14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:24
Qishloq xoʻjaligi 👁 290

Amudaryo tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining gʻallachilik fermerlari va klasterlariga MUROJAATI

Amudaryo tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining gʻallachilik fermerlari va klasterlariga MUROJAATI

Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha fidoiylari!

Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sharoitda qishloq xoʻjaligidagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga koʻpaytirish, yuqori hosil olish, agrar sohada yangi ish oʻrinlarini yaratish muhim vazifalardan biri ekanligini barchamiz his etib turibmiz.

Shunday murakkab pallada biz dehqonu fermerlar hamda klaster korxonalari tomonidan har qachongidan koʻra koʻproq masʼuliyat bilan ter toʻkib ishlashni davr taqozo etmoqda.

Hurmatli fermer va dehqonlar!

Azaldan xalqimiz nonni eng ulugʻ neʼmat bilib qadrlaydi. Yangi Oʻzbekistonimizning bu yilgi ulkan gʻalla xirmoni omilkor dehqon va fermerlar, suvchilar, agronom va mexanizatorlar, gʻallachilik klasterlari rahbarlari, sohaning fidoiy olimu tajribali mutaxassislarining zahmatli mehnatlari evaziga yaratildi. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar, gʻallachilikni rivojlantirish borasidagi iqtisodiy tub islohotlarning amaliy natijasidir.

2020-yildan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bekor qilinib, sohada bosqichma-bosqich bozor tamoyillari joriy etildi.

Fermer xoʻjaliklariga gʻalla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish hamda xizmat koʻrsatuvchi va resurs yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash huquqining berilishi, shuningdek, donni xarid qilish hamda sotishda birja mexanizmining joriy etilishi yuqori manfaatdorlikni taʼminlamoqda.

Davlat resursi va birja savdolarida sotish uchun gʻalla topshirish koʻproq manfaat keltirayotganini biz fermerlar his etmoqdamiz.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun subsidiya ajratilishi natijasida yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari oʻrnatilgan gʻalla maydonlari yildan-yilga kengayib bormoqda.

Bundan tashqari, oʻtgan yili gʻallani erta ekib, tezroq unib chiqqani va soha olimlarining ilmiy tavsiyalari hamda gʻalla ekish va yetishtirishning har bir bosqichida oʻtkazilgan oʻquv-amaliy seminarlar, shuningdek, bobodehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “Erta ekkan – erta oʻradi” deb bejiz aytmaganligining isboti tasdiqlandi, bu yil har yilgidan moʻl hosil yetishtirish imkonini berdi.

Himmati baland mirishkor fermerlar!

Oʻzbekistonning tabiiy iqlim sharoiti dehqonchilik, jumladan kuzgi bugʻdoy yetishtirish uchun juda qulay hisoblanadi. 2025-yilda har bir gektar gʻalladan 90-100 tsentnerdan hosil olish uchun biz dehqon va fermerlar bugundan ishni boshlashimiz zarur boʻlmoqda. Buning uchun quyidagi tadbirlarni oʻz muddatlarida masʼuliyat bilan yondoshib amalga oshiraylik!

birinchidan, kuzgi bugʻdoy ekish oldidan ekiladigan maydonni sifatli tayyorlang, buning uchun dala maydonini begona
oʻt qoldiqlaridan toʻliq tozalang;

ikkinchidan, yer maydoniga nam berib, tobiga kelgan maydonni kamida 30-35-sm chuqurlikda haydab, tekislagichlar bilan sifatli qilib tekislang, kesakli maydonlarda kesaklarni maydalang, dala atrofi va chetlarini yaxshilab yumshating, yerga-yer qoʻshib, toʻliq kontur va toʻliq gektarni taʼminlang;

Maydon kesakli qilib tayyorlansa urugʻlar bir tekis joylashmaydi, yerning yuzasida qolgan hamda koʻmilmagan urugʻlar nobud boʻladi. Natijada, koʻchat siyraklashishi yuzaga keladi
va hosildorlikning pasayishiga sabab boʻladi.

uchinchidan, shoʻr yuviladigan maydonlarni shoʻrini yuvishni va yer yetilishi bilan sifatli qilib boshoqli don ekishga tayyorlang;

toʻrtinchidan,  mexanizatorlarga shart-sharoit yarating, tungi yer haydashni yoʻlga qoʻying;

beshinchidan, bugʻdoydan yuqori hosil olish uchun tuproq iqlimga mos, serhosil navlarni tanlashda adashmang va bunga jiddiy eʼtibor qarating;

oltinchidan bugʻdoyni asosan maxsus don ekish seyalkalarida gektariga 200 kg dan kam boʻlmagan meʼyorda ekilishini taʼminlang;

yettinchidan, bugʻdoyni ekishdan avval oʻsimlik ildiz tizimi yaxshi rivojlanishi va chuqur ketishi uchun har bir gektarga kamida 200 kg dan fosforli va 100 kg dan kaliyli oʻgʻit seping va gʻalladan barakali hosil olishga erishing;

sakkizinchidan, sentyabr oyida bugʻdoyni toʻliq ekib oling, bugʻdoy ekilgan maydonlarda uzunligi 50-60 metr boʻlgan masofada oʻqariq va shoxariqlar olinib, birinchi suv qoʻyilishini taʼminlang hamda sogʻlom koʻchat oling;

toʻqqizinchidan, 5-oktyabrga qadar bugʻdoyni toʻliq undirib oling, unib chiqqan koʻchat 45-55 kunda tuplash fazasiga oʻtadi hamda qishlovga tuplagan holda kiradi. Noyabr oyining boshlarida tuplagan bugʻdoy yuqori hosil berishini aslo unutmang.

oʻninchidan, har bir fermer xoʻjaligi rahbari gʻallachilik klasterlari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, gʻallaga qoʻshimcha ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni ogʻishmay  amalga oshirib 2025-yil gʻalla hosilini 90-100 tsentnerga oshirib, yuqori daromad olishga erishing.

Xabaringiz bor, keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda asosiy eʼtibor suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xoʻjalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi dehqon va fermerlarning ogʻirini yengil qilishga qaratilmoqda.

Hurmatli klaster korxonalari rahbarlari!

Sizlarning biz fermerlar bilan hamjihat boʻlib ishlashimiz natijasida bu yil gʻalladan misli koʻrilmagan darajada hosil koʻtardik. 2025-yil gʻalladan 90-100 tsentnerdan hosil olish uchun biz fermerlar bilan bugundan boshlab hamkorlikda ishlarni yanada samarali tashkil eting. Buning uchun quyidagi tadbirlarni ogʻishmay amalga oshiring!

birinchidan, fermer xoʻjaliklariga yuqori hosil beradigan gʻalla urugʻlik tanlashda hamda oʻz vaqtida ekilishida amaliy yordam koʻrsating;

ikkinchidan, fermerlar bilan birga gʻallani yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirishda shart-sharoitlar yarating;

uchinchidan, 2025-yil hosili uchun gʻallani ekish ishlarini qisqa fursatlarda va sifatli tashkillashda butun masʼuliyat fermerlar va klasterlar zimmasida ekanligini unutmang!

Aziz fermer va dehqonlar!

Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning shijoati, gʻayrat va matonatiga koʻz tikib turibdi. Buni bir zum boʻlsa-da, yoddan koʻtarmaylik. Dasturxonimiz toʻkin-sochin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga toʻla va arzon, turmushimiz yanada farovon boʻlishi ayni paytdagi mashaqqatli mehnatimizga bogʻliq. Yurtboshimizning ishonchini oqlab, mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qoʻshish uchun barchangizni sidqidildan ishlashga, fidoyilik namunasini koʻrsatishga chaqiramiz!

Amudaryo tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019