16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:20
Qishloq xoʻjaligi 👁 419

Qishloq xoʻjaligida dolzarb mavsum: gʻalla oʻrim-yigʻimiga sanoqli kunlar qoldi

Qishloq xoʻjaligida dolzarb mavsum: gʻalla oʻrim-yigʻimiga sanoqli kunlar qoldi

Gʻalla – xalqimiz rizq-roʻzi va dasturxonimiz toʻkinligi manbai, nuroniylarimizning turmushimizda faravonllik hukm surishini soʻrab qilgan ezgu niyatlarining ijobatidir. Bobodehqonlarimizning ertayu-kech qilgan mehnatlari samarasi boʻlgan bugʻdoy oʻrimi mavsumiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu jarayon fermerlar, kombaynchilar va sohaga jalb qilingan xodimlar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Joriy yil ham hosilni qisqa muddatda nest-nobut qilmasdan oʻrib-yigʻib olish uchun puxta hozirlik koʻrildi.

Amudaryo tumanida ushbu mavsumga tayyorgarlik ishlarining yakunini koʻzdan kechirish, zaruriy texnikalarning mavsumga shayligini tekshirish maqsadida hamda yuqori unumli gʻalla oʻrish kombaynlarining oʻrim-yigʻim ishlariga tayyorligi yuzasidan 2-sektor hududidagi Doʻstlik mahallasida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektor rahbarlari, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anvar Yuldashev, Oʻzagroinspektsiyaning Qoraqalpogʻsiton Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Arslon Yusufov hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda gʻalla oʻrim-yigʻimiga shay qilingan kombaynlar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Masʼullar oʻrim-yigʻimga tayyorgarlik ishlari, kombaynlarning taʼmirlanganligi, texnik sozligi, mavsumga shayligini koʻzdan kechirib, otryadlar aʼzolari, qishloq xoʻjaligi tizimidagi vakillar bilan shuhbatlashishdi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov gʻalla xalqimizning umumiy boyligi, dehqonlarimizning halol mehnati, dasturxonimiz toʻkinligini taʼminlovchi neʼmat ekanligini taʼkidlab, bir bashoq donni ham nest-nobut qilmasdan, uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olish yuzasidan qishloq xoʻjaligi vakillariga zarur topshiriqlar berdi.

Aytish joizki, Amudaryo tumanida joriy yilda fermer xoʻjaliklarining 4 ming 800 gektar yer maydonida gʻalla yetishtirildi. Shundan 588 gektar maydondagi gʻalla urugʻlik uchun moʻljallangan. Joriy yilgi mavsumda oʻrim-yigʻim ishlariga 18ta kombayn va 36 nafar texnika boshqaruvchi jalb qilingan. Tadbirda mutasaddilar tamonidan har bir kombaynchi moddiy ragʻbatlantirilib, ularga pul mukofoti va oziq-ovqat muhsulotlari topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2023-yilning noyabr va dekabr oylari iliq kelganligi kuzgi boshoqli don ekinlarining oʻsishi va rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Buning natijasida erta va optimal muddatda ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari toʻliq tuplash davriga oʻtib, erta qishlovga kirdi. Yerdan moʻl hosil olish maqsadida mavsum davomida fermerlar tomonidan zaruriy agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli ravishda oʻtkazildi.

Gʻalla maydonlari tabiiy oʻgʻitlar bilan toʻyintirilib, hosilga ziyon yetkazuvchi zararkunandalarga qarshi agrotexnik tadbirlari amalga oshirildi. Maxsus vositalar bilan yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi qoʻllanilgani natijasida avvalgiga qaraganda suv resurslari ancha tejaldi hamda bugʻdoy doimiy ravishda namlik bikan taʼminlandi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan mavsumda ishtirok etuvchi har bir xodimga zarur koʻrsatmalar berilib, savollarga javob qaytarildi.

Seminar yakunida esa, kombaynlarning texnik holati sinab koʻrildi. Bir soʻz bilan aytganda, amudaryolik qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilayotgan xodimlar, fermer va dehqonlar zaruriy texnikalar bilan gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumi uchun shay holatga keltirilgan. Mazkur jarayon mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

Xalq manfaati, el-yurt faravonligi yoʻlida xizmat qilish – eng oliy baxt, buyuk saodatdir. Rizq-roʻzimiz va toʻkinchilik asosi boʻlmish yuksak gʻalla xirmonini bunyod qilish yoʻlida zahmat chekib, oʻrim-yigʻim ishlariga oʻzining munosib hissasini qoʻshishga shay turgan gʻallakorlarimiz va bu jarayonga yordam beruvchi texnik xodimlarning mashaqqatli ishlariga omad tilaymiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026