“EZGULIK – ŞIORIMIZ, MAʼRIFAT – QUROLIMIZ” ŞIORI OSTIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR BÖLIB ÖTDI
Maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini yanada oşiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlari böylab 13-20-mart kunlari mobaynida “Ezgulik – şiorimiz, maʼrifat – qurolimiz” şiori ostida joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etilmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumani 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida bölib ötdi.
Tarğibot tadbirida tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomurodov, Jöqorği Kenges deputati Sanobar Xöjamurodova, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi boşliği Islom Matkarimov hamda tumandagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari iştirok etdilar.
Tadbir iştirokçilari dastlab musiqa maktabi öquvçilarining ijod mahsullaridan taşkil etilgan körgazma bilan tanişdilar. Ular öquvçilar tomonidan did bilan tayyorlangan ijod namunalarini katta qiziqiş bilan tomoşa qilib, har biriga yuqori baho berdilar.
Tadbirga taşrif buyurgan masʼullar yurtimiz böylab 13-20-mart kunlari mobaynida “Ezgulik – şiorimiz, maʼrifat – qurolimiz” şiori ostida joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilayotgani, jumladan, tumanimizda ham faol xotin-qizlar, ibratli oila bekalari, fan, taʼlim, madaniyat kabi yönalişlarda muvaffaqiyatga erişgan yoşlarni jalb etgan holda taşkil etiş lozimligini taʼkidlaşdi.
Mazkur tadbirlarda yurtimiz ayollariga hurmat-ehtirom körsatiş, ularning jamiyatdagi örnini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratiş kerakligi aytilib, Ramazon oyi va Navröz bayrami şarofati bilan ehtiyojmand oilalar holidan xabar oliş, umuman, xalqimiz va yoşlarimiz ong-u şuurida vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyğularini yanada kamol toptiriş kabi ezgu işlarni amalga oşiriş lozimligi töğrisida söz bordi.
Taʼkidlab ötilganidek, mamlakatimizda xotin-qizlarimiz uçun ham munosib şaroitlarni yaratib beriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining muhim yönalişiga aylangan. Davlatimiz rahbari ham joriy yil 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida bunga alohida eʼtibor qaratdi. Barça ayollarga murojaat qilib, maʼnaviy tarbiya işlarini endi mutlaqo yangiça usulda olib boriş, “Ezgulik – şiorimiz, maʼrifat – qurolimiz” degan ğoya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boşlaş borasida vazifalar belgilab berildi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar şu xususda söz yuritib, mamlakatimizda xotin-qizlarimiz uçun ham munosib şaroitlarni yaratib beriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining muhim yönalişiga aylanganini eʼtirof etişdi. Ayol-qizlarimizning öqib, oliy maʼlumotli bölişi, kasb-hunar egallaşi oila baxti, farzandlar kamoli uçun, şu asosda butun jamiyat ravnaqi uçun xizmat qilişini taʼkidlaşdi.
Şuningdek, muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpoğiston Respublikasini har tomonlama rivojlantiriş maqsadida ilgari surgan islohotlari, Farmon va Qarorlari mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar xususida ham sözlab, ularning bugungi kundagi samarasini tilga olib ötişdi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda kontsert dasturlari ham namoyiş etilib, samimiy suhbatlarga hamohang tarzda “Ezgulik – şiorimiz, maʼrifat – qurolimiz” degan ğoyaga alohida urğu berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶