16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:09
Siyosat 👁 349

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 73-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 73-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 22-may kuni tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 73-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 12-Arnaboʻyi saylov okrugidan deputat Mansur Urazbayev saylandi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi, yaʼni “2024-yilning 1-choragida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Ushbu masala boʻyicha Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Kamiljan Aytbayev hisobotida taʼkidlanganidek, har bir mahallaga biriktirilgan banklar va hokim yordamchilari tomonidan tanlab olingan kam daromadli 86 ta xonadonlarga koʻmak berilib, xonadonlarga tomorqadan olayotgan daromadini 50-60 mln soʻmga chiqarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilgan va davom ettirilmoqda.

Amudaryo tumani prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Roʻzmetov kun tartibidagi masala boʻyicha maʼruzasida joriy yilning oʻtgan 4 oyi davomida jami 501 nafar fuqarolar ishga joylashtirilganini, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar davom etayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Ushbu masala yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, 3-sektor rahbari Jamaladdin Yusupov ham hisobot berdi. Hisobotda sektor hududidagi 12 ta mahalalarda aholiga 7 mingta joʻja arzonlashtirilgan narxlarda tarqatilgani, 10 ming 502ta xonadonlardagi 1 ming 786 gektar tomorqa yerlariga toʻliq ekin ekilib, yerlardan samarali foydalanilayotgani qayd etildi.

Amudaryo tumani soliq inspektsiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Jahongir Rahimov oʻz hisobotida hokim yordamchilari va tijorat banklarining hamkorlikdagi faoliyati tufayli aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 99 nafar fuqaroga umumiy qiymati 2,1 mlrd soʻm boʻlgan imtiyozli kreditlar ajratilgani qayd etildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Orazbayev axborot berdi. Axborotda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yakunlari boʻyicha deputatlarga maʼlumotlar berildi.

Sessiyada tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi bosh hisobchisi Abay Sagʻinbayev mahalliy byudjetning 2024-yil 1-chorakdagi ijrosi xususida hisobot berdi. Qayd etilganidek, 1-chorak davomida mahalliy byudjetning daromadlar qismi aniqlangan reja prognozi salkam 13,95 mlrd soʻm qilib belgilangan boʻlib, haqiqatda 14,5 mlrd soʻmga, yaʼni 104,2 foizga bajarilgan. Yilning 1-choragi davomida byudjet hisobidan salkam 57,8 mlrd soʻmlik mablagʻlar sarflangan.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali boshligʻi Sherzod Sultanov hisobot berdi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyul kungi PF-119-sonli farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqini, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi takliflar qoʻllab-quvvatlangan.

Ushbu farmonga koʻra agar fuqaro uy-joydan 2018-yil 1-maygacha boʻlgan davrdan boshlab oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda soʻnggi besh yil uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlanganligi bilan tasdiqlangan boʻlsa yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish uchun asos boʻladi.

Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan 4795 nafar jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarning kadastr hujjatlari yoʻqligi aniqlanib, shundan 3725ta uy-joylarga nisbatan ijobiy xulosalar berilgan. Sessiyada mazkur farmon talablariga javob beradigan va soliq organlaridan qarzdorligi boʻlmagan, belgilangan bir martalik yigʻimni toʻlagan fuqarolarga tegishli boʻlgan yer uchastkalariga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha Kengash qarori qabul qilindi.

Sessiya kun tartibidagi soʻnggi masala yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Ilhom Palvanov hisobot berdi. Ushbu masala boʻyicha qabul qilingan Kengash qarori bilan yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida tumanning turli hududlaridagi umumiy maydoni 22,3 gektar boʻlgan ekin maydonlarini e-auksion elektron savdo platformasiga chiqarishga ruxsat berildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, faol muhokamalardan keyin barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026