36-SONLI MAKTABDA “MARDLAR QÖRIQLAYDI ONA VATANNI!” MAVZUSIDA BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI
Ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ular ongida milliy özlikni anglaş tuyğularini uyğotiş, kelajagi buyuk Vatanimizni çuqur muhabbat bilan sevib-ardoqlaşga örgatiş, avvalo oilada, qolaversa, maktab taʼlimi orqali uzviylik asosida amalga oşiriladi. Bu borada umumtaʼlim maktablarining boşlanğiç sinflar öqituvçilari tomonidan amalga oşiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaviy darslar, ayniqsa, turli bayramlar munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlarning ahamiyati katta. Çunki aynan ana şunday tadbirlar orqali ösib kelayotgan yoş avlod qalbida ona Vatanga mehr-muhabbat tuyğulari şakllanadi, öz kelajagi, ota-onasi va oilasi taqdiri ona Vatan taqdiri bilan çambarças boğliqligini çin yurakdan anglaşga odatlanadi.
Qurolli Kuçlarimizning 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 36-sonli umumtaʼlim maktabining 3-“A” sinf öquvçilari iştirokida ötkazilgan “Mardlar qöriqlaydi ona Vatanni!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham yoş avlod qalbida ana şunday milliy özlikni anglaş, ona Vatanga çeksiz mehr-muhabbat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Boşlanğiç sinf öqituvçisi, 3-“A” sinf rahbari Nasiba Bobojonova tomonidan mazkur sinf öquvçilari iştirokida taşkillaştirilgan bayram tadbirini maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Vahobjon Davletov oçib, bayram iştirokçilarini Qurolli Kuçlarimizning 33 yiilligi bilan samimiy tabrikladi. Şu bilan birga u Yangi Özbekistonimizning Qurolli Kuçlari qudrati, dunyodagi rivojlangan davlatlar armiyalari orasida tutgan örni haqida öquvçilarga batafsil maʼlumotlar berib, ona Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli kasbning masʼuliyati, Vatanimiz sarhadlarini himoya qiliş voyaga yetgan har bir yigitning ona Yurt oldidagi muqaddas burçi ekanligini taʼkidladi.
Tadbir davomida öquvçilar öz ustozlari Nasiba Bobojonova rahbarligida Vatanni, döstlik va tinçlikni, ona Vatan posbonlari – mard va jasur askarlarni şaraflovçi şeʼrlar aytişdi. Öğil bolalar jörvozligida ijro etilgan “Bizlar kiçik askarlarmiz” qöşiği bayramga yanada jöşqinlik baxş etdi. “Jasur askar” qöşiğiga öğil bolalar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan raqs, şuningdek, qiz bolalar ijrosidagi “Vatan”, “Katyuşa”, “Yoronlar” qöşiqlari jörligidagi raqslar bayramga fayz, iştirokçilar qalbiga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Tadbir davomida endi 8-9 yoşga tölgan bolajonlar qalblarida ona Vatanga çeksiz mehr-muhabbat, kelajakka işonç bilan Qurolli Kuçlarimizni şaraflovçi şeʼrlar aytib, kuy-qöşiqlar va raqslarni mahorat bilan ijro qilganlaridan bayram iştirokçilari, ayniqsa, ustozlari mamnun böldilar. Bayram munosabati bilan 3-“A” sinfning barça öğil bolalariga – bölğusi ona Vatan himoyaçilariga bayram sovğalari taqdim etildi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶