16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:28
Fan va taʼlim 👁 324

Besh yil davomida “Venus academy” oʻquv markazining 70 foiz oʻquvchisi OTM talabalari boʻlishdi

Besh yil davomida “Venus academy” oʻquv markazining 70 foiz oʻquvchisi OTM talabalari boʻlishdi

Mustaqillik – xalqimiz hayotinigina emas, balki ongini ham oʻzgartirdi. Avvallari Mangʻitdan narini koʻrmagan amudaryolik yoshlar bugungi kunda sportda, ilmda, qoʻyingki, hayotimizning barcha jabhalarida dunyo yoshlari bilan bellashishga qodir, mustaqil fikrga ega insonlar sifatida voyaga yetishmoqda. Ular orasida ilm-u salohiyatda sobit, tadbirkor yoshlar, taniqli sportchilar, sanʼatkor va ijtimoiy-siyosiy jihatdan faol, maʼnaviy tafakkur dunyosi keng ijodkor yoshlar talaygina. "Venus academy" oʻquv markazi rahbari Zuhra Yerlapasova ana shunday yoshlardan.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini kichik yoshidan boshlab, intilish va qiziqishlari asosida maʼlum yoʻnalish boʻyicha oʻqitish orqali ularning yashirin imkoniyatlari va iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida Zuhra Yerlapasova 2019-yilda xususiy oʻquv markazi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Avval "AmuKids", keyinchalik "Venus academy" nomi bilan faoliyat yuritayotgan oʻquv markazida oʻzbek va rus tillarida mashgʻulotlar olib borishga moʻljallangan mental arifmetika, maktabga umumiy tayyorlov guruhi, ingliz tili, rus tili, rus tili savodxonligi, yaʼni bolalarni taʼlim rus tilida olib boriluvchi maktab­ga tayyorlov guruhi, mashgʻulotlar rus va oʻzbek tillarida olib boriladigan matematika fani yoʻnalishlari hamda Prezident maktablariga tayyorlov kursi tashkil etilib, nutqida nuqsoni bor bolalar uchun logoped xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Oʻquv markazida tashkil etilgan noanʼanaviy taʼlim-tarbiya uslubi, markazda faoliyat olib boruvchi malakali mutaxassis oʻqituvchilarning izlanuvchanligi tufayli qisqa fursat ichida katta qiziqish va eʼtibor bilan farzandlarini oʻquv markaziga yetaklab keluvchi ota-onalar safi oshdi. Oʻquv markazida taʼlim olayotgan bolajonlar orasida noyob qobiliyatli vunderkind bolalar paydo boʻldi.

Ayni paytda "Venus academy" oʻquv markazida 20 nafar mutaxassis oʻqituvchilar bolajonlarga oʻzlari va ota-onalari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Tashkil etilganiga 5-yil boʻlgan mazkur taʼlim dargohida oʻtgan davr mobaynida 4 ming nafardan ortiq iqtidorli oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishdi. Oʻquv markazida taʼlim olgan oʻquvchilarning 70 foizi mamlakatimizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda.Ulardan 3 nafari Vestminster universiteti talabalari boʻlishdi. 2 nafar bitiruvchi esa ayni paytda Germaniya davlatida oʻqishni davom ettirishmoqda.

Oʻquv markazining xotirasi kuchli, vunderkind oʻquvchilari orasida mental arifmetika boʻyicha Qoraqalpogʻiston chempionatlarining gʻoliblari va Oʻzbekiston, shuningdek, mazkur yoʻnalishda Toshkent, Samarqand va Xiva shaharlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarning gʻolib va sovrindorlari bor. Qardosh Qirgʻiziston davlatida boʻlib oʻtgan mental arifmetika boʻ­yicha xalqaro musobaqalarda esa oʻquv markazi oʻquvchilari faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

– Qobiliyatsiz bola boʻlmaydi, – deydi oʻquv markazi rahbari Zuhraxon Yerlapasova, – birinchi galda ota-ona oʻz farzandining qiziqishlarini shunchaki bolalik orzusi-da, deb eʼtiborsiz qoldirmasligi, u bilan kattalarday muomalada boʻlishi, qiziqishlarini maʼlum maʼnoda ragʻbatlantirib borishi zarur. Ayniqsa, shirin, katta orzular ogʻushida uchib-qoʻnib yurgan bolaga nojoʻya gap aytib, kamsitish kerak emas. Bunday xatti-harakati bilan ota-ona bolasining orzu-umidini, eng yomoni, koʻnglini sindiradi. Koʻngli singan bolaning nutqida nuqsonlar paydo boʻladi. Ota-onasiga biron fikr aytishdan hadiksirab qoladi. Logoped yoʻnalishiga qabul qilingan, nutqida nuqsoni bor bolalarning aksariyati ana shunday notoʻgʻri muomala va oiladagi nosogʻlom muhit – urush- janjallar taʼsiridagi stresslar tufayli qoʻrquv iskanjasidagi bolalardir. Bunday bolalar bilan taj­ribali logoped-oʻqituvchilar tizimli ravishda mashgʻulotlar olib borish orqali samarali natijalarga erishishmoqda.

Aql bovar qilmas katta-katta sonlarni bir zumda, yoddan hisob­lab berayotgan, ingliz tilida va rus tili boʻyicha maktabga tayyorlov guruhlarida tutilmasdan, oʻqituvchisiga burro-burro javob berayotgan, logoped-oʻqituvchisi koʻmagida nutqidagi nuqsonlardan xalos boʻlib, quvonayotgan va matematika guruhi oʻquvchilarining eng murakkab misol, masalalarni aniq, puxta yechishning uddasidan chiqayotganidan ota-onalar mamnun.

Farzandini yetaklab, "Zuhraxonning maktabi shumi?" deb kelayotganlarni koʻrib, taʼlim -tarbiya sohasidagi tadbirkorlikning bu kabi muvaffaqiyatidan biz ham quvondik. Oʻquv markazi pedagogika jamoasiga amudaryolik bilimdon yoshlarni tarbiyalash yoʻlidagi ezgu ishlarida yutuqlar tiladik.

Robiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026