Kutubxonalar xalq tafakkurini ifodalaydi
Xalqimizning tarixan yuksak kitobxonlik madaniyati natijasida Markaziy Osiyo hududida dunyoga maşhur ilm-fan markazlariga asos solingan. Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar taşkil etildi, ilm-fan sohalari yuksaldi. Keyingi asrlarda ham Samarqand, Buxoro, Xiva, Qöqon şaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan.
Maʼlumotlarga köra, XX asrning boşida birgina Buxoro şahrida 13ta kutubxona, 96ta qiroatxona mavjud bölgan. Saroy kutubxonasida amirlarning şaxsiy jamğarmalari bilan birga 47.500-jild turli tillardagi qölyozma va toşbosma kitoblar saqlangan.
Kutubxonalar yaqin tariximizda ham xalqimiz tafakkurini özida ifoda etgan. XX asr boşida jadidçilik harakati rahnamolari tomonidan mintaqa şaharlarida maʼrifatni tarğib qiliş maqsadida dastlabki ommaviy kutubxonalarga asos solinadi. Xususan, 1908-yilda Namanganda Ishoqxon öğli Ibrat tomonidan “Matbaai Ishoqiya” nomli ilk naşriyot qoşida “Kutubxonai Ishoqiya” nomli kutubxona taşkil etildi. Bu davrda Samarqand, Qöqon va Toşkent şahrida “Naşriyoti Behbudiya”, “Ğayrat” nomli kutubxonalar hamda “Turon” jamiyati qoşida taşkil etilgan maʼrifat maskanlari faoliyat yuritgan.
Öşa davrda kutubxonalarni taşkil etişdan asosiy maqsad, eng avvalo yoşlar, maktab öqituvçilari, madrasa talabalari, ziyolilarni yangi adabiyotlar, darsliklar, matbuot bilan muntazam taniştirib boriş bölgan. Çunki bu maskandagi kitoblar va gazetalarni boşqa biror joydan topiş amri mahol edi.
Tarixdan maʼlum, kutubxonalar va matbaa sohasi rivojlangan davlatlar taraqqiyotda boşqa davlatlardan ança oldinda bölgan. 1445-yilda Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosiş dastgohining ixtiro qilinişi Yevropa taraqqiyotida muhim davr hisoblanadi. Çunki Gutenberg ixtirosidan keyin insoniyatning katta qismi savodli bölgan. Germaniya bugungi kunda eng kitobxon davlatlar qatorida eʼtirof etiladi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoşlar orasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida bir qator tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Intellektual körik-tanlovlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar yoşlarni kitobxonlikka yanada yaqinlaştirdi. Birgina “Yoş kitobxon” tanlovida har yili minglab yoşlar iştirok etişyapti. Şuningdek, tegişli taşkilotlar tomonidan taşkil qilingan kitobxonlik tanlovlarida eng bilimli, zukko yoşlar munosib taqdirlanmoqda. Bir söz bilan aytganda, ruhiy ozuqamiz bölgan mutolaa orqali moddiy rağbatlarga ham ega bölişimiz mumkin.
Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi ham tuman aholisi, ayniqsa, yoşlarining maʼnaviy yuksalişi yölida munosib xizmat qilib kelmoqda. Axborot-kutubxona markazi 2022-yil dekabr oyidan buyon Oybek nomli mahalla hududidagi yangi binoda faoliyat yurityapti.
Bugungi kunda Axborot-kutubxona markazida jami 17700 nafardan ziyod abonament röyxatga olingan. Şundan, 8850 nafardan ziyodini erkaklar, 8840 nafardan ziyodini ayollar taşkil qiladi. Kitobxonlarga 13 nafar xodim sifatli xizmat körsatyapti.
Axborot-kutubxona markaziga Olmazor, Gulzor, Böston mahallalarining aholisi, 55-sonli maktab öquvçilari faol ravişda taşrif buyurişadi. Kutubxonaning kitob jamğarmasida har xil janrdagi, umumiy soni 65ming 300dan ziyod ilmiy, badiiy, publitsistik kitoblar hamda gazeta-jurnallar mavjud. Şuningdek, kamyob nusxadagi adabiyotlarni mutolaa qilişlari uçun öquv zalida kitobxonlarga barça zamonaviy şaroitlar yaratilgan. Bundan taşqari, joriy yilning iyun oyida kutubxona jamğarmasi 162 dona yangi çop etilgan badiiy adabiyotlar bilan boyitildi.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan taniştiriş maqsadida madaniy-maʼrifiy uçraşuvlar, intellektual öyinlar, “Kitobxon ona – kitobxon bola” şiori ostida “Omadli kitobxon” tanlovlari ötkazib kelinyapti. Belgilangan iş rejaga muvofiq har oyda ovul va mahallalarda “Sayyor kutubxona” tadbirlari taşkil qilinib, kitobsevarlar qalbiga ziyo ulaşilmoqda. Taʼlim muassasasalarida ötkazilgan kitob taqdimotlarida yoşlarga özlarida va oilasida mutolaa madaniyatini şakllantirişlari uçun zarur tavsiyalar berilmoqda. Uçraşuvlarda xonadonlardagi şaxsiy kutubxonalar öşa oilaning bebaho boyligi ekanligi tuşuntirilyapti.
Yoşlar orasida kutubxona işiga qiziquvçi öquvçilar köp. Amudaryo muhandislik texnikumi Kutubxonaşunoslik yönalişi öquvçilari öquv-amaliyoti vaqtida faol iştirok etib, amaliy tajribalarini oşirib borişadi.
Kutubxonalar — xalq tafakkurining öziga xos közgusi. Bu közgu yanada jozibali bölişida kutubxonaçining samarali faoliyati, zamonaviy bilimi muhim ahamiyatga ega.
Biz bugun texnika taraqqiyoti asrida yaşayapmiz. Lekin bu kitoblardan, matbuot naşrlaridan uzoqlaşişimizga bahona bölmasligi kerak. Eng rivojlangan davlatlarda ham özini ziyoli bilgan xalq ommaviy ravişda mutolaa qilişadi. Zero, insonning aqliy salohiyati va qalb dunyosini birinçi navbatda kitoblar boyitadi.
Munojot Safarboyeva, tuman Axborot-kutubxona markazi abonament va foydalanuvçilarga xizmat körsatiş böyiça mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶