Issiqxonalar – qişda ham dasturxonimiz tökinligi garovi
Özbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirişning asosiy şartlaridan biri qişloq xöjaligini rivojlantiriş, qişloq mulkdorlari safini köpaytiriş orqali oilalar daromadini oşirişdan iboratdir. Qişloq xöjaligi – xalqni boqadigan, tökinçilikni taʼminlaydigan, pirovardida esa mamlakat eksport salohiyatiga zalvorli taʼsirini körsatişga qodir tarmoqdir. Millionlab oilalarning tomorqa yerlaridan yiliga 2-3-marta hosil oliş, hattoki qiş faslida ham issiqxonalar taşkil qilib, yil davomida yerdan unumli foydalaniş imkoniyati mavjud. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş va dunyoda yuz berayotgan oziq-ovqat muammosining oldini olişda bu imkoniyat nihoyatda ahamiyatlidir.
Taʼkidlaş lozimki, bugungi kunda nafaqat qişloqlarda balki, şahar hududlarida ham dehqonçilik qiliş ommalaşdi. Bugun har bir qariç yerdan unumli foydalangan holda mömay daromad olayotgan yurtdoşlarimiz safi kengayib bormoqda. Ular orasida öz tomorqasida issiqxona qurib, qahraton qişda ham har xil mahsulotlar yetiştirayotgan va oilasiga qöşimça daromad olib kelayotgan tomorqaçilardan taşqari issiqxona xöjaligi sohasida yirik biznes subʼektlari taşkil qilib, hududlarning eksport salohiyati oşişiga sezilarli taʼsir körsatayotgan işbilarmonlar ham bor. Bunday yirik issiqxonalarda mavsumdan taşqari noqulay iqlim şaroitida ham ekinlarga sunʼiy muhit, harorat, yoruğlik va namlik meʼyorida yaratilib, möl hosil yetiştirilmoqda.
Şunday issiqxonalardan biri Amudaryo tumanining Toş yop ovulida joylaşgan “Mang‘it Invest Plyus” masʼuliyati çeklangan jamiyati şaklidagi qöşma korxonaga tegişli bölib, bu yerda yil böyi pomidor va boşqa ekinlar ekilib, möl hosil olinmoqda.
Mazkur issiqxona 2018-yilda tadbirkor Jalğas Boymuratovning taşabbusi bilan taşkil qilingan. Jalğas Boymuratov Jahon tiklaniş va taraqqiyot bankidan kredit mablaği olib, öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan. 1 gektar maydondagi issiqxonada pomidor yetiştirilib, aholini arzon va sifatli mahsulot bilan taʼminlab kelinmoqda. Zamonaviy issiqxona önlab ovul yoşlarining bandligini taʼminlaşda muhim vosita böldi. Hozirda ham bu yerda 12 nafar işçilar faoliyat yuritmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar asosida işlaydigan issiqxonada barça jarayonlar avtomatlaştirilgan tarzda boşqariladi. Tomçilatib suğoriş tizimi orqali ozuqa eritmalari ösimlik ildiziga töğridan-töğri yetkazib beriladi. Tuproqdagi kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşiş, tuproqni ekişga tayyorlaş, yerni organik öğitlar bilan boyitiş, unga işlov beriş, suğoriş uçun egatlar oçiş, mineral öğitlar sepiş, begona ötlarga qarşi kuraşiş tadbirlari issiqxonada ança kam mehnat talab qiladi. Mineral öğitlarning samaradorligi yuqori bölib, suv 60-70 foiz tejaladi. Eng asosiysi, bunday issiqxonalar hosildorligi oddiylariga nisbatan ança yuqori.
Bugungi kunda issiqxonada asosan “Yulduzça” navli xitoy pomidori yetiştiriladi va içki bozorga, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi tumanlar, qöşni viloyatlar bozorlariga yetkazib berilib, Qozoğiston Respublikasiga eksport qilinadi. Ekinlardan har yili 2-marta mavsumiy 80 tonnagaça va mavsumdan taşqari 40 tonnadan ortiq hosil olinadi. Albatta, bu mehnat va harakatçanlik samarasidir.
Bu kabi issiqxonalar köpayişi va şunday taşabbuskor işbilarmonlar safining ortişi xalqimizni sifatli va arzon narxlardagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil davomida uzluksiz taʼminlaş va aholi bandligini taʼminlaş, oilalar daromadini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iroda Erdoşeva, QDUning jurnalistika fakulteti talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶