40-sonli maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari iştirokida “ATV” telekanali tahririyatiga ekskursiya taşkil qilindi
Ekskursiyada maktabning boşlanğiç sinf öqituvçilari Gulnoza Rajabova, Mehribon Bekbergenova, Şohira Yuldaşeva hamda 1-sinf öquvçilari iştirok etdi.
Iştirokçilarga “ATV” telekanali operatori Ravşan Bahromov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Mahmudjon Şomurodov va “Taraqiyot közgusi” gazetasining maxsus muxbiri Şohzod Qurbonboyevlar tomonidan telekanal va gazetaning tarixi hamda bugungi faoliyati töğrisida, körsatuvlar tayyorlaniş jarayoni haqida maʼlumotlar berildi.
Şohzod Qurbonboyev bolalardan kelajakda kim bölişni orzu qilişlarini sörab, ular bilan dildan suhbatlaşdi. Odilbek Allambergenov, Suhrob Aminbayev, Madina Abdullayeva kabi öquvçilar ustozlari kabi öqituvçi, şifokor va yurist bölişni istaşlarini bildirdi.
Tadbir iştirokçilari telekanal studiyasida yaratilgan özgaça ijodiy muhitning guvohi bölişdi. Devorlarga işlangan mahsus fonlar ularning eʼtiborini jalb qildi. Bolalar oynai jahon orqali körgan körsatuvlarini eslab, savollar berişdi. Şuningdek, öqituvçilar tomonidan bir vaqtlar öz auditoriyasiga ega bölgan “Zaminning bolasi” formatidagi körsatuvlar bugun ham zarurligi taʼkidlandi.
Şundan keyin, öquvçilar tahririyat qoşida taşkil qilingan özbek va jahon adabiyoti durdonalarini özida jamlagan kutubxona bilan taniştirildi. Muqovalari bir-biridan çiroyli bölgan kitoblar bolalarda qiziqiş uyğotdi. Ustozlar kutobxonadan foydalaniş va aʼzolik tartibi haqida söraşdi. “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Mahmudjon Şomurodov öquvçilarga yozgi taʼtilda ham kutubxonaga tez-tez kelib turişlarini tavsiya qildi. Jarayon davomida unitilamas lahzalar fotokamera xotirasiga muhrlab borildi.
Tadbir yakunida öqituvçilar ekskursiya uçun tahririyat xodimlariga minnatdorlik bildirişdi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶