Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari aholini ogohlikka çorlaydi
Kunlar sovişi bilan odamlar orasida gripp kasalligi avj ola boşlaydi. Uşbu kasallikning xavfli jihati bu – odamdan-odamga tez fursatlarda yuqişida va ayrim hollarda asorati oğir keçişidadir. Uşbu kasallikka çalingan köpçilik bemorlar, odatda uyida, özi bilganiça davolanişga harakat qilişadi. Ammo har qanday kasallikka mutaxassis tavsiyasi asosida çora körilsa, kasallikdan tezroq xalos böliş ehtimoli şunçalik yuqori böladi.
Gripp – bu ötkir yuqumli, havo-tomçi yöli orqali ötuvçi, asosan yuqori nafas yöllarini zararlovçi kasallik bölib, butun dunyo böyiça har yili gripp epidemiyasi kuzatiladi.
Gripp virusi asosan havo-tomçi yöli orqali – gaplaşganda, yötalganda va aksa urganda bemordan soğlom odamga yuqadi. Kasallik tösatdan boşlanganda harorat 38-40 darajagaça kötariladi, quvvatsizlik, boş oğrişi va muşaklarda, köz olmalarini bosganda va ular harakatlanganda oğriqlar, tomoq qurişi va qiçişi, burun bitişi va quruq yötal kuzatiladi. Kasallikka jismoniy va ruhiy zöriqiş holatlari, töğri ovqatlanmaslik yoki töyib ovqatlanmaslik, dam olişning yetarli bölmasligi, isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida suyuqliklarning, vitaminlarning va mikroelementlarning yetarli bölmasligi sabab böladi. Şuningdek, soğlom turmuş tarziga rioya qilinmasligi yaʼni zararli odatlar hisoblangan çekiş, içkilikbozlik, jismoniy faollikning kamayişi, ortiqça vazn hosil bölişi natijasida immunitetning pasayişi ham gripp kasalligiga çalinişimizga sabab bölişi mumkin.
Amudaryo tuman sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan 2024-yil 1-oktyabrdan boşlab, grippga öxşaş kasalliklar, ötkir respirator hamda oğir ötkir respirator va ötkir pnevmoniya kasalliklari böyiça amalga oşiriladigan epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş ştabi taşkil qilingan. Bugungi kunda uşbu ştab tomonidan tumanimiz hududida 2024-2025-yillar kuz-qiş mavsumi oldidan gripp kasalligiga qarşi emlanişi lozim bölgan kontingentlar aniqlanib, gripp kasalligiga qarşi Grippol plyus profilaktik emlaş vaktsinasi 9 ming 175 doza olib kelindi.
Vaktsinalar tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli barça köp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlariga tarqatildi hamda 9 ming 175 nafar davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanuvçi barça bolalarni gripp kasalligiga qarşi profilaktik emlaş közda tutilgan bölib, hozirgi kunda rejada belgilangan kontingentlar töliq emlandi. Endilikda bolajonlarimiz uşbu yuqumli kasallikka çalinmasdan, mavsum davomida oilasi va qadrdon boğçalari bağrida soğlom ulğayişsa ajab emas.
Amudaryo tuman sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan tumanimiz aholisi orasida gripp va ötkir respirator virusli infektsiyalarning oldini oliş böyiça tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köp tarmoqli markaziy poliklinikasida tarğibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilib, şamollaş belgilari bölmagan soğlom bolalarni emlaş işlari olib borildi. Albatta, bunday profilaktik çora-tadbirlar kelgusida özining ijobiy samarasini beradi.
Mutaxassislar kasallik yuqqanda uyda qolib, yotoq tartibiga rioya qilişni va hududiy şifokorni uyga çaqirişni tavsiya qiladilar. Şuningdek, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, qölingizni tez-tez sovunlab yuving, oğiz va burningizni yötalganda va aksa urganda yoping. Xonani muntazam şamollatib turing. Şaxsiy soçiq va idiş-tovoqlardan foydalaning. Iloji boriça köproq suyuqlik içing, iliq çoy, kompot, şarbatlar, naʼmatak va har xil ötlardan damlamalar qabul qiling. Bu orqali siz özingizni kasallikdan himoya qilgan bölasiz. Şu bilan birga, keksa yoşdagi odamlar, maktabgaça yoşda bölgan bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalliklari bor insonlar, tez-tez ötkir respirator kasalliklar bilan oğriydigan bemorlarda kasallik asoratli keçadi.
Xulosa qilib aytganda, gripp kasalligidan saqlanişning eng samarali usuli kasallikka qarşi profilaktik emlaş hisoblanadi. Şuningdek, grippga çalingan bemorlardan uzoqroq böliş, odam gavjum böladigan tadbirlarga bormaslik, infektsiya yuqiş xavfini kamaytiriş uçun tört qavatli doka taqiş orqali ham kasallikning oldini olgan bölasiz.
Darhaqiqat, har qanday bayram, öyin-kulgi va tantana soğlomlikda gözal!
Ayni kunlarda xalqimiz Yangi yil bayramini nişonlaş uçun qizğin taraddud körmoqda. Xarid qilingan har bir oziq-ovqat mahsulotining saqlaş şaroiti, yaroqlilik muddati va sifatini kafolatlovçi hujjatlari mavjudligiga eʼtibor qaratiş orqali özingizning va yaqinlaringizning salomatligiga ğamxörlik qilgan bölasiz.
Ovqatdan zaharlaniş va şu kabi salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida, Yangi yil bayrami arafasida tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining malakali mutaxassislari tegişli buyruq asosida bozorlar va markaziy köçalarga biriktirildi. Ayni kunlarda biriktirilgan mutaxassislar va Manğit dehqon bozori hududidagi veterinariya-sanitariya laboratoriyasi xodimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi muntazam örganilib kelinmoqda. Örganişlar davomida organoleptik körsatkiçi özgargan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovçi gigiyenik va muvofiqlik sertifikati bölmagan, uy şaroitida tayyorlangan bankali konservalar va salatlar tegişli tartibda savdodan çetlatilmoqda.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan uy şaroitida tayyorlanib, köça-kuylarda sotilayotgan bodring, pomidor, baqlajon, patisson marinadlari kabi har xil konservalar va turli xildagi pirojniy, tort va qandolat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilamiz. Kundalik turmuşda konserva hamda har xil turdagi qandolat mahsulotlarini turğun savdo şoxobçalaridan xarid qilişni, yaroqlilik muddati ötgan, işlab çiqariş korxona nomi, yaroqlilik muddati körsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlari, bankali konservalar, tortlar, turli xildagi pişiriqlar va boşqa qandolat mahsulotlari hamda salatlarni isteʼmol qilişdan tiyilişni tavsiya qilamiz. Bu mahsulotlarni xarid qiliş vaqtida yaroqlilik muddatlariga eʼtibor berişingizni söraymiz. Zero, har birimiz öz salomatligimiz uçun özimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik!
Mirzabek Amankulov, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi vraç-epidemiologi,
Munavvar Kaşkarova, şu bölimning sanitariya vraçi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶