“HUNARMAND” UYuŞMASINING AMUDARYo TUMANI BÖLIMI TOMONIDAN YoŞLARGA KASB-HUNAR ÖRGATILMOQDA
Juda qadim zamonlarda ham hozirda mamlakatimiz hududida yaşovçi xalqlar orasida hunarmandçilik yaxşi rivojlangan. Ayniqsa, özbek milliy hunarmandçiligi mahsulotlari – qölda töqilgan gilam, rang-barang gullar bilan bezatilgan çoyşab va soçiqlar, yostiq va körpa jildlari, sözana va palaklar qardoş xalqlarni öziga jalb etib kelgan. Xalq hunarmandçiligining nodir namunalari asrlar oşa betakror jozibasi bilan dunyo miqyosidagi körgazmalar va tarixiy muzeylar zallarini bezab, millionlab insonlarga hayrat bağişlagani, ayni paytda, yuksak darajada taraqqiy etgan texnika asrida ham qadr-qimmatini yöqotmagani xalq hunarmandçiligi mahsulotlarining har bir inson qalbiga yaqinligidan.
Bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasida hunarmandçilik bilan şuğullanayotgan “Hunarmand” uyuşmasining aʼzolari soni 4 316 nafarni taşkil etadi. Şundan usta-hunarmandlar soni 1 035 nafar, şogirdlar soni esa 3 281 nafarni taşkil etadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida Hunarmandçilikning 43ta yönalişidan 29ta yönalişi mavjud bölib, şulardan bugungi kunda hududimizda gul bosilgan gazlamalar va çokli buyumlar, metallardan buyumlar yasaş, yoğoçdan tayyorlangan xalq hunarmandçiligi mahsulotlarini tayyorlaş, milliy liboslar tayyorlaş, mualliflik mebellarini tayyorlaş, tunukadan buyumlar tayyorlaş, musiqa asboblarini tayyorlaş, esdalik buyumlarini tayyorlaş, qölda gilam töqiş, kaştaçilik hamda boş kiyimlar tayyorlaş yönalişlari rivojlangan.
“Hunamand” uyuşmasining maqsadi Özbekiston Respublikasi hududida xalq hunarmandçiligi anʼanalari asosida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar faoliyatlarini muvofiqlaştiriş, özaro hamkorlik va erkin raqobat muhitini yaratiş, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişdan iborat.
“Hunarmand” uyuşmasi aʼzolari bölgan usta hunarmandlar tomonidan ustoz-şogird” anʼanalari asosida işsiz xotin-qizlarga va yoşlarga muntazam ravişda turli hunarlari örgatib kelinmoqda.
Joriy yilning 12-fevral kunidan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi taşabbusi bilan, “Hunarmand” uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, “Tadbirkor ayol” xalqaro işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi, Amudaryo tuman hokimligi hamda Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Amudaryo tumani bölimi hamkorligida tumandagi hunar örganiş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş hamda kengaytiriş istagida bölgan xotin-qizlar va yoşlar biznes trening kurslarida kasb-hunarga öqitildi.
Şuningdek, öquv kurslarida hunarmandçilikning quroqçilik, qölda gilam töqiş, oddiy metallardan yasalgan taqinçoqlar, tikuvçilik yönalişlari böyiça biznes rejani işlaş, uni qanday qilib amalga oşiriş böyiça seminar trening ötkazildi.
Amudaryo tumanida hozirgi vaqtda hunarmandçilik subʼektlari soni 141ta bölib, şundan 45 nafari usta-hunarmandlar, 96 nafari esa şogirdlar hisoblanadi.
Endilikda, uşbu öquv kurslarida tahsil olgan xotin-qizlar va yoşlar öz tadbirkorligini yölga qöyiş orqali daromad topişiga hamda tumanda tadbirkorlar sonining oşişiga ham turtki böladi.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶