Amudaryo tumani Adliya bölimida “Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi
Mamlakatimizda yoşlar orasida kitobga bölgan qiziqişni oşiriş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantiriş, şu bilan birga, keng jamoatçilikka ziyo ulaşiş maqsadida tegişli taşkilotlar tomonidan bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar va intellektual tanlovlar taşkil qilinyapti.
Xususan, joriy yilning 15-iyul kuni Amudaryo tumani Adliya bölimi tomonidan “Zukko kitobxon” tanlovining saralaş bosqiçi ötkazilib, tumanimizdagi yoş kitobxonlarning eng bilimlari eʼtirof etildi.
Mazkur tanlovining saralaş bosqiçida iştirok etgan yoş kitobxonlarning bilimlari tuman Adliya bölimi Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Şavkat Vaisniyazov, Davlat xizmatlari markazi direktori Said Sultanov, FHDYo bölimi mudirasi Rohatoy Polvonova hamda Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği Sarvar Xaytbayevlardan tarkib topgan hakamlar hayʼati tomonidan adolatli baholab borildi.
Dastlab hakamlar hayʼati raisi Şavkat Vaisniyazov sözga çiqib, mamlakatimizda yoş kitobxonlar qatlamini qöllab-quvvatlaş, ularni kitobxonlikka yanada keng jalb qiliş, jamiyatimizda kitobxonlar va ziyolilar mavqeyini kötarişga qaratilgan çora-tadbirlar va intellektual tanlovlarning ahamiyati töğrisida fikr-mulohazalarini bildirdi va barça iştirokçilarga ğolib bölişlarida tilakdoş böldi.
Şundan keyin tadbirga boşlovçilik qiluvçi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati maxsus muxbiri Şohzod Qurbonboyev tomonidan iştirokçilarga tanlov nizomi, javoblar uçun ajratilgan vaqt, savollar soni va baholaş mezoni haqida maʼlumotlar berildi.
Nizomga köra, tanlovning birinçi boşqiçi özbek va jahon adabiyoti namunalaridan tuzilgan 25ta savoldan iborat intellektual öyin şaklida ötkazildi. Taşkilotçilar tomonidan barça iştirokçilarga javoblarni yoziş uçun maxsus varaqalar tarqatildi. Har bir savol öqib eşittirilganidan söng javob yoziş uçun 1 daqiqa vaqt ajratildi hamda har bir töğri javob uçun 1 balldan baholandi. Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov adolatli ötkazilişi taʼminlanib, jarayon davomida barça iştirokçilar uzluksiz ravişda kuzatib borildi.
Maʼlumot örnida, “Zukko kitobxon” tanlovining birinçi bosqiçida tumandagi 33-, 36-, 40- va 84-sonli umumtaʼlim maktablarining eng kitobxon 7-10-sinf oraliğidagi öquvçilari özaro bilimlarini sinaşdi. Mazkur bosqiçda 1-örinni egallagan kitobxon Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oladi. Tanlovning yakuniy – mamlakat bosqiçida 1-örinni egallagan iştirokçi 20 mln söm miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanişi belgilangan.
Hakamlar hayʼati taqdim etgan natijalarga köra, iştirokçilardan 3 nafarining töplagan ballari teng kelganligi sabab ular örtasida qöşimça savol-javob şarti ötkazildi. Qöşimça şart natijalariga köra iştirokçilar orasidan eng bilimdoni aniqlandi.
Umimiy yiğilgan ballarga köra, hakamlar hayʼati tomonidan ğolib va sovrindor iştirokçilar eʼlon qilindi. “Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqiçida 3-örin bilan Mirjalol Farhodovga, 2-örin Bahoroy Sobirovaga hamda 1-örin bilan Yulduz Tursunboyevalarga nasib qildi. Qolgan iştirokçilarga esa “Eng yaxşi notiq”, “Eng yoş kitobxon” hamda “Eng faol iştirokçi” nominatsiyalari sohib va sohibalari bölişdi.
Tadbir yakunida taşkilotçilar tomonidan ğolib va sovrindor iştirokçilar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor va tegişli taşkilotlar tomonidan ötkazilayotgan mana şunday intellektual tanlovlar natijasida bugungi kunda yoşlar orasida kitobxonlar safi yil sayin oşib bormoqda. Umid qilamizki, kitoblarga taşna bölgan vatanparvar yoşlar öz bilim va tafakkuri bilan Uçinçi Renessans bunyodkorlari bölişadi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶