Ilğor xorijiy tajribalarni joriy qiliş maqsadida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” nomli seminar-trening ötkazildi
Söngi yillarda mamlakatimizda maktabgaça va maktab taʼlimi tizimini rivojlantiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Hududlarda Singapurning “Marshall Cavendish Education” taşkiloti bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirlar sohaga ilğor xorijiy tajribalarni joriy etişga xizmat qilyapti.
Amudaryo tumanida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida taşkil etilgan seminar-treningda umumtaʼlim maktablari direktorlari, direktorlarning öquv işlari böyiça örinbosarlari hamda tajribali pedagoglar iştirok etişdi.
Tadbirdan asosiy maqsad – Özbekistonda umumiy örta va maktab taʼlimini tizimli isloh qiliş, ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirişni sifat jihatidan yangi darajaga kötariş, mamlakatimizning xalqaro miqyosda öquvçilarni baholaş dasturlari reytingi böyiça jahonning ilğor mamlakatlari qatoriga kirişiga erişişdan iboratdir.
Seminar doirasida Singapur tajribasi asosida “Marshall Cavendish Education” taşkiloti bilan hamkorlikda aniq va tabiiy fanlar böyiça ilğor xorijiy tajribalarni umumiy örta taʼlim maktablarida ommalaştiriş, maktab rahbarlari va öqituvçilar malakasini oşiriş, ularni kasbiy rivojlantirişga doir ilğor tajribalarni almaşiş, öquvçilar bilimi va könikmalarini baholaş hamda rivojlantirişda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş, taʼlimni raqamlaştiriş böyiça soha mutaxassislarining mavjud bilimlarini oşiriş böyiça ekspertlarning maʼruzalari tinglandi.
Taʼkidlanganidek, Singapur taʼlimga oid nufuzli tadqiqotlar natijalariga köra dunyoda yetakçi mamlakatlardan biri bölib, taʼlimga sarmoya kiritiş, inson kapitalini rivojlantirişga eʼtibor qaratiş orqali mamlakat taraqqiyotiga erişgan davlat sifatida eʼtirof etiladi. Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mamlakatdagi maktab direktorlari va öqituvçilar malakasini oşiriş, maktablar öquv dasturini takomillaştiriş hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qiliş böyiça Singapurning “Marshall Cavendish Education” taşkiloti bilan hamkorlik aloqalari örnatilgan. Hamkorlik dasturiga köra taʼlim muassasalarida maktab direktorlar hamda matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantiriş yönalişlari böyiça treninglar olib borilmoqda.
Amudaryo tumanida ötkazilgan seminarda ham mutaxassislar uçun kasbiy rivojlantiriş, sohadagi yangiliklarni bölişiş, öz faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal qiliş böyiça tajribalar örgatildi. Kaskad usulida olib borilgan seminar-treninglarda maktab rahbarlari “Menejerlar”, matematika va tabiiy fanlar böyiça pedagoglari esa “Master trenerlar” sifatida maxsus tayyorgarlikdan ötkazildi.
Seminar iştirokçilarining barça savollariga ekspertlar tomonidan töliq javob berildi. Iştirokçilar Singapur yondaşuvlaridan foydalanib, innovatsion dars ötiş usullarini özlaştirdilar va öz navbatida yangi öquv yilidan boşlab öquvçilarga yangi bilim va könikmalarni yetkazadilar.
Rayhon Yakubova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶