Dala öquv seminarida Xitoydan keltirilgan yangi navdagi çigit böyiça maʼlumotlar berildi
Maʼlumki, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan keyingi yillarda qişloq xöjaligida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, paxtaçilik sohasida mutlaqo yangi tizim yaratilib, çigit ekişdan tortib, uni parvariş qiliş, hosilni yiğib oliş va qayta işlaşgaça bölgan barça jarayolarga bozor tamoyillari joriy qilindi. Natijada fermer yerdan möl hosil olib, daromadini yanada oşirişga, klaster esa yetiştirilgan hosilni qayta işlab, qöşimça qiymat yaratişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Paxtaning hosildorligi va undan olinadigan mahsulotlarning sifati asosan uruğlik çigitning naviga boğliq. Çigit yuqori sifatli, oliy navli, tuproq va iqlim şaroitlariga mos, soğlom, kasallik hamda zararkunandalarga çidamli bölişi lozim.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Xitoydan olib kelingan çigitni yurtimiz dalalariga ekiş taşabbusi ham aynan şu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qoraqalpoğistonda tajriba-sinov tariqasida yerga qadalayotgan mazkur yangi navdagi çigitning parvarişi böyiça xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilğor va zamonaviy qişloq xöjaligi agrotexnologiyalari işlab çiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda.
Şu mavzuda Amudaryo tumanida ötkazilgan navbatdagi dala öquv seminarida tuman hokimi Sobir Xöjametov, qişloq xöjaligi sohasi masʼullari, fermerlar iştirok etişdi. Respublikadagi yetakçi ilmiy idoralar va xorijdan taşrif buyurgan mutaxassislar Xitoydan keltirilgan yangi navning ahamiyati, uni ekiş va parvarişlaşda eʼtiborga oliş lozim bölgan jihatlarga töxtalib ötdilar.
Mutaxassislar yangi çigit navining tuproq va iqlim şaroitimizga moslaşib, yuqori hosil berişi uçun ekiş jarayonida öziga xos jihatlarga eʼtibor qaratiş, vegetatsiya davrida alohida nazoratga oliş va hosil yetilganidan keyin uning aprobatsiyasini töğri va öz muddatida ötkaziş borasida öz takliflarini berib ötdi. Uşbu tavsiya va körsatmalarga amal qilinsa, hosildorlik bir neça baravar yuqori bölişi taʼkidlandi.
Eng asosiysi, uşbu amaliy işlar, qişloq xöjaligida qilinayotgan har bir islohot dehqon va fermerning, qişloq ahlining hayot tarzini va iqtisodini yanada yaxşilaş, xalq farovonligini oşirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Darhaqiqat, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşda qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil oliş katta ahamiyat kasb etadi. Yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining hajmi oşişi esa oziq-ovqat xavfsizligiga erişişda hal qiluvçi omildir.
Mamlakatimiz agrar sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan soha mutasaddilari oldiga qöyilayotgan vazifalardan kutilayotgan natija ham ana şu yuksak maqsadlarni röyobga çiqarişga qaratilgandir.
Ötkazilgan dala öquv seminarida Toşkent şahridagi yetakçi ilmiy idoralar va xorijdan taşrif buyurgan mutaxassislar amudaryolik fermerlarga Xitoy xalq respublikasidan keltirilgan yangi navdagi çigitni ekiş, çigit unib çiqqanidan keyin dastlabki işlov beriş, qator oralarini yumşatiş, vegetatsiya davrida suvga bölgan ehtiyojini taʼminlaş, zararkunanda xaşarotlarga qarşi işlov beriş, hosil töplaş jarayonida agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş, defoliatsiya va yiğib-terib oliş jarayonida eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar va iştirokçilarning savollariga ilmiy asoslangan javoblar qaytardilar.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶