Ğöza qator oralariga işlov beriş böyiça körgazmali seminar ötkazildi
18-aprel kuni Amudaryo tumanining Dörman ovulidagi “Pirnazarov Töraboy” fermer xöjaligi dalasida ğöza qator oralariga işlov beriş hamda ğöza tarbiyasidagi boşqa agrotexnik tadbirlar böyiça körgazmali seminar ötkazildi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Republikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov, Jöqorği Kenges qömitasi masʼul xodimi Anvar Jumanazarov, tuman hokimi Sobir Xöjametov, qişloq xöjaligi sohasi masʼullari va fermerlar iştirok etişdi.
Iştirokçilar dastlab fermer xöjaligi dalasida ğöza qator oralariga dastlabki işlov beriş jarayoni bilan yaqindan tanişdilar. Qayd etilganidek, ğöza qator oralariga işlov beriş jarayoni tuproqning mexanik va biologik xususiyatlarini yaxşilaydi. Tuproqning yumşatilişi, tuproqda mikroorganizmlarning faoliyatini yaxşilaydi, bu esa tuproqning oziq moddalari bilan boyişiga yordam beradi.
Seminarda sözga çiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, ğöza tarbiyasida qator oralariga işlov beriş va kultivatsiya, yaganalaş jarayonlari öta muhim tadbirlar sirasiga kiradi. Qator oralariga dastlabki işlov beriş, yaʼni ğöza qatorlari orasini haydaş yoki yumşatiş, tuproqning havo va suv ötkaziş xususiyatlarini yaxşilaydi, bu esa ösimlik ildizlarining nafas olişini va oziqlanişini yaxşilaydi.
Kultivatsiya ğöza qatorlari atrofidagi begona ötlarni yöqotiş orqali ğözaga köproq yoruğlik va oziq moddalar yetib borişiga ham yordam beradi. Yaganalaş esa ğözaning har bir metrga töğri keladigan nihollari sonini optimallaştiriş orqali ğöza ösimliklarining bir-biriga teng şaroitda ösişini taʼminlaydi. Bu işlovlarning barçasi ğöza dalalarining umumiy holatini yaxşilaşga va hosildorlikni oşirişga xizmat qiladi.
Aytiş joizki, joriy yilda Amudaryo tumani böyiça jami 13900 gektar maydonga çigit ekilgan. Ayni kunlarda çigitlar niş urib, unib çiqmoqda va dalalardan tekis nihol olinmoqda.
Seminarda sözga çiqqan masʼullar va mutaxassislar ğöza qator oralariga dastlabki işlov beriş paxta yetiştirişning muhim bosqiçlaridan biri hisoblanişini alohida qayd etişdi.
Bu jarayon ösimliklarning töğri va soğlom ösişi uçun zarur bölgan şaroitlarni yaratişga yordam beradi. Şuningdek, bu işlov begona ötlarning ösişini çeklaydi va tuproqning qatqaloq qavatini yöqotişga yordam beradi, natijada ösimliklar ösişi va rivojlanişi uçun qulay muhit vujudga keladi. Uşbu jarayonda tuproqning fizik va biologik xususiyatlari yaxşilanadi, bu esa ösimliklarning suv va oziq moddalardan samarali foydalanişiga imkon beradi. Işlov beriş jarayonidan keyin tuproqning yuqori qavati yumşab, ösimlik ildizlarining kengayişi va çuqurroqqa ösişiga imkon yaratiladi.
Ğöza qator oralariga işlov beriş ösimliklarning kasalliklarga çaliniş xavfini ham kamaytiradi va ildiz çiriş kasalliklarining oldini olişda muhim omil sanaladi.
Masʼullar uşbu agrotexnik jarayonni sifatli amalga oşiriş orqali suvdan samarali foydalanişga ham zamin yaratiş lozimligini alohida qayd etdilar. Zero, tuproqning yumşatilişi suvning tuproqqa kirib borişini va undan teng tarqalişini taʼminlaydi, bu esa suvning bekorga sarflanişining oldini oladi. Bundan taşqari, tuproqning yumşatilişi suvning buğlanib ketişini kamaytiradi, bu esa suv resurslarini tejaşga yordam beradi.
Seminarda qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari ayni kunlarda ğöza tarbiyasida dolzarb hisoblanadigan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş böyiça tavsiyalar berib, iştirokçilarning savollariga batafsil javoblar qaytardi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶