12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:26
Fan va taʼlim 👁 403

XALQ EʼTIROFI – OLIY MUKOFOT

XALQ EʼTIROFI – OLIY MUKOFOT

Fidoyilik haqida söz ketganida özini ayamay, ötga-çöqqa urib, el-yurt manfaati yölida mehnat qiladigan insonlar köz oldimizga keladi. Qöliga, jismoniy kuç-quvvatiga işonib, hayot oğirliklarini yelkalab, umri tinimsiz mehnat quçoğida ötguvçi bu toifa fidoyi insonlardan farqli ölaroq, öz aql-u zakovati, bilimdonligi va taşabbuskorligi bilan el-u xalqqa, Vatanga manfaat yetkazayotganlar haqida göyo ular har qanday muvaffaqiyatga osongina erişayotgan kabi: “ular öqigan-da, ilmli odamlar yaşaşning yölini yaxşi bilişadi, bizga öxşab jism-u jonini qiynab yurişmaydi”, – deb qöyamiz.

Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Arzigul Xudoyberganova ham özi rahbarlik qilayotgan maktabni  qoloqlik botqoğidan olib çiqqanida uning bilimdonligi, taşabbuskorligi, jamoa bilan işlaşdagi rahbarlik qobiliyati haqida bilganlar:

– Harakatçan, juda fidoyi, rahbarlik qobiliyati kuçli, – deya tan berişdi. Bilmaganlar esa şunçaki: “öqigan-da, işning közini biladi”, – deb qöyaqolişdi.

Lekin maktabning tumandagi taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan muassasalar qatoridan joy olişi uçun rahbar sifatida qançalik mehnat qilganini Arzigulning özi biladi.

Heç esidan çiqmaydi: 2013-yilda yangidan taşkil topgan 56-sonli maktabda öquv işlari böyiça direktor örinbosari sifatida iş boşlagan kezlari edi. Soha böyiça biron majlis yoki tadbirga borib qolsa, taniş-bilişlari:

– Arzigul, siz “Xinoli qor”da işlayapsizmi?”, – deyişardi. U “nega bunday deysiz?” – deya olmasdi.

Çunki bilardi, maktabning butun turiş-turmuşi turk seriallaridan biridagi “Xinoli qor” qişloq maktabiga qiyoslagudek darajada şaroiti oğir, sinfxonalari qişda sovuq, yozda issiq bölişidan taşqari, infratuzilmasi jihatidan ham, taʼlim-tarbiya sifati jihatidan ham past darajada edi. Zamonaviy pedtexnologiyalarni qöllaşning umuman imkoni yöq, kompyuter jihozlari bilan jihozlanmaganidan köngildagiday dars ötişning ham imkoni bölmagan öşa yillari. Taʼlim sifati ham şunga yaraşa bölib, maktab tumanda eng past örinda turardi.

Xalqimiz bekorga “ahillik bor joyda fayz-baraka bor”, degan hikmatni yaratmagan. Maktab pedagogika jamoasi örtasidagi ahillik, maʼnaviy soğlom muhit tufayli barça fan öqituvçilari qaçondir yaxşi şaroit yaratilişini kutib ötirmay, hamjihatlik bilan iş yuritişga intildilar. Imkoniyatlar yetarli bölmagan şaroitda ham köngildagiday işlab, samarali natijalarga erişiş mumkinligini amalda namoyon etdilar. Hatto jamoa örtasida bir-birining yutuqlaridan faxrlaniş tuyğusi şakllandi, hamjihatlik bilan maktabda taʼlim-tarbiya sifatini yaxşilaş sari qadamlar qöyildi. Maktabga yangi rahbar saylaş zarurati tuğilganida ahil jamoa Arzigul Xudoyberganova nomzodini bir ovozdan maʼqulladilar.

Öşanda 2016-yil edi. Soha böyiça tuman miqyosidagi  yiğilişlarda, anʼanaviy avgust Kengaşi anjumanlarida qoloq maktablar tilga olinganida doim nomi “yangrab” turadigan 56-sonli maktabning yangi rahbari Arzigul Xudoyberganovaning nazarida hamma unga “özingni körsat, yo işla, yo ... qölingdan kelmasa işni taşla”, –deyayotganday tuyulardi göyo.

Arzigul işni özi oddiy öqituvçi sifatida 10-yil birga işlaşgan hamkasblarining bilim va salohiyatidan olqilona foydalangan holda taşkil etişdan boşladi. Alohida qobiliyatli, şu bilan birga darslarni past özlaştiruvçi öquvçilar röyxatlarini şakllantirib, ularning qiziqiş va intilişlari asosida fanlar böyiça tögaraklar faoliyatini jonlantirişga, mutaxassis öqituvçilarning bosqiçma-bosqiç malakasini oşirib borişga eʼtibor qaratdi.

Internet tarmoqlari orqali nafaqat tumandagi, balki Özbekiston miqyosidagi ilğor maktablar tajribalarini örgandi. Fanlar böyiça öqituvçilarni bilim va salohiyatiga yaraşa tanlab, joy-joyiga qöyişga intildi. Aynan ana şunday yuksak bilim va salohiyatga ega öqituvçilarni işga qabul qildi. Ötilayotgan darslar samaradorligiga qarab, öqituvçilarni moddiy va maʼnaviy rağbatlantirib boriş çoralarini kördi. Natijada qisqa fursat içida 56-sonli maktab nomi endi asta-asta baland minbarlarda, ilğor maktablar qatorida jaranglay boşladi.

Arzigul Xudoyberganova rahbar bölgaç, ikki yil içida maktab öquvçilaridan 10 nafardan ziyodi Fanlar olimpiadasining tuman, Respublika miqyosidagi ğolib va sovrindorlari safidan joy olişdi. Matematika, fizika, ingliz tili, rus tili, ona tili va adabiyot fanlaridan xalqaro darajadagi va milliy sertifikat egalari bölgan maktab öquvçilari mamlakatimizdagi nufuzli OTMlar talabalari bölib, ustozlarini quvontirişdi, özlari taʼlim olgan maktabga obrö-eʼti

bor keltirişdi.

– Köpçilik nafaqat maktab, balki boşqa taşkilotlar rahbarlariga ham oson, işni buyurib, talab qöyişadi, ijrosini nazorat qilişadi, – deb öylaşadi. Aslida yukning eng zalvorli tomoni rahbarning zimmasiga tuşadi. Buni men özim rahbar bölib yurakdan his etdim, – deydi Arzigul rahbarlik masʼuliyati haqida sözlarkan. – Ayniqsa,  u taʼlim sohasi rahbari bölsa, masʼuliyat yanada ortadi.

Arzigul rahbarlikning zalvorli yukini şunçaki yelkalamadi, balki ayrim hamkasblarining “hali siz “Xinoli qor”da işlaysizmi?” degan ajabtovur, istehzoli qaraşlariga çek qöyiş, maktabni havasga munosib haqiqiy bilimdonlar maskaniga aylantiriş niyatida bor kuç va bilimini işga soldi. Pirovardida bunga erişdi ham. U özining ilk öqituvçilik faoliyatini boşlagan 1997-1998-yillardagi sobiq 1-sonli fizika-matematika litseyida, keyinçalik, 2008-yilgaça, Alloh rahmat qilsin, umr yöldoşi MXX zobiti Murodjon Yunusovning xizmat vazifasi taqozosiga köra, Andijon viloyatining Izboskan tumanida, 2008-yildan to 2013-yilgaça goh Xorazm viloyati, goh Amudaryo tumani maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy işlar va öquv işlari böyiça direktor örinbosari, ingliz tili öqituvçisi vazifalarida işlagan kezlarida orttirgan pedagogik va rahbarlik salohiyati tufayli 56-sonli maktabni Amudaryo tumanidagina emas, Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi maşʼal maktablar safiga olib çiqa oldi. Bungaça u ham ustoz, ham rahbar, oilada esa... farzandlariga ham ona, ham ota sifatida betinim mehnat qilişiga töğri keldi.

Gurlan tumani MXX bölimi boşliği lavozimida, öz xizmat vazifasini ado etiş paytida halok bölgan umr yöldoşi Murodjon Yunusovning oilasi va farzandlari bilan boğliq orzulari röyobi uçun ham u özini ayamadi. 56-sonli maktabda kuçli bilim va salohiyatli öqituvçilar jamoasini şakllantira oldi. 570 nafar öquvçi-yoşlar taʼlim-tarbiya olayotgan muassasadagi 58 nafar pedagoglarning 54 nafari oliy maʼlumotli mutaxassis öqituvçilar. Har qanday oliy maʼlumotli mutaxassisdan qolişmaydigan 4 nafar örta maxsus maʼlumotli öqituvçilarning esa işlaridan nuqson topaolmaysiz.

Pedagog kadrlarning malakasini bosqiçma-bosqiç oşirib borişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, ulardan 5 nafari oliy, 14 nafari birinçi, 13 nafari ikkinçi toifaga, N.Saidova, G.Jöldiboyeva, L.Kenjayevalar S1, H.Qodirova V2 sertifikatlariga ega öqituvçilardir. Informatika fani öqituvçilari M.Boltaboyeva, G.Bekçanovalar Level 1,2 xorijiy, ona tili fani öqituvçisi M.Rajabova esa milliy sertifikat sohibalari bölişdi. Ana şunday bilimdon, tajribali pedagoglar tahsilini olgan öquvçilar orasida xalqaro va milliy sertifikat olgan bilimdon yoşlar safi esa tobora oşib bormoqda.

Maktabda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga qaratilgan eʼtibor tufayli sportning stol tennisi, yengil atletika, şaşka-şaxmat turlari böyiça tögaraklar şuğullanuvçilari turli musobaqalarning tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarining doimiy ğoliblaridir.

Bugungi kunda maktabga öz farzandlarini öqişga beriş istagida bölgan ota-onalar safi tobora oşib bormoqda. Bu Arzigul Xudoyberganova rahbarligidagi bilimdon va ahil pedagogik jamoaning fidoyiliklari tufayli 56-sonli maktab zamonaviy qiyofaga va taʼlim-tarbiya sohasida öz uslubiga ega muassasaga aylanganidan.

Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi taşabbusi bilan maktablarda variativ öquv rejasi asosida alohida fanlarni çuqurlaştirib öqitişga asoslangan sinflarning taşkil etilişi yangi muvaffaqiyatlar sari ezgu qadam böldi. Bu borada ham maktab pedagogika jamoasi katta yutuqlarga erişdi. Xususan, 2019-2020 öquv yilining 3-çoragida 10-11-sinflarda ilk dars-maşğulotlari yölga qöyildi. Juda qisqa fursat içida maktabning variativ öquv-rejasi asosidagi texnologiya yönalişi böyiça sinfi öquvçilari fanni özlaştiriş darajasi böyiça 78 foiz natijaga erişdilar. 33 nafar yoşlardan 29 nafari OTM talabalari bölişdi. Mazkur öquv yilida maktabning “Yoş matematiklar” tögaragida taʼlim olgan bitiruvçilarning asosiy qismi – 97 foizi Özbekiston Respublikasi va xorijiy OTMlarga öqişga qabul qilindilar. Bu körsatkiç yil sayin oşib bordi, 2020-2021 öquv yilida umumiy sinflar bitiruvçilaridan 69,7 foizi, texnologiya yönalişi böyiça variativ sinf bitiruvçilarining barçasi – 100 foiz OTM talabaligiga qabul qilindilar. 2021-2022 öquv yilida fanlar olimpiadasining tuman, Respublika bosqiçida öquvçilari erişgan katta yutuqlar evaziga maktabga 180-örinli zamonaviy qöşimça öquv binosi qurib berildi. Maktab atrofi obodonlaştirilib, sölim göşaga aylantirildi. Öquvçilarning yayrab bilim olişlari uçun bugun maktabda barça şart-şaroit, imkoniyatlar yetarli.

– Ötgan 2022-2023 öquv yilida uç nafar öquvçimiz maktabni oltin medal bilan bitirişdi, – faxrlanib sözlaydi Arzigul Xudoyberganova. –Ayni paytda maktabimiz öqituvçilari orasida ham, öquvçi-yoşlar orasida ham turli darajalardagi Xalqaro va milliy sertifikatlar egalari köp. Mana, 2023-2024 öquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida rus tili, ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlaridan uç nafar öquvçimiz 1-örinlarni egallaşdi, ikki nafar öquvçimiz esa V2 Xalqaro darajadagi sertifikat egalari bölişdi. Yutuqlarimiz – ertangi kungi rejalarimiz röyobi uçun yöl oçadi. Ahil va fidoyi jamoamiz bunga qodir.

Nazarimda 56-sonli maktab pedagogika jamoasidagi hamjihatlik, izlanuvçanlik va taşabbuskorlik yuqoridagi kabi muvaffaqiyatlar omili bölmoqda. Kördikki, jamoada işçanlik hokim, heç kim maktab direktorining yoki yuqori taşkilotlarning buyruq va körsatmalarini kutib ötirmaydi, hamma öz işini zimmasidagi masʼuliyatni his qilgan holda, sidqidildan bajaraveradi. Maktab qamrovidagi mahallalarda yaşovçi ota-onalar esa “Xinoli qor”ni tamoman unutişgan, balki faxr bilan:

– Mening farzandlarim Arzigulning maktabida – 56-maktabda öqiydi! – deyişadi.

56-sonli “Arzigulning maktabi”da esa kelajak egalari taʼlim olişadi, barçasi ertangi kuniga işongan, intiluvçan, bilimga çanqoq bolalar! Mustaqil Vatanimizga esa ana şunday intiluvçan bolalar, ularning qiziqişlarini rağbatlantirib turguvçi fidoyi ustozlar kerak! Fidoyilikning mukofoti esa xalq eʼtirofidir.   

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026