“Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, sport murabbiylari va yoş sportçilar iştirokida uçraşuv bölib ötdi
Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli sportning olimpiya turlari böyiça şuğullanuvçi yoşlar safi yil sayin oşib bormoqda. Bugungi kunda boks, dzyu-do, kuraş, özbek jang sanʼati, badiiy gimnastika, qiliçbozlik, tennis sporti bilan şuğullanuvçi yoşlar turli xalqaro musobaqalarda Vatanimiz bayroğini baland kötarib, ğoliblik pillapoyalaridan tobora munosib joy olişayotgani xalqimizga quvonç va iftixor bağişlaydi.
Sportçilarimiz erişayotgan bunday yutuqlarda, albatta, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalarining, jismoniy jihatdan yetuk va kuçli sportçilar sifatida şakllanişlarida hamda qiziqiş va intilişlarini qöllab-quvvatlaşda sport murabbiylarining xizmatlari katta. Şu bois, turli nufuzli musobaqalarda ğoliblikka erişgan sportçilarning ota-onalari va sport murabbiylari bilan uçraşuvlar ötkaziş, ularni moddiy va maʼnaviy rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bu borada Amudaryo tumanida sportçi-yoşlar va ularning ota-onalari, murabbiylari iştirokida ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham eʼtiborga munosib. Xususan, joriy yilning 26-sentyabr sanasida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida bölib ötgan “Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, sport murabbiylari va yoş sportçilar iştirokidagi uçraşuvda ham mamlakatimizda sportga va sportçilarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.
Uçraşuvga taklif etilgan Tokio va Parij olimpiadalarining iştirokçisi, köplab xalqaro musobaqalarning ğolib va sovrindori, dzyu-do sporti böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Şarofaddin Boltaboyevning oila aʼzolariga jahon sport arenalarida Vatanimiz şarafini munosib himoya qilişga qodir farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazişgani uçun Amudaryo tuman hokimi tomonidan minnatdorçilik izhor etilib, tuman hokimining Taşakkurnomasi taqdim qilindi.
Şuningdek, uçraşuv davomida özbek jang sanʼati böyiça jahon çempionatida mamlakatimiz va tumanimiz şaʼnini munosib tarzda himoya qilib, 2ta oltin, 1ta kumuş, 4ta bronza medallariga sazovor bölgan yoş sportçilar erişgan yutuqlar mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Sportning para yengil atletika yuguriş turi böyiça faxrli 2-örin sohibi Nursulton Sariboyev, para stol tennis turi böyiça “Beş taşabbus olimpiadasi” musobaqalarida 1-örinni egallagan Şahzoda Rahmatullayeva hamda ularning murabbiylari Amudaryo tuman hokimining Taşakkurnomasi va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Uçraşuv yakunida “Keksalar maslahati guruhi” aʼzolari, hoji onalar hamda nuroniy hoji otalar, Amudaryo tumanidan yetişib çiqqan taniqli sportçilarning oila aʼzolariga, şuningdek, yoş sportçilarga va ularning murabbiylariga özlari şuğullanayotgan sport yönalişlarida yanada yangi muvaffaqiyatlarga erişişlarida omadlar tiladilar.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶