Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida "Kasbiy rivojlaniş kuni" va "Kasbiy rivojlantiriş soati" tadbirlari ötkazildi
Zamonaviy taʼlim tizimida pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişi muhim ahamiyat kasb etadi. Öqituvçilarning malakasini oşiriş, ularni innovatsion metodlar bilan taniştiriş va amaliy könikmalarini rivojlantiriş bugungi kunda ustuvor yönalişlardan biridir. Şu maqsadda 2024-yil 21-iyun kuni davlat rahbari tomonidan qabul qilingan "Maktabgaça va maktab taʼlimi taşkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi Qarori va Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining tegişli buyruği bilan Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar hamda umumiy örta taʼlim muassasalari öqituvçilari uçun "Kasbiy rivojlaniş kuni" va "Kasbiy rivojlantiriş soati" tadbirlari muntazam ötkazib kelinmoqda.
Amudaryo tuman Ixtisoslaştirilgan maktabida ham ingliz tili öqituvçilari uçun "Kasbiy rivojlantiriş soati" taşkil qilinib, tadbir doirasida maktabning 8-sinf öquvçilari uçun "Spending money" (Pul sarflaş) mavzusida tajriba-sinov darsi taşkil etildi.
Maşğulotlar ingliz tili fani mentor-öqituvçilari Mohira Şomurotova va Fariza Rajapovalar tomonidan ötkazildi. Dars jarayonida Bilim va malakalarni baholaş agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Muzaffar Abdullayev, maktab maʼmuriyati va ingliz tili metodbirlaşma raisi Şohzod Ismoilovlar iştirok etişdi. Oçiq dars davomida innovatsion pedagogik yondaşuvlar hamda interfaol metodlar qöllanildi.
Dars yakunida iştirokçilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, oçiq darsning yutuqlari hamda takliflar muhokama qilindi. Muzaffar Abdullayev tomonidan darsning zamonaviy talab va standartlarga mosligi, qöllanilgan innovatsion metodlar mavzuni töliq oçib berganligi eʼtirof etildi.
Kunning ikkinçi qismida "Kasbiy rivojlaniş kuni" doirasida Amudaryo tuman Ixtisoslaştirilgan maktabining öquv işlari böyiça direktor örinbosari, trener Ravşan Xalmuratov va mentor-öqituvçilar Mohira Şomurotova hamda Fariza Rajapovalar tomonidan umumtaʼlim maktablari ingliz tili fani öqituvçilari iştirokida yuqoridagi mavzuda amaliy seminar-trening maşğulotlari ötkazildi. Uşbu maşğulotlarda umumtaʼlim maktablaridan 150 nafar ingliz tili fani öqituvçilari iştirok etişdi.
Seminar-trening davomida zamonaviy pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalaniş, interfaol metodlar yordamida öquvçilarni faollikka çorlaş hamda kreativ va tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş böyiça amaliy tajribalar örganildi. Oçiq darsning har bir bosqiçida qöllanilgan interfaol metodlar mavzu bilan uyğunligi, öquvçilarning dars jarayoniga faol jalb qilingani hamda pedagoglarning innovatsion metod va texnologiyalarni özlaştiriş imkoniyatlari eʼtirof etildi. Şuningdek, mutaxassislar tomonidan seminar-treningda iştirok etgan yoş pedagoglarning faoliyati tahlil qilinib, ularga tegişli tavsiyalar va maslahatlar berildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar zamonaviy pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalarini örganişga qaratilgan amaliy seminar-trening taşkil etilganidan mamnunliklarini bildirişdi. Bunday tadbirlarning muntazam taşkil etilişi öqituvçilarning kasbiy mahoratini oşirişga hamda taʼlim sifati yuksalişiga xizmat qilişi alohida taʼkidlandi.
Ravşan Xalmuratov, Amudaryo tuman Ixtisoslaştirilgan maktabi direktorining öquv işlari böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶