TUMAN OILA VA XOTIN-QIZLAR BÖLIMI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR
Ayol bilan olam munavvar, degan iborani juda köp işlatamiz. Ayolga, onaga mehr va ehtiromimizni ifodalaş uçun sözlar xazinasidan eng gözal marjonlar tizişga harakat qilamiz. Baribir könglimiz tölmaydi, axir balandparvoz gaplar bilan uni baxtiyor qilişning iloji ham yöq-da. Baribir ayolning hayotini yaxşi va nurli tomonga özgartiriş maqsadida uning oğirini yengil, muşkulini oson qilgimiz kelaveradi. Buning uddasidan goho çiqsak, goho ayolni qiynayotgan muammolar yeçimini topişda davlatimiz ğamxörligiga suyanamiz.
Amudaryo tumanida istiqomat qiluvçi 215 ming nafardan ziyod aholining deyarli teng yarmini — 104 ming 534 nafarini ayol-qizlar taşkil etadi. Tuman Oila va xotin-qizlar bölimi faoliyatining mazmun-mohiyatida ham ana şu ayollar uçun yengilliklar yaratiş, muammolarini joyiga çiqqan holda tizimli hal etiş, sektorlar rahbarlarining takliflari asosida mahallabay işlaş, ayollarning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar mujassam.
Ötgan 2024-yil davomida 5-bosqiç “Ayollar daftari” röyxatiga jami 5 ming 600 nafar xotin-qizlar kiritilib, ulardan 5 ming 525 nafari turli toifadagi ijtimoiy yordamlar bilan qamrab olindi.
Prezidentimizning 2024-yil 7-mart kungi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yölga qöyiş va rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori asosida aprel oyida barça mahalla va ovullarda xatlov ötkazildi. Xatlov natijasiga köra, 5 ming 841 nafar xotin-qizlar işsizligi aniqlandi. Olib borilgan amaliy çora-tadbirlar tufayli hozirgi kunga qadar 5 ming 778 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi.
Oila, deb atalmiş möʼjaz vatanning har tomonlama gullab-yaşnaşi, oila aʼzolarining özaro mehr-oqibatli, totuvlikda yaşaşlari köp jihatdan oila bekalariga boğliq.
Şu bois, tumanda oilaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlaş, ayolning jamiyatdagi nufuzini oşiriş, el-yurtda katta hurmat va eʼtiborga munosib oilalar bekalarining katta hayotiy tajribalarini yoş oilalar örtasida keng ommalaştiriş maqsadida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yölga qöyildi.
Donişmand xalqimiz zakosi tufayli yaralgan durdona hikmatlardan biri ayol-qizlarni bilimli, kasb-korli qilişning jamiyat ravnaqi uçun mislsiz ahamiyatiga qaratilgani ayolga eʼtibor va ehtiromning yorqin ifodasidir. Unga köra, “Bir yigitning bilim olişi bitta oilaning, bir ayol-qizning ilmli bölişi — butun jamiyatning öqimişli va maʼnan boy bölişining kafolatidir.” Bu borada Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar ibratga, eʼtiborga munosib. Xususan, ötgan 2024-yil davomida Prezident Farmonlari hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli Qaroriga köra, jami 260 nafar xotin-qizlarga OTMga kiriş uçun tavsiyanomalar berildi.
Tumanda oilalar mustahkamligini taʼminlaş, oilaviy kelişmovçiliklarning oldini oliş, begunoh bolalarning arzimagan sabablar bilan yarim yetim bölib qolişlarining oldini olişga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli 2024-yil davomida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş” komissiyalari tomonidan ajraşiş yoqasiga kelib qolgan 113ta oila yaraştirilişiga erişildi.
Ayni paytda Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar bölimi tomonidan 2025-yil uçun belgilangan uluğvor rejalarni bajariş borasidagi işlarga dadillik bilan kirişilmoqda. Unga köra, 2025-yilda 4073 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlaşga kömaklaşiladi.
Sayhunobod tajribasi böyiça 1065 nafar xotin-qizlar asalariçilik, parrandaçilik, issiqxona, baliqçilik va boşqa yönalişlarda kasb-hunarga öqitiladi. Şuningdek, lider tadbirkor ayollarga 385 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni biriktiriş orqali daromad topişga örgatiladi.
Biznesini kengaytirişga kömaklaşiş orqali 1295 nafar xotin-qizlar tomonidan 2590ta yangi iş örinlari yaratiladi. Yil davomida 20ta xonadonda meva, sabzavotlar, sut mahsulotlarini qayta işlaş, mato töqiş, tikiş va boşqa yönalişlardagi kiçik işlab çiqariş tsexlarini taşkil etiş, mehnat muhojirligidan qaytgan 140 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş çoralari köriladi. Şuningdek, ipakçilik sohasida 6210 nafar xotin-qizlar band qilinib, örmon xöjaligi mutaxassislari kömagida daraxt, gul köçatlari yetiştiriş böyiça 70 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga öqitiladi.
Boquvçisini yöqotgan 950 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijtimoiy kömak körsatiladi. Bundan taşqari, 3ta mahallada böş bino yoki 3 sotixli yer maydonida “Xotin-qizlar bandligini taʼminlaş va salomatligini mustahkamlaş markazlari” taşkil etilib, nizoli 5ta oila bilan manzilli işlaş, 4ta mahallada “Soğlom oila maslahat markazi” faoliyatini yölga qöyiş orqali oilani ixtiyoriy rejalaştiriş, soğlom ovqatlaniş, soğlom turmuş tarzi talablari böyiça öqitiş işlari taşkil etiladi va profilaktik hisobda turgan 125 nafar xotin-qizlar bilan alohida işlar olib boriladi.
Tumanda xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantiriş maqsadida 455 nafar ayol-qizlarni tadbirkorlik könikmalariga öqitiş orqali isteʼmol bozorida xaridorgir bölgan mahsulotlar işlab çiqariş va uşbu yönalişda savdo-sotiq faoliyatini rivojlantiriş közda tutilgan.
Tuman Oila va xotin-qizlar bölimi tomonidan 2025-yilda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan keng kölamli çora-tadbirlarning barçasi oila institutini yanada rivojlantiriş, ayollarning ijtimoiy faolligini yuksaltiriş, ularning nafaqat oilada, balki jamiyatdagi nufuzini mustahkamlaşga qaratilgan. Çunki ayolning köngli xotirjam bölsa, oila baxtli, jamiyatimiz tinç, osuda, mamlakatimiz tobora farovonlaşib boraveradi. Zotan, ayol mehri-muhabbati bilan nainki oila, butun olam munavvar!
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶