Yangi öquv yiliga sanoqli kunlar qoldi: Amudaryo tumani MMTBga qaraşli taʼlim muassasalari yangi 2024-2025 öquv yiliga tayyormi?
Amudaryo tuman MMTB tasarrufida 86ta umumiy örta taʼlim maktabi, jami 134ta, şu jumladan 52ta davlat, 78ta oilaviy, 4ta davlat-xususiy şerikçilik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari hamda va “Barkamol avlod” bolalar maktabi mavjud.
Ayni paytda maktablar quvvati 32 ming 635-örinli bölib, öquvçi soni esa 38 ming 813 nafarni taşkil etadi.
3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan 12 ming 250 nafar bolalar MTTlarga qamrab olingan bölib, şundan davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 9615 nafar, davlat xususiy şeriklik asosidagi MTTlarda 300 nafar, oilaviy MTTlarda esa 2335 nafar kiçkintoylar tarbiyalanmoqda.
Taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, qolaversa, zamon talablaridan kelib çiqib, sohada faoliyat olib borayotgan 4061 nafar pedagog xodimlarning kasbiy malakasini oşirişga, ularning öz ustlarida işlaşlariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Bugungi kunda tuman MMTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning 293 nafari oliy toifali, 1937 nafari 1- va 2-toifali malakaga ega bilimdon öqituvçilar hisoblanadi. Ulardan 1720 nafari mutaxassislik toifasiga ega bölib, 111nafar örta maxsus maʼlumotli öqituvçilar bilan özaro tajriba almaşiş va “örgan-örgat” tamoyili asosida iş yuritişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgan.
Tuman MMTB tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi va umumtaʼlim maktablaridagi öquvçi-yoşlarning isteʼdod va qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan 67 ta tögaraklarda ularning öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun barça imkoniyatlar mavjud.
Bundan taşqari, 2024-yil davomida tumandagi 52ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlariga raqamlaştiriş jarayonini amalga oşiriş böyiça davlat byudjetidan jami 52 dona planşet va 52 dona wi fi router, mahalliy byudjet mablağlari hisobidan esa 42 dona printer qurilmalari olib berildi. Şuningdek, 28-sonli maktabga 1ta kompyuter, tuman BABMga 6ta kompyuter va 1ta elektron doska qurilmalari, davlatimiz rahbarining tegişli qaroriga muvofiq Respublika byudjeti mablağlari hisobidan 16ta maktabga zamonaviy kompyuter sinf jamlanmalari yetkazib berildi.
Muhtaram Prezidentimizning körsatmalari va umumtaʼlim muassasalarini zamon talablari darajasida quriş, taʼmirlaş va qayta rekonstruktsiya qilişga qaratilgan 404-sonli Qarori asosida bir qator maktablarda rekonstruktsiya işlarini amalga oşiriş belgilangan. Xususan, Beruniy nomli mahalla hududida joylaşgan 31-sonli umumtaʼlim maktabi uçun 330-örinli qöşimça bino quriş işlari boşlanib, bugungi kunda mazkur binoning tom qismida beton plitalarini yotqiziş işlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Şuningdek, Xizr eli mahallasi hududida joylaşgan 46-sonli umumtaʼlim maktabiga 300-öringa möljallangan qöşimça bino qurilişi, Jumur ovul mahallasi hududida joylaşgan 48-sonli umumtaʼlim maktabiga 240-öringa möljallangan qöşimça bino va 12x24 ölçamli sport zali, Qangli ovulida joylaşgan 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti uçun yangidan 90-öringa möljallangan bino hamda Qoramon mahallasida davlat investitsiya dasturi asosida 150-öringa möljallangan davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi qurilişi işlari davom etmoqda.
“Taşabbusli byudjet” loyihasining 2024-yil 1-mavsumida 3 ta maktab iştirok etib, loyiha natijalariga köra, 1- va 41-sonli maktablarning har biri 1 mlrd 360 mln. sömdan, 76-sonli maktab jamoasi esa 860 mln. sömlik mablağni yutib olişga muvaffaq bölişdi. 1-sonli va 41-sonli maktablar jamoasi tomonidan uşbu mablağni joriy taʼmirlaş işlariga, 76-sonli maktab jamoasi tomonidan esa dars jarayoni uçun zarur zamonaviy uskunalar, jumladan, proyektor, elektron doska, laboratoriya jihozlari va hokazolarga yönaltiriş rejalaştirilgan.
Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yangi öquv yili oldidan joriy yil 5-10-avgust kunlari hududiy Pedagogik markazida master-trener va trener-koordinatorlar tomonidan Amudaryo tumanidan tanlab olingan 5 nafar direktor, 3 nafar matematika fani öqituvçilari va 6 nafar tabiiy fan öqituvçilariga Singapurning “Marshal Savendish Edusation” taşkiloti bilan hamkorlikda öquv jarayoniga xorijiy ilğor tajribalarni tatbiq etiş böyiça seminar taşkil etildi. Uşbu seminar kaskad usulida joriy yil 19-24-avgust kunlari 31-, 40- va 82-sonli maktablarda, har bir maktabdan 1 nafar ilğor öqituvçilar uçun, 26-31-avgust kunlarida esa barça maktablarda taşkil etilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, joriy yil 18-19-avgust kunlari Möynoq tumanidagi “Oq kema” öquvçi-yoşlar lagerida anʼanaviy uçinçi “Ustozlar forumi” ötkazilişi belgilangan. Amudaryo tumanidan 14 nafar ilğor öqituvçilar uşbu forumda iştirok etişi kutilmoqda.
Ayni kunlarda tuman MMTB tasarrufidagi barça öquv muassasalarida “Bilimlar kuni” maktablarga ilk qadam qöyadigan bolajonlarga atalgan 12 nomdagi Prezident sovğalari taqdim etilmoqda. 2024-2025 öquv yilida 3550 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilinişi rejalaştirilgan. Yangi öquv yili boşlanişi arafasida Prezident sovğalarini quvonç bilan qabul qilayotgan bolajonlarning quvonçlari çeksiz. Tevarak-atroflari obodonlaştirilgan, dov-daraxtlariga çiroyli şakl berilib, turfa gullar ifor soçgan taʼlim maskanlari ilmga çanqoq, kelajagimiz egalari – Yangi Özbekiston bunyodkorlarini yana öz bağriga olişga tayyor.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶