Amudaryo tumanida köp sonli aholining tabiiy gaz bilan boğliq muammolari bartaraf qilinmoqda
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oşirilayotgan tub islohotlar zamirida xalq farovonligi, inson manfaatlariga xizmat qiliş kabi ezgu ğoya yotadi. Prezident taşabbusi bilan xalqni uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf qiliş yuzasidan amaliy işlar qilinmoqda. Amudaryo tumanidagi törtta mahalla – Çordara, Böston, Oybek hamda Alişer Navoiy nomli mahallalarida yaşovçi aholining tabiiy gaz bilan boğliq köp yillik muammolari bugun özining ijobiy yeçimini topayotgani ham ana şu islohotlarning amaldagi ifodasidir.
Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 17-iyul kungi mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi farovonligini oşiriş maqsadida imzolagan maxsus qarori asosida amalga oşirilayotgan mazkur xayrli iş orqali aholining köp yillik muammolari ijobiy yeçim topmoqda. Mazkur qaror asosida 2024-2025-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş maqsadida çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan bölib, qator amaliy işlar qilinmoqda. Jumladan, Örta qalʼa ovulining Vaxum aholi punktidagi 1,4 km gaz quvurlari rekonstruktsiya qilinib, foydalanişga topşirildi.
Şuningdek, Çordara mahallasi hududiga diametri 219 mm bölgan 1 km uzunlikdagi yer usti yuqori bosim gaz tarmoğini tortiş işlari amalga oşirilmoqda.
Alişer Navoiy nomli mahalla hududiga 3,8 km yer usti gaz tarmoğini tortiş rejalaştirilgan bölib, hozirgi kunda 2,3 km joyi töliq tortildi.
Böston mahallasi hududiga diametri 114 mm, uzunligi 750 metr bölgan yer usti örta bosim gaz tarmoğini tortiş rejalaştirilgan bölib, hozirda 730 metr qismi tortildi.
Oybek nomli mahalla hududiga esa diametri 114 mm, uzunligi 1,3 km yer usti örta bosim gaz tarmoğini tortiş rejalaştirilgan bölib, hozirdi 420 metr joyi tortildi va bu boradagi işlar davom ettirilmoqda. Qolaversa, 36 km gaz quvurlarini bosim ostida ziçlikka sinaş va havo bosimi yordamida tozalaş rejalaştirilgan bölib, bugungi kungaça uzunligi 34 km bölgan quvurlarda sinaş va taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. 14,3 km uzunlikdagi yer osti va yer usti gaz quvurlarining holatini tekşiriş rejasi esa 15,1 km qilib ortiği bilan bajarildi.
Qayd etiş joizki, bu kabi amaliy işlar “Hududgaz Qoraqalpoğiston” korxonasining “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti bölimi tomonidan amalga oşirilmoqda. Mazkur bölim 40 ming 349ta isteʼmolçilarga xizmat körsatadi. Şundan 14 ming 812ta aholi xonadonlari va 351ta ulgurji isteʼmolçilarga tabiiy gaz, 25 ming 186ta aholi xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Bugungi kunda foydalanişda jami salkam 500 km gaz tarmoqlari mavjud bölib, şundan 35,1 km yuqori bosimli, 152,9 km örta bosimli va 311,6 km past bosimli gaz quvurlari orqali isteʼmolçilar tabiiy gaz bilan taʼminlab kelinmoqda. Gaz quvurlarining 27,9 km qismi yer ostida va 471,7 km qismi yer ustida joylaşgan.
Şuningdek, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti bölimi tomonidan tabiiy gazdan samarali foydalaniş, iqtisod qiliş maqsadida energiya tejamkor uskunalardan foydalaniş tarğib qilinmoqda. Aholi va ulgurji isteʼmolçilar tomonidan foydalanilayotgan tabiiy gaz miqdorini tejaş böyiça tarğibot işlarini olib boriş maqsadida 27 ta yarmarka taşkil qilindi. Yarmarkalarda energiya tejamkor vositalarning afzalliklari, ulardan foydalaniş böyiça maʼlumotlar berilib, keng tarğibot qilindi. Isteʼmolçilarga isitiş qozoni va quvurlari, dudburonlari va zamonaviy tejamkor gorelka örnatişning afzalliklarini tuşuntirilayotgan natijasida 3 ming 339ta isitiş qozoni va quvurlar izolyatsiya qilindi, 147ta aholi xonadonlarining, 14ta yuridik isteʼmolçilarning dudburonlari tozalandi.
Qolaversa, hozirda aholining kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişiga kömaklaşiş borasida ham samarali işlar davom etmoqda. 3 ming 373ta aholi xonadonlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlaş maqsadida 6 ming 850 m tabiiy gaz tarmoqlarini mukammal taʼmirlaş va rekonstruktsiya qiliş işlari davom etmoqda. Bundan taşqari, aholiga joriy yil 1-yanvardan 24-sentyabrgaça bölgan vaqt oraliğida jami 3 ming 70 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş rejalaştirilgan bölib, şundan amalda 2 ming 967 tonna suyuq yoqilği yetkazib berildi. Bu boradagi işlar ham qizğin davom etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶