1-sonli maktabda “Taʼzim Sizga, mehridaryo ustozlar!” deb nomlangan tadbir ötkazildi
Öqituvçi va murabbiylar inson kamolotida muhim örin tutadi. Ular avvalo, yoşlarga bilim beriş orqali ularning aqliy salohiyatini oşiradi. Bilimli insonlar jamiyatning rivojlanişiga hissa qöşadi, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni yaratişda faol iştirok etadi. Öqituvçilarning vazifasi faqatgina dars beriş emas, balki öquvçilarning mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, ularni tanqidiy fikrlaşga örgatişdir. Şu sababli ham mamlkatimizda öqituvçi va murabbiylarga Uçinçi Renessans poydevorini barpo qilişda hal qiluvçi kuç sifatida eʼtibor qaratiladi, ehtirom körsatiladi.
1997-yildan buyon har yili 1-oktyabr sanasida nişonlab kelinayotgan Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ham esda qolarli voqea va tassurotlarga boy tarzda ötdi. Sana munosabati bilan taşkil qilingan “Taʼzim Sizga, mehri daryo ustozlar” deb nomlangan tadbirni maktab direktori Dilrabo Şerboyeva oçib berdi va barça ustozlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Tadbir maktabning 5-a sinf öquvçilarining özlari tayyorlagan sovğa va gullarini ustozlariga taqdim qiliş marosimi bilan yuqori kayfiyatda boşlandi. 5-b sinf öquvçilarining “Taʼzimdamiz, ustozlar” qöşiğiga raqsi esa bayram tadbiri iştirokçilariga yanada kötarinkilik baxş etdi. Ustozlarni uluğlovçi şeʼrlari bilan 7-a va 5-a sinf öquvçilari ham bayram tadbirida faol iştirok qilişdi. 8-a, 6-v va 8-b sinf qizlari ijro qilgan raqs esa iştirokçilar qalbiga bahoriy iliqlik olib kirdi.
Aytiş joizki, öqituvçi va murabbiylar yoşlarning maʼnaviy rivojlanişiga katta taʼsir körsatadi. Ular yoşlarga axloqiy qadriyatlar, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi tuşunçalarni singdiradi. Bu esa yoşlarning jamiyatda munosib örin egallaşlariga yordam beradi. Öqituvçi va murabbiylarning mehnati juda qadrlidir.
Tadbir davomida yoş avlodning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltiriş, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş işlariga qöşgan salmoqli hissasi, taʼlim-tarbiya tizimidagi samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun maktabning bir guruh öqituvçilari, xususan, rus tili öqituvçisi Muhabbat Işimbetova, qoraqalpoq tili öqituvçisi Dildora Kuçkarova, ingliz tili öqituvçisi Barno Eşimbetova, geografiya fani öqituvçisi Dilfuza Örazboyeva, boşlanğiç sinf öqituvçisi Xosiyat Xudaybergenovalar Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Dildora Qöçqarova, maktabning qoraqalpoq tili fani öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶