Huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi bölib ötdi
1-avgust kuni Amudaryo tumani huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi kengaşining yiğilişi ötkazildi. Yiğilişda 2024-yilning birinçi yarmida hududda jinoyatçilikka qarşi kuraş va uning oldini olişdagi huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan amalga oşirilgan işlar keng muhokama qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi bölim boşliği Arman Yergunusov, tuman prokurori Aziz Rözmetov, tuman IIB boşliği Jamoladdin Yusupov, Soliq inspektsiyasi boşliği Jahongir Rahimov, tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, tumandagi 49ta ovul va mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” aʼzolari, prokuratura va IIB xodimlari iştirok etdilar. Yiğilişda tuman prokurori Aziz Rözmetov tumanda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilgan işlar haqida hisobot berdi.
Taʼkidlanganidek, Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan hududdagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda “Inson qadri uçun” degan ezgu ğoyani töliq röyobga çiqariş, hududda qonun ustuvorligini va qilmiş uçun jazo muqarrarligini taʼminlaş tamoyili asosida qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktika qiliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Hisobotda keltirilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş maqsadida qator çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda. Sohadagi işlarni tartibga solişda huquqbuzarliklar oqibati bilan kuraşiş emas, balki ularning barvaqt oldini oliş zarurligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan sohada qator islohotlar amalga oşirilib, işlar “mahallabay” va “xonadonbay” tizimda taşkil etilayotganligi sababli ötgan davrda hududdagi 49ta mahallalarning 13tasida, yaʼni 26,5 foizida jinoyatlar sodir etilişiga yöl qöyilmagan hamda 20tasi, yaʼni 40,8 foizida jinoyatlar kamaygan yoki barqaror saqlangan.
Şuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonliklarning oldini oliş maqsadida jami 158ta himoya orderlari berilgan, barçasi IIB taşabbusi va fuqarolarning arizalari asosida rasmiylaştirilgan.
Yiğilişda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga hamda mahallalar “yettiligi” masʼullariga jinoyat va huquqbuzarliklarning olini olişda hamkorlikni yanada kuçaytiriş lozimligi taʼkidlandi hamda kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶