14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:22
Qishloq xoʻjaligi 👁 440

ARNABOʻYI MAHALLASI OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANMOQDA: BU MAHALLA HUDUDIDA BOʻLIB OʻTGAN SEMINARDA EʼTIROF ETILDI

ARNABOʻYI MAHALLASI OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANMOQDA: BU MAHALLA HUDUDIDA BOʻLIB OʻTGAN SEMINARDA EʼTIROF ETILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda koʻkalamzorlashtirish, oʻsimliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, oʻzimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tufayli koʻnglimiz shodlikka toʻladi, turmushimiz fayzli va farovon boʻladi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilingani Yangi Oʻzbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan yuksak eʼtiborning amaliy ifodasi boʻldi.

Ayni chogʻda bogʻlar, koʻchalar hamda yoʻl chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga koʻrk ulashishi barobarida havo musaffoligini taʼminlab, dasturxonimizni mevalar bilan toʻldiradi. Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan oʻtgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tugʻilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. Oʻsha daraxt bilan birga farzand ham ulgʻaygan.

Demak, xalqimizning ibratli oʻtmishi oʻzimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda boʻlib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi. Bu borada mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumanining Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan koʻrgazmali seminarda ham hududlarni koʻkalamzor goʻshaga aylantirish, tumandagi bogʻ, tok qator oralari va dala chetlaridan samarali foydalanish, aholi tomorqalari, guzar yoʻl boʻylari hamda boʻsh yotgan yerlarga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish orqali eksportbop hoʻl va quruq mevalar yetishtirishni koʻpaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi boʻlim boshligʻi Mehriddin Muhammadiyev, Qoraqalpogʻiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisining oʻrinbosari Faxriddin Bekanov, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov, Kengash mutaxassislari, Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari hamda mahalla faollari, tajribali tomorqa yer egalari, nuroniylar katnashdilar.

Tadbirda masʼullar tomonidan yerlarning meliorativ xususiyatiga muvofiq ravishda qanday koʻchatlar ekish zarurligi va ularninig tuproqqa ildiz qoʻyib, yaxshi rivojlanib ketishini taʼminlashga qaratilgan agrotexnik chora-tadbirlar yuzasidan muhim yoʻl-yoʻriqlar va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, kech kuzda ekilgan toʻqsonbosti ekinlar parvarishi boʻyicha ham zarur maʼlumotlar taqdim etildi.

Shundan soʻng, seminar ishtirokchilari Arnaboʻyi mahallasi hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi. Aholining “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish mavsumida faol ishtirokini taʼminlash maqsadida mahalla ahliga 10tadan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari tarqatildi.

– Shunday bir kun keladi, Arnaboʻyi mahallasi Amudaryo tumanining eng obod, farovon va koʻkalamzor goʻshalaridan biriga aylanadi, – dedi seminarda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi boʻlim boshligʻi Mehriddin Muhammadiyev.

Haqiqatdan ham mahalla ahlining saʼy-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan koʻchat ekish, bogʻ yaratish ishlari koʻzlarni quvontiradi. Mahallaning har bir qarich yeri bugungi yosh avlod koʻz oʻngida tobora obod boʻlib borayotgani buning yaqqol dalilidir.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019