15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 23:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 354

“SITMOMUTOV OLIMBOY” FERMER XOʻJALIGIDA PAXTA MAShINADA TERILMOQDA

“SITMOMUTOV OLIMBOY” FERMER XOʻJALIGIDA PAXTA MAShINADA TERILMOQDA

Tajribali paxtakorlar ne-ne mashaqqatlar bilan yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishda texnikaning qay darajada ahamiyatga ega ekanini juda yaxshi bilishadi. Chunki qoʻlda terilgan paxta bilan mashinada terilgan paxta tannarxi oʻrtasida farq boʻlishiga qaramasdan, mashinada hosil tez terib olinadi, terim xarajati kamayadi, paxta terish mashinasi oʻtgan joʻyaklardagi xom koʻsaklarning pishib-yetilishi tezlashadi. Bu esa paxta yigʻim-terimini barvaqt yakunlash imkonini beradi.

Amudaryo tumanidagi “Sitmomutov Olimboy” fermer xoʻjaligi raisi Mahmudjon Sitmomutov xoʻjalik ixtiyoridagi texnikalardan unumli foydalanibgina qolmay, yer sharoitidan kelib chiqib, mavjud texnika vositalarini takomillashtirib borishga odatlangan.

Uning agrar tizimga, ayniqsa, paxtachilik sohasiga joriy etilayotgan yangiliklarni oʻz faoliyatiga tatbiq etishga boʻlgan qiziqish va intilishlari tufayli joriy yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida yetishtirilgan hosilning asosiy qismi paxta terish mashinasida yigʻishtirib olinmoqda. Xoʻjalikka lizing asosida CASE–220 rusumli ikki qatorli terim agregat sotib olindi.

– Toʻgʻrisini aytsam, paxta terish mashinasini olib kelishga avvaldan puxta hozirlik koʻrdik, – deydi Mahmudjon Siytmomutov. – Oʻtgan yilgi kuz mavsumida yerlarni yaxshilab tekislab qoʻydik. Chunki paxta terish mashinasi uchun ajratilgan maydon tekis va begona oʻtlardan xoli boʻlishi kerak.

Fermer xoʻjaligi dehqonlari erta bahorda 32 gektar yerga Xitoy davlatidan keltirilgan chigit navini sifatli qilib ekkan edilar. Barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida, sifatli olib borilgani bois, dalalarda moʻl hosil yetishtirildi.

Paxta yigʻim-terimi mavsumi oldidan dalalar begona oʻtlardan tozalanib, atroflari tekislandi. Mashinada teriladigan dalalarda gʻoʻzaning barglarini toʻkish ishlari sifatli amalga oshirildi. Natijada koʻsaklarning pishib-yetilishi tezlashdi va paxtalar qiygʻos ochildi.

Mana bir necha kundirki, “Siytmomutov Olimboy” fermer xoʻjaligi dalalarida ikki qatorli paxta terish mashinasi yuqori unum bilan ishlatilmoqda. Terim mashinasini mohirlik bilan boshqarayotgan mexanizator Baxtiyor Nurmanov har kuni fermer xoʻjaligi xirmoniga 10 tonnadan ziyod paxta terib toʻkmoqda. Terilgan hosilni qabul maskaniga peshma-pesh yetkazishda traktorchilar Yoʻldosh Reyimov va Xushnud Samandarovlarning mehnatlari tahsinga loyiq.

– Sobiq ittifoq davridagi paxta terish mashinalaridan zamonaviy CASE–220 terim agregatining afzallik tomonlari juda koʻp, – deydi mamnuniyat bilan fermer xoʻjaligi raisi Mahmudjon Siytmomutov. –Bu mashina shpindellari paxtani sochmasdan, toza soʻrib oladi va trubalar orqali bunkerga uzatadi, bunker toʻlgan paytda avtomatik tarzda mashina boshqaruvchiga xabar keladi, umuman isrofgarchilikka yoʻl qoʻyilmaydi. Paxtani mashinada terish qoʻlda terishdan ancha arzonga tushadi va terim ishlarini barvaqt yakunlash imkoni boʻladi. Men barcha fermer xoʻjaliklari rahbarlariga paxtani mashinada terishga ahamiyat qaratishlarini tavsiya qilaman, – deydi fermer.

Xoʻjalikning paxta terish mashinasi uchun moʻljallanmagan dalalarida paxta terayotgan Gulasal Siytmomutova, Mansur Yerimbetov, Saida Siytmomutova, Asilbek Oʻrozimbetovlarning har biri kuniga 80-90 kilogrammdan paxta terishib, xoʻjalikning umumiy xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishmoqda.

Ayni kungacha fermer xoʻjaligi tomonidan kontraktatsiya shartnomasida koʻrsatilgan hosilning 70 foizdan ortigʻi terib olindi. Hosilning asosiy qismini mashinada yigʻib-terib olishni rejalashtirgan xoʻjalik dehqonlari dala boshida terimchi va mexanizatorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan, terilgan paxta uchun ish haqlari vaqtida hisob-kitob qilinib, mehnatlariga yarasha moddiy manfaat koʻrayotganlaridan mamnun.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026