Amudaryo tumanida paxta yiğim-terimi mavsumi boşlandi
Amudaryo tumanida 2024-yil hosili uçun yetiştirilgan paxta xomaşyosini yiğib-terib oliş mavsumining ramziy boşlanişi sifatida “Paxta karvoni” tadbiri ötkazildi.
Tumandagi Qipçoq paxta qabul qiliş maskanida bölib ötgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, qişloq xöjaligi sohasi masʼullari, fermerlar iştirok etdilar. Tadbirni tuman hokimi Sobir Xöjametov oçib berdi va barçani joriy yilgi paxta hosilini yiğib-terib oliş mavsumining boşlangani bilan tabriklab, fermer xöjaliklari masʼullari va terimçilarni hosilni nest-nobud qilmasdan yiğib-terib oliş, mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş hamda kontraktatsiya şartnomalarini ortiği bilan bajarişga çaqirdi.
Tadbirida qişloq xöjaligi sohasi vakillari hamda ilğor fermer xöjaliklari rahbarlari sözga çiqib, paxtakorlarni mavsum davomida ğözani parvarişlaş borasida maşaqqatli mehnat qilganining, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajarganining natijasi, yaʼni hosilni yiğib olişdek masʼuliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.
Sözga çiqqanlar dehqonlarning peşona teri evaziga yetiştirilgan hosilning qisqa muddatlarda sifatli terib olinişida barça paxtakorlarga kuç-ğayrat tiladi. Şuningdek, barçani hosilni nest-nobud qilmay yiğib-terib olişga bor imkoniyatni safarbar qilişga çaqirdi. Tadbirga yiğilganlar yuqori kayfiyatda boşlangan terim mavsumida Amudaryo tumani eng ilğorlar qatorida bölişini tilab duoga qöl oçdilar.
Tadbir mobaynida “Qipçoq” paxta qabul qiliş maskanining darvozalari oçilib, ilk paxta xomaşyosi qabul qilinişi boşlandi. Mavsumni faollik bilan boşlagan va paxta karvoniga karvonboşilik qilgan 3ta fermer xöjaliklari rahbarlariga tuman hokimi Sobir Xöjametov tomonidan qimmatbaho sovğalar topşirildi. Jumladan, Qipçoq ovuli hududidagi “Umida Tursunboyeva” fermer xöjaligi birinçi bölib paxta topşirgan xöjalik sifatida qayd etilib, 15 tonnadan ortiq paxta xomaşyosini, “Fayz bargida” fermer xöjaligi 10 tonnaga yaqin paxta xomaşyosini, Amir Temur ovuli hududidagi “Qurbaniyazov Latifboy” fermer xöjaligi 5 tonnadan ortiq paxta xomaşyosini ilğorlar qatorida topşirdilar ham esdalik sovğalari bilan rağbatlantirildilar.
Şu kabi tadbir tumanning Ayoqçi mahallasidagi paxta qabul qiliş maskanida ham ötkazildi. Qiliçboy ovulidagi fermer xöjaliklari dalalarida ham bu yil möl hosil töplandi. Hududda joylaşgan fermer xöjaliklarining barçasida paxta yiğim-terimiga uyuşqoqlik bilan kirişildi va hosilni töliq qabul maskanlariga topşirib, “oq oltin”dan yuqori daromad oliş közlanmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, tumandagi jami 13 ming 900ga ekin maydonlarida paxta çigiti ekilgan bölib, 352 ta fermer xöjaliklari tomonidan ğözani parvarişlaş, agrotexnik tadbirlarini amalga oşiriş işlari öz vaqtida taşkil etilib, paxta yetiştirildi. Tumandagi fermer xöjaliklari klasterlar bilan tuzilgan kontraktatsiya şartnomalariga muvofiq joriy yilgi mavsum mobaynida jami 48 ming 500 tonna xom-aşyo yetiştiriş majburiyatini olgan. 13-sentyabr holatiga fermer xöjaliklari tomonidan jami 842 tonna hosil yiğib-terib olingan. Şundan 1-sektor hududidagi paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklari 215 tonna, 2-sektor hududidagi paxtakorlar 275 tonna, 3-sektor hududidagi xöjaliklar 249 tonna va 4-sektor hududidagi fermer xöjaliklari jami 103 tonna paxta hosilini topşirgan.
“Paxta karvoni” tadbiri mobaynida yetiştirilgan paxta xomaşyosini qisqa muddatlarda, sovuq kunlarga qoldirmasdan yiğib-terib oliş borasida oldinda turgan vazifalar xususida söz yuritildi. Otryad rahbarlari tomonidan terim jarayonlarini belgilangan tartibga muvofiq taşkil etiş, dala boşida terimçilar uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş zarurligi alohida qayd etilib, tegişli masʼullarga taklif va körsatmalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶