16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:32
Fan va taʼlim 👁 515

Maktabgacha taʼlimda innovatsion usullar samaradorlikni oshiradi

Maktabgacha taʼlimda innovatsion usullar samaradorlikni oshiradi

Maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish mamlakatimizda ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib, sohaga oid islohotlar natijasida qamrov darajasi yildan yilga ortmoqda. Mutasaddi idoralar tomonidan tashkil etilayotgan seminar va davra suhbatlari esa tarbiyachilarning kasbiy mahorati oshishiga xizmat qilyapti. Shu kabi tadbirlardan biri Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining rejasiga muvofiq 27-fevral kuni tumanining Yuqori qishloq mahallasida joylashgan 52-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham boʻlib oʻtdi.

Seminarda boʻlim bosh metodisti Hulkar Bobojonova, 52-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari Inobatxon Tajiboyeva, direktor oʻrinbosari Shahlo Oʻrozboyeva hamda ushbu muassasaning tarbiyachilari ishtirok etishdi. Shuningdek, Qilichboy ovulidagi maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va tarbiyachilari ham seminarga taklif qilindi.

Seminarning asosiy maqsadi – bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim jarayonini yanada samarali tashkil etish yoʻllarini muhokama qilishdan iborat boʻldi. Bundan tashqari, tarbiyachilarga davlat talablari va davlat oʻquv dasturiga asoslangan yangi metodikalar boʻyicha ham amaliy koʻnikmalar berildi.

Seminar doirasida 52-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining 4 ta guruhida ochiq mashgʻulotlar oʻtkazilib, tarbiyachilar “Kitob bilan doʻstlashamiz” mavzusida interaktiv darslar olib borishdi.

Mashgʻulotlar jarayonida kichik guruh tarbiyachisi Gulbodom Qurbonboyeva tomonidan bolalarga kitob haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi va mavzuni oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi. Oʻrta guruh tarbiyachisi Sevara Tulovboyeva koʻrgazmali qurollar yordamida bolalarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirib, sheʼr, topishmoq va maqollar orqali mavzuni boyitdi. Katta guruh tarbiyachisi Muazzam Davlatboyevaning mashgʻulotlari ham innovatsion uslublarda olib borildi, jumladan, bolajonlar uchun qiziqarli videolavhalar namoyish qilinib, diqqatni jalb qiluvchi tarbiyaviy materiallardan foydalanildi. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi Tursunoy Xalillayeva ham mavzuni bolalar uchun qiziqarli tarzda yoritdi.

Ushbu mashgʻulotlarda bolalarning jismoniy, nutqiy va bilish jarayonlarini rivojlantirish, shuningdek, ularning ijtimoiy-emotsional hamda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga alohida urgʻu berildi. Tajriba almashish imkoniyati nafaqat tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirishga, balki taʼlim jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi.

Seminarning muhim jihatlaridan biri milliy qadriyatlarni targʻib etishga qaratilgan tashabbus boʻldi. Mashgʻulotlarda 52-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari milliy atlas va adras liboslarda ishtirok etishdi. Bundan koʻzlangan maqsad esa bolalarni milliy anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalashdir.

Seminar yakunida ishtirokchilar oʻz tajribalari asosida fikr-mulohazalar almashdi. Kuzatuvchilar tomonidan tarbiyachilarning pedagogik mahorati, mashgʻulotlarda qoʻllangan samarali usul va vositalar atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi seminarlar tarbiyachilar uchun qimmatli tajriba maydoni boʻlib xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.

Maʼlumot oʻrnida: mazkur muassasa 2023-yil mart oyida ish boshlagan boʻlib, muassasa binosi 120-oʻringa moʻljallangan. Ayni paytda toʻrtta guruhda 30 nafardan tarbiyalanuvchi taʼlim olmoqda.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining rejasiga muvofiq tashkil etilgan ushbu seminar bolalarning taʼlim-tarbiyasini yuksaltirishda yangi metodik yondashuvlarni qoʻllash, zamonaviy texnologiyalar va milliy qadriyatlarni uygʻunlashtirish borasida muhim tajriba maktabi boʻldi.

Inobatxon Tajiboyeva, 52-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026