Amudaryo tumanida “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi örganildi
Xabaringiz bor, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qöllab-quvvatlaş hamda kambağallikni qisqartiriş maqsadida keng kölamli işlar olib borilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan tegişli Farmon va Qarorlar aynan şu maqsadga qaratilgan bölib, mamlakat böylab “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida muhim vazifalar amalga oşirilmoqda.
Jöqorği Kengesdagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasining iş rejasida belgilangan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi Farmoni va “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining Amudaryo tumanidagi ijrosini örganiş maqsadida taşkil etilgan tadbir ham şular jumlasidandir.
Dasturning amaliy ijrosi va natijalarini muhokama qiliş maqsadida Jöqorği Kengesdagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi hamda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi partiya guruhining qöşma yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişni partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi, Jöqorği Kengesdagi partiya fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeşimbetov oçdi hamda olib bordi.
Tadbirda dasturning ijrosi tahlil qilinib, erişilgan natijalar hamda kelgusi vazifalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengaşi raisi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Maxsud Saʼdullayev sözga çiqib, dasturning tumandagi ijrosi böyiça amalga oşirilgan deputatlik nazorati natijalari haqida axborot berdi.
Yiğilişda tumandagi infratuzilmasi oğir ahvoldagi mahallalar röyxati şakllantirilgani, Bobur, Amir Temur, Qangli, Böz yop, Kuyuk-köpir, Oq oltin va Uyşin nomli ovul va mahallalarda dastur doirasida qator amaliy işlar qilinayotgani qayd etib ötildi.
Jumladan, tomorqa yerlarini suğoriş tizimini yaxşilaş, elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlaş, internet sifatini oşiriş, içki yöllarni taʼmirlaş va infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar tahlil etildi. Şuningdek, joriy yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar belgilab olindi.
Bundan taşqari, şu kuni dastur ijrosini tahlil qiliş maqsadida Jöqorği Kengesdagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi partiya guruhi aʼzolaridan iborat Işçi guruh aʼzolari Arna böyi mahalla fuqarolar yiğinidagi “yettilik” aʼzolari va aholi vakillari bilan uçraşdi. Muloqot davomida kambağallikni qisqartirişga qaratilgan takliflar, mavjud muammolar va ularni hal etiş yöllari örganildi.
Şuningdek, Işçi guruh aʼzolari dastur doirasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişiş maqsadida xonadonlarda bölişdi.
Xususan, Arna böyi mahallasida yaşovçi fuqaro Bekzod Dosimovning oilasiga oziq-ovqat mahsulotlari, kömir va imtiyozli kredit asosida motoroller transport vositasi berildi. Kelgusida oila aʼzolarining tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilişi rejalaştirilgan.
Şundan söng işçi guruh aʼzolari tomonidan mahalladagi yana bir xonadon holidan xabar olindi. Fuqaro Qalbika Örazbayeva bilan suhbat davomida oilaga dastur doirasida oziq-ovqat mahsulotlari berib kelinayotgani, nogironligi bor bölgan farzandining nafaqa oliş muddati uzaytirilgani va Nukus şahrida bir oy davomida bepul davolanişi uçun yordam körsatilgani, oila bekasi esa tadbirkorlik oliy maktabida öqitilib, sertifikat bilan taʼminlangani inobatga olinib, unga kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş böyiça tavsiyalar berildi.
“Kambağallikdan farovonlik sari” dasturining izçil amalga oşirilişi aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxşilaşga, kambağallik darajasini kamaytirib, oilalar farovonligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶