"Daryo toşqin, suvlar tölqin..." Ijod esa qaynoq. Yohud Tölqinda ijodkorlar va öquvçilar uçraşuvi qanday ötdi?
Şeʼriyat – köngil torlarini çertguvçi sehrli tilsim. Şeʼr – marjon göyo, unga tuyğular şoda. Umrida şeʼr öqimagan, tinglamagan, yoşlikdagi ilk muhabbatdan taʼsirlanib qatorlar bitmagan kimsa bölmasa kerak dunyoda. Sababi, inson yaralar ekan, u bilgan va tanigan ilk şeʼr ona allasi bölib qalbiga joylanadi.
Ona yurtimizda barça sohalar singari badiiy ijodga va kitobxonlikka ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Muntazam ravişda hududlardagi ziyo maskanlarida yaʼni taʼlim dargohlarida ötkazilib kelinayotgan kitobxonlik keçalari, muşoiralar va isteʼdodli şoir va yozuvçilar bilan birga ötkazilayotgan turli xil tadbirlar sözimiz isbotidir. Albatta bunday tadbirlar öquvçilarning nafaqat maʼnaviy olamini boyitadi, balki, ularning orasidan ham qalami ötkir ijodkorlar adabiyotga, kitoblar olamiga kirib kelişiga turtki böladi. Yangi yangi isteʼdodlarni kaşf etadi.
Yaqinda amunews.uz veb sayti tahririyati mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşga hissa qöşiş maqsadida "Jahun ilhomlari" NNT bilan hamkorlikda tumanimizning Tölqin ovulida joylaşgan 33-sonli maktabda ijodkorlar, şoir va yozuvçilarning hudud aholisi bilan uçraşuvini taşkil qildi.
Tadbir amunews.uz sayti tahririyatining "Soğlom muhit – soğlom hayot" nomli grant loyihasi doirasida ötkazildi. Uçraşuvda amunews.uz veb sayti muxbiri, loyiha koordinatori Mahmud Şomurodov, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, tumanimizning közga köringan şoirasi Zulfiya Olloyorova, şoir Şomurod Xöjanov, 33-sonli maktab öquvçilari va hudud aholisi iştirok etdi.
Uçraşuvda ijodkorlar özlarining Vatan, yoşlik, muhabbat va yana qator mavzulardagi ijod namunalarini tadbir mehmonlariga öqib berdilar.
Şuningdek, iştirokçilar "Jayhun ilhomlari" NNT kutubxonasidan örin olgan, yangi naşrdagi kitoblar körgazmasi bilan tanişdilar. Uçraşuv haqiqiy şeʼrxonlik keçasiga aylanib ketdi. Tadbir öquvçilarning ijod, adabiyot haqidagi savol-javoblari, bahs munozaralari bilan davom etdi.
Uçraşuv öquvçilarda va tadbir iştirokçilarida öçmas taassurot qoldirdi.
Aziza MADRAHIMOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶