Oradan 38-yil ötib mukofotlar öz egasini topdi
Amudaryo tumanidagi 33-sonli umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritib kelayotgan afğon uruşi qatnaşçisi Bahrom Yuldaşevga 1988–1989-yillarda tavsiya etilgan, biroq öz vaqtida topşirilmay qolgan davlat mukofotlari oradan 38-yil ötib tantanali ravişda topşirildi.
Bahrom Abdriyemoviç Yuldaşev 1968-yilda Amudaryo tumanida tuğilgan. 1985-yilda örta maktabni tamomlab, Volgograd davlat pedagogika institutiga öqişga kirgan. Birinçi kursni yakunlagaç, 1986-yil bahorida muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan. Olti oylik maxsus tayyorgarlikdan söng şu yilning noyabr oyida Afğonistonga yuborilgan.
U xizmatni Qunduz şahrida joylaşgan 149-motoöqçi polk tarkibida ötagan. Bir yarim yillik xizmati davomida jangovar operatsiyalarda, hududlarni tozalaş va afğon armiyasiga kömaklaşiş tadbirlarida iştirok etgan. Rus tilini puxta bilgan, qömondonlik buyruqlarini tezkorlik bilan bajargan va xizmatdoşlariga örnak bölgan Bahrom Yuldaşev 1988-yilda davlat mukofotlariga tavsiya etilgan. Bu haqda unga vzvod komandiri, katta praporşçik Menglibayev maʼlum qilgan. Biroq ayrim sabablarga köra mukofotlarni topşiriş keçikib ketgan.
1988-yil may oyida xizmatni yakunlab, vataniga qaytgan Bahrom Yuldaşev oliy taʼlim muassasasidagi öqişini davom ettirgan va 1992-yilda institutni tamomlagan. Şundan buyon u Amudaryo tumanidagi 33-sonli maktabda mehnat qilib kelmoqda; faoliyati davomida direktor örinbosari hamda maktab direktori lavozimlarida işlagan.
Moskva şahrida taşkil etilgan «149-Qunduz» fondi va uning taʼsisçisi Aleksandr Kimning saʼy-harakatlari bilan arxivlardan öz vaqtida topşirilmay qolgan mukofotlar izlab topilib, egalariga yetkazilmoqda. Natijada Bahrom Yuldaşevga tegişli bölgan SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1989-yil 25-iyuldagi Farmoni bilan berilgan «Jangovar xizmatlari uçun» medali hamda Afğoniston Respublikasi Prezidentining 1988-yil 8-avgustdagi Farmoniga muvofiq taqdim etilgan «Jasurligi uçun» medali arxivdan topildi.
Uşbu davlat mukofotlari 28-oktyabr kuni Buxoro şahrida Rossiya Federatsiyasi elçixonasi ruxsati bilan polk komandiri örinbosari, podpolkovnik Komissarov tomonidan Bahrom Yuldaşevga tantanali ravişda topşirildi.
Şu munosabat bilan Amudaryo tumanidagi 33-sonli maktabda ham maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv taşkil etildi. Tadbirda tuman mudofaa işlari bölimi rahbariyati, afğon uruşi qatnaşçilari, harbiy xizmatçilar hamda maktab öquvçilari iştirok etdi. Uçraşuv davomida mudofaa işlari bölimi vakillari va faxriylar öquvçilarga tinçlikning qadriga yetiş, mustaqillikni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş, Vatan çegaralarini himoya qiliş, şuningdek, harbiy sohada taʼlim oliş va harbiy xizmat burçini şaraf bilan ötaş haqida batafsil maʼlumot berdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶