SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINÇLIGI YÖLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR
14-YaNVAR—VATAN HIMOYaÇILARI KUNI
Kasblar içida eng maşaqqatlisi va eng şaraflisi – bu ona Vatan himoyaçisi bölişdir. Ona Yurt sarhadlarida sobit turib, öz kindik qoni tomgan tuproq daxlsizligini taʼminlaş, xalq osoyiştaligi, tinç va farovon hayoti uçun daxldorlik tuyğusi bilan yaşaş esa Vatan öğlonlariga xos. Şu bois, Mustaqil Özbekistonimiz tarixidagi yorqin sahifa – 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni nafaqat harbiy xizmatçilar, balki Qurolli kuçlar safida muqaddas burçini ötab qaytgan askarlar, harbiy xizmatga boriş uçun şaylanayotgan minglab mard va navqiron yigitlarning, mehnatsevar va oliyjanob xalqimizning eng aziz va şarafli bayrami sifatida har yili keng nişonlanadi. Çunki xalqimiz va vatanparvar farzandlari uçun Ona Yurt himoyasi qançalik ezgu va muqaddas bölsa, Milliy Armiyamiz qudratini hamda ana şu qudratli Armiyani şaraflaş, qalblarida Vatanga çeksiz sadoqat tuyğulari bilan bu aziz kunni bayram qiliş bebaho qadriyatdir.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari bugungi kunda jannatmakon yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning ertangi umidi, istiqbolli rejalar va xayrli işlarimizning davomçisi bölmiş yoşlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni harbiy kasbga yönaltiriş, qalblarida mamlakat kelajagi uçun fuqarolik masʼuliyati hissini oşirişga xizmat qiluvçi yetakçi institutga aylandi. Bu sönggi yillarda mamlakatimizda “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan ulkan işlarda öz aksini topmoqda. Xalq Milliy Armiyaning har tomonlama qudrati va yordamini hayotning barça sohalarida çin dildan his etmoqda.
Çunki mamlakatimizning barça jabhalarini qamrab olayotgan islohotlar, Yangi Özbekistonni barpo etiş borasidagi saʼy-harakatlar yurtimizda harbiy kasbning obrö-eʼtiborini, armiya va xalq yakdilligini, yoşlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlaniş tuyğusini hamda Vatan himoyaçisi bölişdek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi tomonidan “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy vatanparvarlik mavzusidagi işlar mazmun-mohiyatida ham Qurolli Kuçlarimiz jangovar qobiliyatini oşiriş, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş, qöşinlarni zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy texnika va aloqa vositalari bilan taʼminlaş hamda takomillaştiriş, kasbiy mahorati yuqori darajada şakllangan, öz burçiga sodiq, vatanparvar, mard va jasur harbiylarni tarbiyalaş, çinakam Vatan himoyaçisi bölişga qodir yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaşdek ezgu va şarafli maqsad mujassam.
Xususan, ötgan 2024-yilda Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga asosan 2002 nafar amudaryolik yoşlar röyxatga olindi va mutaxassislar tomonidan qatʼiy nazorat asosida saralaş işlari amalga oşirildi. Jismonan va aqlan yetuk, harbiy xizmatga layoqatli yigitlar qöşinlarni butlaş uçun muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga yuborildi.
Şunisi quvonarliki, har ikkala yönalişdagi harbiy xizmatga yuborilgan yigitlarning barçasi özlari xizmat burçlarini ado etayotgan harbiy qismlarda namunali xulq-atvorlari, jangovar tayyorgarlik maşğulotlaridagi epçilliklari hamda qatʼiyatlari bilan safdoşlariga örnak bölişmoqda.
Mudofaa işlari bölimi bilan tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining Çaqiriqqa qadar bölgan tayyorgarlik böyiça harbiy taʼlim rahbarlarining özaro hamkorligi natijasida birgina 2024-yilda umumtaʼlim maktablarining 11-sinf öquvçilaridan iborat 2002 nafar öquvçi-yoşlar iştirokida Nukus dala-öquv maydonida amaliy öq otiş maşğulotlari amalga oşirilib, ularning merganlik qobiliyatlari, harbiy kasbga nisbatan qiziqiş va intilişlari sinovdan ötkazildi.
Şuningdek, amudaryolik yoşlar orasidan Qurolli Kuçlar qöşinlari uçun noyob mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida 21 nafar harbiy xizmatga majbur fuqarolar dala-öquv maydonida maxsus tayyorgarlikdan ötkazildi. Özini-özi boşqariş organlari bilan hamkorlikda 18-27 yoşgaça bölgan 9400 nafar çaqiriluvçilar va ularning ota-onalari bilan mahallabay tizimda xonadonma-xonadon yurib, çaqiriluvçilarning oilaviy ahvoli, soğligi, intellektual salohiyati va harbiy kasbga bölgan qiziqişlari örganib çiqilib, tarğibot-taşviqot işlari olib borildi.
Natijada 2025-yilgi çaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga saralanib, tanlovlarga jalb etilayotgan jismonan yetuk va barkamol yoşlar har qaçongidan ham köp. Ötgan 2024-yilda “Temurbeklar maktabi”ga 4 nafar, Oliy harbiy taʼlim muassasasiga 3 nafar yoşlar öqişga qabul qilingan bölsa, 2025-yilda amudaryolik yoşlar orasida Ona Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli kasbni egallaş iştiyoqidagi yoşlar safi yanada oşişi kutilmoqda. Ayni paytda 98 nafar amudaryolik mard va jasur öğlonlar mamlakatimizning turli hududlarida özlarining Vatan oldidagi muqaddas burçlarini şaraf bilan ado etişmoqda. Şuningdek, 263 nafar yoşlar muddatli harbiy xizmatni va 650 nafar yoşlar esa safarbarlik çaqiruv rezervi xizmatini ötaşga şaylanişmoqda.
Şu kunlarda, yaʼni 2024-yilning 15-dekabr sanasidan 2025-yilning 15-yanvar kuniga qadar mamlakatimizning barça hududlarida bölgani singari Amudaryo tumanida ham “Yangi Özbekiston Armiyasi – mamlakat tayançi, xalqimiz faxri” şiori ostida Qurolli Kuçlar faxriylari, ziyolilar, sportçilar, harbiy xizmatçilar va jamoat taşkilotlari vakillari iştirokida umumtaʼlim maktablari, harbiy qismlar hamda mahalla fuqarolar yiğinlarida, aholining keng qatlamlari orasida madaniy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik va sport tadbirlari ötkazilmoqda. Ötkazilayotgan tadbirlarda xalqimiz jipsligi, Yangi Özbekiston Armiyasidan faxrlaniş tuyğusi baralla aks etmoqda.
Yoşlar qalbida davlatimiz suvereniteti, hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinç hayoti va xavfsizligini taʼminlaşdek şarafli kasb egalari böliş kabi ezgu orzular yanada mustahkamlanmoqda. Çunki harbiy kasbga mehr – ona Vatanga mehr va sadoqat, xalqning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaşga bölgan daxldorlik hissining uyğunligidir.
Ana şunday mehr va daxldorlik tuyğusi bilan yaşayotgan vatanparvar yoşlar tufayli sarhadlarimiz mustahkam, hayotimiz osuda va xalqimiz osoyişta. Ana şu osoyiştalik va tinçlikni taʼminlab sarhadlarimizda sobit turib, Qurolli Kuçlarimiz saflarida öz xizmat burçlarini şaraf bilan ado etayotgan ona Vatan himoyaçilarini, zahiradagi harbiy xizmatçilarni va butun xalqimizni Qurolli Kuçlarimizning şonli 33 yilligi bilan çin dildan muborakbod etaman! Tinçligimiz, aziz xalqimizning jipsligi mangu, Vatan himoyaçilari kuni bayrami barçaga muborak bölsin!
Şuhrat Mamatov, Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶