegişli qarorlar qabul qilindi.
Şu bilan sessiya öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶