16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 18:51
Jamiyat 👁 2,239

OBOD YuRTNING BAXTIYoR QIZLARI

OBOD YuRTNING BAXTIYoR QIZLARI

Har gal kollejimizning aʼlochi, isteʼdodli, oʻzining izlanuvchanligi bilan, qobiliyati va oʻtkir zehni ila nafaqat kollejimizning, balki, tumanimizning ravnaqiga hissa qoʻshayotgan intiluvchan yoshlari haqida oʻylaganimda bir qiz yodimga tushadi.

U hozirda Mangʻit iqtisodiyot kollejining 2-bosqich oʻquvchisi Dilbar Oʻrinboyevadir.

Har gal mana shu qiz bilan suhbatlashgan paytimda uning yonib turgan koʻzlariga qarab, uning koʻnglidagi masrurlikni, yoshlarga xos zavqu-shavqni kuzatganman. Bolaligidan sportga, shaxmatga mehr qoʻyib oʻsgan Dilbarxon Oʻrinboyeva hozirda mana shu sohada koʻplab yutuqlarga erishib kelmoqda.

U 2012-yilda "Umid nihollari” sport musobaqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida esa 4-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2013-yilda "Kamolot shaxmat taxtasi” musobaqasida Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va mana shu musobaqaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida jamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni egallashga muyassar boʻldi. "Kamolot shaxmat taxtasi-2014” musobaqasida ham faollik koʻrsatib, 2-oʻringa loyiq deb topildi. Tumanimizda mahallalararo oʻtkazilgan shaxmat musobaqasida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritib oʻzi yashaydigan "Doʻstlik” mahallasining shaʼnini munosib himoya qildi.

Tinib-tinchimas, hayotdan zavq olib yashaydigan bu tengdoshimizning kelajakdagi orzulari bisyor.

– Kelajakdagi orzuim jahon olimpiadalarida qatnashish, Oʻzbekistonda sportning ravnaqiga hissa qoʻshish, - deydi u.

Soʻngi yillarda qizlar sportiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, bu ham Oʻzbekistonda ayol-qizlarga boʻlgan eʼtiborning yorqin ifodasi. Dilbar Oʻrinboyevaga oʻxshagan tirishqoq yoshlarimiz berilayotgan mana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanmoqdalar.

"Mehnat insonni ulugʻlaydi” deydi dono halqimiz.

Haqiqatan, halol mehnat qilib, shu yurt, shu xalq dardi bilan yashayotgan inson borki, doimo shu elning ardogʻida yashaydi.

– Mana shunday ulugʻlikka talpinib yashaydigan insonlar oramizda koʻp. Men ulardan ibrat olaman va hayotimni sport bilan bogʻlaganimdan beixtiyor gʻururlanib ketaman, - deydi yana bir sportchi qiz Xolida Yoʻldosheva. Kollejimizning faxriga aylangan tengdoshlarimiz orasida bu qizning ham oʻziga xos oʻrni bor. Xolida Yoʻldosheva sportning eng nafis turi boʻlmish badiiy gimnastika turiga muntazam qatnashib kelmoqda.

– Gimnastika hayotimning bir boʻlagi. Bu sport turi ancha murakkab, ammo qiziqqan inson uchun aslo qiyinchilik tugʻdirmaydi, deydi u.

Gimnastikachi qizlarimizning oʻziga xos jozibali mashqlarini tomosha qilganimizda havaslanib ketamiz. Demak, gimnastika nafaqat salomatlik uchun foydali, balki, qomatimizning koʻrkam boʻlishida ham hissasi katta. Xolidaning gimnastika bilan shugʻullanayotganiga ham mana 7-yil boʻldi.

- Mana shu yetti yil ichida men oʻz-oʻzimni qaytadan kashf etdim, bir qancha yutuqlarga erishdim, - deydi suyunib u. U boshqa qizlarga oʻxshamaydi, uning sergʻayratligidan, nazokatli yurish-turishidan sportchi ekanligi yaqqol sezilib turadi. Ularning oilasi sportchilar oilasidir. Uning onasi Adolat opa gimnastikachi murabbiy, opalari esa shu sport turi boʻyicha oliygohda taʼlim olmoqdalar.

Xolidaxon yosh boʻlishiga qaramasdan bir qancha tanlovlar gʻolibi, hamda koʻplab shogirdlarning suyukli ustozidir.

Kelajakdagi orzularidan biri Ulyana Trofimova, Aziza Mamajonovalarga oʻxshagan mohir sportchi boʻlishdir.

Men Xolidaning orzulari ushalishigaishonaman. Chunki, uning maqsadi aniq, intilishlari kishining havasini keltirgulik.

Aziza MADRAHIMOVA.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026