14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:22
Salomatlik 👁 412

ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK AHOLINING TIBBIY MADANIYaTINI OShIRISh IMKONINI BERMOQDA

ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK AHOLINING TIBBIY MADANIYaTINI OShIRISh IMKONINI BERMOQDA

Salomatlikdan ulugʻ davlat yoʻq, deyishadi. Chunki inson ham jismonan, jam aqlan sogʻlom boʻlsagina oʻz oldiga ezgu rejalar qoʻyadi, shirin orzular ogʻushida yashaydi. Oʻziga, sogʻligiga eʼtiborli boʻlgan odamlar uchun yangi-yangi rejalar, orzular ogʻushida yashash juda maroqli. Lekin koʻpchilik hollarda inson oʻzining beparvoligi, vujudidagi xastalikni pisand qilmay, “shunchaki shamolladim, oʻtib ketadi”, qabilida ish tutishi natijasida oʻz sogʻligiga jiddiy zarar yetkazayotganini, oqibatda tanasida shamollashning ogʻir oqibatlari bilan kurashib yashashga majbur boʻlib qolajagini juda kech anglab yetadi. Anglaganida esa xastalikni ancha oʻtkazib yuborgan boʻlishadi. Bekorga ulugʻ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino hazratlari: “Agar shamollash kasalligi va changli, iflos havo boʻlmaganida inson ming yil umr koʻrardi”, demaganlar. Shuning uchun hamisha sogʻlom, baquvvat, jismonan va aqlan faol boʻlishni xohlagan odam, eng avvalo jism-u joni, yaʼni tanasi tarbiyasi bilan muntazam shugʻullanishi, sogʻlom turmush tarziga qatʼiy amal qilishi joiz.

Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan tuman ovul va mahallalari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, onalar va bolalar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy koʻrik jarayonida aniqlangan kasalliklarga toʻgʻri tashxis qoʻyish, bemorlarga statsionar va ambulator davo choralarini qoʻllash orqali ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrilayotgani bois, soʻnggi yillarda aholining oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi sezilarli darajada oshdi. Bunga biz joriy yilning 28-yanvar sanasida tumanning Qilichboy mavzesidagi Toshqalʼa mahalla fuqarolar yigʻini aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish asnosida yaqqol guvoh boʻldik.

Nukus shahridagi Ilmiy-amaliy markazdan tashrif buyurgan tor doiradagi malakali mutaxassislar va Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorligida oʻtkazilgan tibbiy koʻrik jarayonida mobil poliklinika, mobil raqamli zamonaviy rentgen uskunalaridan samarali foydalanilgani bois, kasallikni aniqlash, toʻgʻri tashxis qoʻyish hamda davo choralarini belgilash muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik jarayoniga 3 ming 59 nafar aholi jalb qilindi. Tibbiy koʻrikning ilk kunida 468 nafar fuqaroning sogʻligi qatʼiy tekshiruvdan oʻtkazilib, ulardan 76 nafarida turli xil kasalliklar borligi aniqlandi va 1 nafar bemorga statsionar, 75 nafariga esa ambulator davo choralari belgilandi.

Tadbir boshlanganidan beri hudud aholisining 1787 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ulardan 270 nafarida turli toifadagi kasalliklar aniqlanib, sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi. 61 nafar shaxsga esa mutaxassis shifokorlarning tibbiy koʻrsatmalariga asosan bepul dori vositalari taqdim etildi.

Ayni kunlarda mahalla aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan koʻzlangan maqsad esa xalqimizning har tomonlama sogʻlom va oʻz hayotidan rozi yashashlariga, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga hissa qoʻshishdir. Bundan ham muhimi, aholining oʻz sogʻligi uchun eʼtiborli boʻlishi borasidagi zarur tushunchalarni, sogʻlom turmush tarziga amal qilish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish orqali ularning tibbiy madaniyatini oshirishga yaqindan yordam berish. Zero, xalq sogʻlom va oʻtayotgan har bir kunidan rozi boʻlsagina mamlakatimiz yuksak taraqqiyot sari yuz tutadi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019