15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 01:13
Jamiyat 👁 228

Ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalarini unutmang!

Ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalarini unutmang!

Zamonaviy dunyoda kundalik turmushimizni, ish faoliyatimizni internet va ijtimoiy tarmoqlardan ayro tasavvur qilishimiz qiyin. Ijtimoiy tarmoqlarning afzalliklari bilan bir qatorda salbiy tomonlari oqibatida koʻp­lab muammolar yuzaga kelmoqda. Insonlar biror hududda shu jamiyat tomonidan qabul qilingan mezonlar asosida yashaganidek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida ham odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilinishi lozim.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan maʼlumotlarning katta qismini yoshlar tarbiyasi buzilishiga turtki boʻluvchi, milliy va diniy qadriyatlarimizga zid hisoblangan xabarlar tashkil etayotgani kishida tashvish uygʻotadi. Shu sababli yosh avlod ongida mafkuraviy tahdid­larga qarshi maʼnaviy immunitet hosil qilish dolzarb masalalardan hisob­lanadi.

Eng avvalo, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida vaqtning qadrini unutmaslik kerak! Bugungi kunda “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 100 minglab yoshlar xorijiy tillarni bepul oʻrganishmoqda. "Mutolaa" mobil ilovasida esa oʻzbek va jahon badiiy adabiyotining nodir namunalari audio va elektron shakl­da jamlangan. Muhimi, vaqt va energiya­mizni toʻgʻri yoʻnaltirishimiz shart.

Virtual olamdagi “farovonlikka” bosh­lovchi “motivatorlar”ning oʻziga xos tav­siyalari, uyat-andishani unutgan “professio­nal psixolog”larning baxtli oila barpo etish yuzasidan bildirgan “maslahat”lari hamda mashhur boʻlish yoʻlida har xil yengil-yelpi, axloqsiz harakatlarni oʻziga munosib bilgan kimsalarning videolarini kuzatish orqali oʻzingizda salbiy xususiyatlarni shakllantirib, jamiyatdagi obroʻ­yingizga putur yetkazishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot davomida odob-axloq qoidalariga amal qiling! Afsuski, foydalanuvchilar orasida bir-birini haqoratlash, shaxs nomiga putur yetkazish kabi salbiy holatlar kuzatilib turibdi. Shuni unutmaylikki, inson xatti-harakatlari orqali oʻzi haqida atrofidagilarga muayyan axborotlarni ulashadi. Mavzuni oʻrganish davomida video kontentlarga yozilgan sharhlarda haqorat va soʻkinishning tesha tegmagan zamonaviy shakllariga guvoh boʻldik. Albatta, bu holatlar uchun tegishli tartibda javobgarlik belgilanganini ham unutmaslik joiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda xabar almashish vaqtida milliy va diniy qadriyatlarimizga zid amallarni sodir etmang! “Telegram” messenjeri nafaqat muloqot qilish va yangiliklardan xabar topish vositasi, shuningdek, koʻplab sohalarga doir keng maʼlumotlar bazasi hisob­lanadi. Biroq ushbu messenjerning vaqtni besamar oʻtkazishga ham sabab boʻlishi insonni tashvishga soladi.

Bir soʻz bilan aytganda, virtual muhitda tarmoq foydalanuvchilarining, asosan, yoshlarning maʼnaviy buzilishlari uchun yetarlicha sabablar mavjud. Hali oila qurmagan yoshlar orasida hayosizlik va zinoning har xil shakllari kuzatilmoqda. “Telegram” messenjerida tashkil etilgan ayrim chat-guruhlardagi muloqotlar virtual olamni tartibga solish naqadar zarurligini koʻrsatadi. Milliy va diniy qad­riyatlarimizga zid boʻlgan tanishuvlar va buning oqibatida inson shaʼnini oyoqosti qilishga boʻlgan urinish­lar, bu voqea­larga sabab boʻlgan jarayonlarni tahlil qila turib, odamzodning shu qadar buzilishi, istaklariga qul boʻlishi mumkinligini oʻylagan har bir ziyoli bundan chuqur qaygʻuga tushadi.

Internetda tarqatilgan xabar va maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilmang! Maʼlumki, internetda oʻz tasdigʻini topgan xolis maʼlumotlar bilan bir qatorda atayin soxtalashtirilgan, noxolis, gʻarazli guruhlarning gʻoyalarini targʻib qiluvchi informatsiyalar ham keng tarqatiladi. Koʻplab fuqarolar soxta tadbirkorlarning yolgʻon maʼlumotlariga chuv tushib, yaxshi niyat bilan yillar davomida jamgʻargan pul mablagʻlaridan ayrilishmoqda. Yolgʻon qurboniga aylanmasligingiz uchun maʼlumotlarni bir nechta ishonchli manbalar orqali tekshiring!

Axborot inson psixologiyasiga jiddiy taʼsir oʻtkazadi, hatto insonlarni boshqarish kuchiga ega. Bu imkondan foydalanishni maqsad qilgan gʻarazli shaxslar atayin soxtalashtirilgan, davlat va xalq oʻrtasidagi birdamlikka raxna soluvchi kontentlarni tayyorlashga harakat qilishadi. Shu sababli asrimizning mafkuraviy poligonlarida axborot urushi keng qanot yozmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odob-axloqi anchayin keng mavzu. Biz yuqorida bildirgan fikr-mulohazalarda mavzuning ayrim jihatlarini yoritishga harakat qildik. Xulosa sifatida shuni aytishimiz lozimki, virtual olam insoniyatning zamonaviy koʻzgusiga aylangan. Bu olamdagi yaxshiliklar ham yomonliklar ham odamlar taʼsirida yuzaga keladi. Qaysi yoʻlni tanlash esa hamisha oʻz qoʻlingizda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019