16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:38
Fan va taʼlim 👁 460

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari oʻtkazildi

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari oʻtkazildi

Xabaringiz bor, keyingi yillarda maktabgacha taʼlim sohasiga taʼlimning eng dastlabki va asosiy boʻlagi sifatida qaralib, ushbu sohaga boʻlgan eʼtibor anchayin oʻsdi. Ayniqsa, maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarning salohiyati, ularning kasbiy tajriba va mahoratlarini oshirish masʼuliyatli vazifaga aylandi. Boisi, daraxtning kelajakda mustahkam ildiz otib, serhosil boʻlib, shoxlari toʻgʻri holatda oʻsishini istagan odam unga nihol paytidan boshlab toʻgʻri tarbiya va mehr beradi. Insoniyat kamoloti ham xuddi shunday murakkab masala. Shu sababdan ham yurtimizda maktabgacha va maktab taʼlimiga boʻlgan eʼtibor davlat siyosati darajasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hamda 2024-yil 15-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyruqlari qabul qilingan edi. Ushbu hujjatlar asosida 2025-yil 1-yanvardan boshlab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun malaka oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari joriy etilishi nazarda tutilgan.

Yuqorida tilga olingan tegishli Farmon va buyruqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida ham tadbirlar tashkil qilinmoqda. “Metodik mahorat soati” va “Metodik mahorat kuni” tadbirlari tashkil qilinadigan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib tumandagi 5- va 40-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari belgilab olingan boʻlib, ularga ushbu DMTT metodistlari Albina Yesnazarova hamda Gulchehra Yuldashevalar trener-mentor etib tayinlangan.

Yaqinda mazkur DMTTlarida ikkita guruhda “Metodik mahorat kuni” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Shamshet Mamutov, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurotov, boʻlimning maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi metodisti Saule Patullayeva, Maktabgacha taʼlim faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti Shahnoza Qlicheva hamda tumanimizdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 52 nafar direktor oʻrinbosarlari hamda yetakchi pedagoglari ishtirok etdi.

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarining asosiy vazifasi soha boʻyicha ilgʻor tajribalarni MTTlariga joriy etish, pedagog xodimlarga zamonaviy pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirish uchun sharoit yaratish, pedagog xodimlarning mustaqil taʼlim olishi va ilgʻor pedagogik tajribalar oʻrganishini tashkil etish, pedagog xodimlarni yangi metodikalar bilan tanishtirish, ularga oʻzaro tajriba almashish va hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va shu kabi qator yoʻnalishlardan iborat.

Shuningdek, “Metodik mahorat kuni” tadbirlari doirasida yanvar-may oylari oraligʻida, belgilangan haftalarning seshanba kunlarida trener-mentorlar tomonidan MTTlari direktor oʻrinbosarlarining kasbiy mahoratini oshirish uchun maqsadli tayyorlash boʻyicha seminar, trening, mahorat darslari va mustaqil taʼlim tadbirlarini oʻtkazib borish ham rejalashtirilgan.

“Metodik mahorat kuni” oʻquv dasturining har bir mavzularida bolalarni rivojlantiruvchi 5ta sohalar qamrab olinib, oʻquv dasturi asosida mavzuga mos interfaol mashqlarni bajartirish, didaktik materiallarni qoʻllash texnologiyalari, mavzuga mos oʻyinlarni oʻtkazish metodikalari, bolalar uchun sheʼr va qoʻshiqlar ishtirokchilarga oʻrgatilib boriladi.

Shuningdek, metodik mahorat soatlari direktor oʻrinbosarlari tomonidan, maktabgacha taʼlim guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayonini kuzatish, reflektiv amaliyot hamda pedagoglar uchun malaka oshirish tadbirlari oʻtkaziladigan soatlar hisoblanib, har bir tashkilotdagi pedagog xodimlar uchun alohida, yakka tartibda oʻtkazib boriladi. Albatta, oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar ulkan tajriba maktabi vazifasini oʻtab, sohada oʻz ishining ustasi boʻlgan, ilgʻor xodimlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026