MAHMUDXÖJA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Inson hayotida ilm-maʼrifatning örnini heç narsa bilan qiyoslab bölmaydi. U biz uçun yölçi yulduz misoli. Bugungi şiddatli axborot asrida yoş avlod tarbiyasiga jiddiy qaraş zaruriy ehtiyojga aylandi. Şunday ekan, yurtimizda ham muhim islohotlar olib borilayotgan bir paytda, davr talablariga mos, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli, taşabbuskor, zamonaviy texnologiyalarni mukammal özlaştirgan, şijoatli va iqtidorli yoşlarni tarbiyalaş eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabi pedagogik jamoasi ham şu maqsad yölida harakat qilişmoqda. Bu borada öquvçilarning erişayotgan yutuqlari ham quvonarli. Ayniqsa, noanʼanaviy uslubdagi dars maşğulotlari, darsdan taşqari taşkil qilinayotgan turli fakultativ kurslar va iqtidorli yoşlarning qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan tögaraklar öquvçilarning istiqboli uçun özining samarali taʼsirini körsatib kelmoqda.
Ayni kunlarda maktabda jadid bobomiz Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bağişlangan adabiy-badiiy keçalar ötkazilib, bu tadbirlarga deyarli barça sinflarning öquvçilari qamrab olinmoqda.
Ana şunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazildi. “Mahmudxöja Behbudiy – buyuk maʼrifatparvar olim” mavzusida ötkazilgan tadbirni taşkil etişda maktabning “Turon” teatr tögaragi öquvçilari faol iştirok etişdi. Şuningdek, Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mahmudxöja Behbudiy ijodiga mansub asarlar, buyuk bobokalonimizning jadidçilik faoliyatiga oid tarixiy adabiyotlar, suratli lavhalardan iborat körgazma ham namoyiş qilinib, öquvçilar tomonidan Behbudiy haqida maʼruzalar öqildi, turli sahna körinişlari, viktorina öyinlari, şeʼrlar va kuy-qöşiqlar ijro qilindi.
Tadbir davomida öquvçilarga jadidçilik haqida keng tuşunçalar berildi. Unga köra, jadidçilik oqim emas, balki harakatdir. Bu – ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy harakat ekanligi yuzasidan fikrlar aytilib, yaqin kunlargaça ham u faqat maʼrifatçilik harakati deb kelinganligi töğrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi. Aslida esa bu harakat özining samarali faoliyati bilan jamiyatning barça qatlamlarini jalb eta olgani va uyğoniş mafkurasi bölib xizmat qilgani, mustaqillik uçun kuraş olib borgani töğrisida mufassal söz yuritilib, buyuk bobokalonimiz Mahmudxöja Behbudiyning bu boradagi beqiyos katta xizmatlari faxr bilan eʼtirof etildi.
Xususan, uning ğayrati va taşabbusi bilan dunyo körgan Turkiston muxtoriyati bu yöldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi böldi. Şu barobarida maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab, qayta işlab çiqdi. Jadidçilik harakatining mazmun-mohiyati haqida, Mahmudxöja Behbudiy va bobomizning zamondoşlari bölgan jadidçilik harakati aʼzolarining ilm-maʼrifat yölida qilgan ezgu işlari haqida tadbirda yoşlarga yetarliça maʼlumotlar berildi.
Bundan taşqari, Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bağişlab öquvçilar orasida inşolar tanlovi va oçiq dars ham taşkil qilindi. Tanlov yakunlariga köra 8-02-sinf öquvçisi Ruxsora Ziyatboyeva yozgan inşo eng yaxşi yozilgan inşo deb eʼtirof etildi va 1-öringa munosib körildi. 2-öringa 9-01-sinf öquvçisi Diana Jumaboyeva, 3-öringa esa 8-02-sinf öquvçisi Rayhona Erdoşeva yozgan inşolar munosib deb topildi.
Behbudiyning hayoti va faoliyatiga bağişlangan oçiq darsni maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Yulduz Tursunboyeva taşkillaştirdi. U mazkur darsi orqali 9-03-sinf öquvçilariga Mahmudxöja Behbudiyning öz faoliyati davomida Turkistonda jadidçilikni rivojlantirişga qöşgan mislsiz katta hissasi xususida batafsil tuşunçalar berdi.
Mahmudxöja Behbudiy xotirasiga yuksak ehtirom ruhida ötkazilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni taşkillaştirişda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Muyassar Rahmatullayeva, ona tili fani öqituvçilari hamda Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari özaro hamkorlik qilişdi.
Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar zamirida esa yoşlarni ilmga qiziqtiriş, ularga töğri yönaliş beriş, ustozlar bilan işlaş, turli sohalarga oid bilimlarini, ayniqsa, kasb-hunar egallaşga bölgan intilişlarini rağbatlantiriş, ösib kelayotgan yoş avlod qalbida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga va ularning maʼnaviy merosiga çuqur hurmat tuyğusini uyğotiş kabi ezgu niyatlar mujassam.
Yulduz TURSUNBOYeVA, maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶