15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 04:25
👁 4,118

Quyushqondan chiqqan “madaniyat” qutqusi

Quyushqondan chiqqan “madaniyat”  qutqusi

(Pamflet)

Paymonasi toʻlgandirki, shayton qiyofasidagi inson zotidan boʻlgan "Shaytonbachcha” laqabli bir arzanda bu yorugʻ dunyodan koʻz yumibdi. Erkatoy bola narigi olam eshigini paypaslab ovora boʻlib yurganida uni bahaybat, jundor maxluqlar Munkar - nakir qarorgohiga bir zumda yetkazib qoʻyishibdi.

–Xoʻsh-sh, keldingmi toychoq? – yuzlanibdi unga Munkar-nakir. – Nasl - nasabing insonlardan boʻlganligi sababli seni bu yerga chaqirtirdim. Otangning maktabida oʻqib, odamlarni yoʻldan ozdirish, yomon ishlarni amalga oshirishga daʼvat etish, buzgʻunchilikni targʻib qilish borasida ancha taʼlim olgan boʻlsang ham mening hisob-kitobimga koʻra sen hali koʻp narsa qilishga, yaʼni, insonlarning boshini aylantirib, ularni yomon yoʻllarga boshlashga ulgurmabsan. Shu sababli ham jannat tomonga oʻtishingga imkoniyating bor. Ammo bir shart qoʻyaman. Shartim shuki, menga yorugʻ olamda sodir boʻlayotgan eng taʼsirli voqealarni bayon qilib yo kuldirasan, yo yigʻlatasan, yo gʻazablantirasan. Endi bu yogʻi oʻzingga havola!

Shundan soʻng "Shaytonbachcha” ishga kirishibdi. Qiziq-qiziq latifalar, ichak uzdi hangomalar aytibdi, yer sharining turli burchaklarida sodir boʻlayotgan tabiiy ofatlar haqida dahshatli ohangda hikoya qilibdi. Bu gaplar Munkar-nakir janoblarini na kuldiribdi, na yigʻlatibdi, na gʻazablantiribdi.

Bundan hayron boʻlgan "Shaytonbachcha” endi masxaraboz qiyofasiga kirib, turli qiliqlar koʻrsatibdi, dunyodagi eng dahshatli yoʻl transport hodisalari, oʻgʻirliklar va urush - janjallar haqida maʼlumotlar beribdi. Bular ham Munkar-nakir janoblariga taʼsir koʻrsata olmabdi.

Ammo Munkar-nakir janoblarining "Shaytonbachcha”ga rahmi kelib, yana bir kunga muhlat beribdi.

–Ertaga ham eplay olmasang, oʻzingdan koʻr! –debdi.

Ertasiga "Shaytonbachcha” belgilangan vaqtda qoʻlida noutbuk bilan Munkar-nakir janoblarining huzurida paydo boʻlibdi.

–Qoʻlingdagi nima? – soʻrabdi Munkar-nakir.

–Hozir koʻrasiz! – debdi Shaytonbachcha magʻrur ohangda.

–Unday boʻlsa, boshla! – buyuribdi Munkar-nakir.

"Shaytonbachcha” noutbukni ishlatib, internetga, "Ommaviy

madaniyat”ni targʻib qiluvchi saytga kiribdi va undan kerakli maʼlumotlarni topib oʻqiy boshlabdi.

... – Ella xonim Bella xonimni oʻz nikohiga olishdan oldin unga toʻydan keyin faqat erkaklar kiyimida yurishi lozimligi haqida shart qoʻygan ekan. Kelin boʻlmish bechora bu shartga rozilik beribdi...

... – Janob Jekson janob Patrikni oʻz nikohiga olgan ekan. Ammo yangi kelin­ – janob Patrik moʻylovidan voz kechmaganligi sababli kuyov- janob Jekson nikohni bekor qilish, yaʼni ajrashish harakatiga tushgan emish...

... – Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra gʻarb davlatlaridan biridagi N. shaharchasida turmushga chiqadigan erkaklar uchun yangi salon ochilibdi. Bu yerda boʻlgʻusi "kelinlar” soqol-moʻylovlarini tartibga keltirishlari va boshqa yasan-tusanlarni ham amalga oshirishlari mumkin ekan...

Shu mahal Munkar-nakir tomondan "gup!” etgan tovush eshitilibdi.

"Shaytonbachcha” gapirishdan toʻxtab, razm solib qarasa, Munkar-nakir janoblari oʻz oʻrinlarida yoʻq emish.

Sal oʻtib "Shaytonbachcha” anglabdiki, keltirilgan soʻnggi maʼlumotlar tufayli Munkar-nakir janoblarining ichlarida nafrat va gʻazab portlagan, shu tufayli u oʻtirgan joyidan uchib ketgan ekan!

Oradan ancha vaqt oʻtsayam, Munkar-nakirdan sado boʻlmabdi. Birozdan soʻng ichkaridan uning kotibasi chiqibdi-da, "Shaytonbachcha”ga bir parcha qogʻoz tutqazibdi. Unda shu soʻzlar yozilgan ekan: "Koʻzimga koʻrinma, endi toʻrt tomoning qibla!”

Azizlar, yuqoridagi satrlarni oʻqib, "iye, bu­–ertak-ku!” deyishingiz aniq. Ammo bu oddiygina choʻpchak emas, ertaksifat haqiqat.

Biz ilohiy dunyo sinoatlariga til tekkizmoqchi emasmiz-u ammo ming afsus va nadomatlar boʻlsinki, insoniyat unib-oʻsayotgan jamiyat yuziga dogʻ, taraqqiyot yoʻliga chaqir tikanak kabi gʻov boʻlib, xuddi bahorgi qoʻziqorinlarday bodrab chiqayotgan "ommaviy madaniyat” ning turli xil koʻrinishlari borki, nazdimizda bunday beparda koʻrinishlar oldida shaytoni-lain ham ip esholmay qoladi.

Xoʻsh, bu koʻrinishlar qanday kuchga ega ekanki, hatto ilohiy farishta – Munkar-nakirda ham insonlarning nojoʻya qilmishlariga nisbatan nafrat uygʻotguday boʻlsa?

Avvalo shuni qayd etish kerakki, "ommaviy madaniyat” namoyondalarining butun dunyo xalqlarini "gʻarblashtirish” siyosatiga tish-tirnoqlari bilan yopishib olib, turli-tuman axborot tarqatish manbalari orqali tinch-osuda mamlakatlarning maʼnaviy hayotiga putur yetkazishga zoʻr berib urinishayotganlari nihoyatda xavfli. Turli xil reklama roliklari, matbuot, kino olami, televideniye va radio orqali dunyo miqyosida olib borilayotgan "ommaviy madaniyat” targʻibotlarining deyarli barcha koʻrinishlari maʼnaviy-axloqiy "tubanliklar teatri” dan iborat. Bu "tubanliklar teatri”ning "tomoshalari” turli xil shakl-shamoyillarda namoyon boʻlmoqda. Chunonchi, hech qanday badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarni buyuklashtirish, har xil qisqa matnli behayo matbaa nashrlari yoki rasmlarni keng yoyish, qoʻshiq niqobidagi alahsirash, valdirashga yaqin didsiz "repp” kontsertlarini tashkil etish, sharmsizlik va hayosizlik hamda zoʻravonlik targʻiboti bugungi davrimizga kelib oddiy holga aylanib qoldi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish joizki, soʻzimiz boshidagi Munkar-nakir bilan "Shaytonbachcha” voqeasi bu toʻqima emas, balki yer yuzidagi eng ongli mavjudot – insonlar tomonidan "ijro” etilayotgan "ommaviy madaniyat”ning behayo "teatri”dan bir koʻrinish, xolos. Vaholanki, bugungi davrga kelib baʼzi gʻarb davlatlarida erkak bilan erkak, ayol bilan ayol oʻrtasidagi nikohlar oddiy hodisalardan biriga aylanib qolganligiga eʼtibor beradigan boʻlsak, biz fikr yuritayotgan "ommaviy madaniyat” tomonidan targʻib etilayotgan maʼnaviy tubanliklar, xudbinona hayot tarzi, behayolik va sharmsizlik, zoʻravonlik illatlari naqadar chuqur ildiz otganini anglash qiyin emas.

"Garchi "madaniyat” deb atalsa-da, –deb yozgan edi taniqli jurnalist Mixli Safarov oʻzining "Ommaviy madaniyat – maʼnaviyat kushandasi” maqolasida, – aslida, tub mazmun-maʼnosiga, maqsad-mohiyatiga koʻra "ommaviy madaniyat” chinakam madaniyatning kushandasidir.” Demak, "ommaviy madaniyat”, aslida madaniyatsizlik, maʼnaviyatsizlik va ahloqsizlikning sinonimidir. Uning maqsadi butun shakl-shamoyili bilan insoniyat ongini zaharlashga, maʼnaviy qiyofasini bulgʻashga qaratilgan bezorilarcha hayot tarzini targʻib qilishdan iborat. Bunga yuzlab, balki minglab yuqoridagi kabi misollarni keltirishimiz mumkin. XXI asrning yuksak texnologik imkoniyatlaridan biri, asosiy axborot manbai – internetda oʻz joniga qasd qilishni targʻib qiluvchi hamda pornografik mazmundagi ming-minglab saytlar borki, bu saytlarga kirayotgan millionlab kishilar erkak bilan erkak, ayol bilan ayol nikohidan tortib, zoʻravonlik va millatchilik ruhidagi, shahvatparastlikni, hayvoniy hirs va intimparastlikni targʻib qiluvchi shaytoniy hayot tarziga xos "ommaviy madaniyat”ning koʻrinmas toʻrlariga ilinib qolayotgani gʻoyat tashvishlidir. Kompyuter texnologiyalari mutaxassislari va siyosatchilarning fikricha "Oʻzbekistondan "Odnoklasniki. ru” saytiga kuniga 200 ming, "Facebook” saytiga 90 ming atrofida, "Moy mir” saytiga 40 ming nafardan ortiq kishi kirayotir”. (Mixli Safarov. "Ommaviy madaniyat – maʼnaviyat kushandasi” maqolasidan).

– Oʻzbekiston yoshlari internetdan foydalansa, buning nimasi yomon? – degan savol tugʻilishi tabiiy.

Lekin ming-ming taassuflar boʻlsinki, internet – yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish bilan birga, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongini zaharlash bobida tengi yoʻq buzgʻunchi manba sifatidagi eng taʼsirli vositaga aylanib qolganligi hech kimga sir emas. Internetdagi buzgʻunchi gʻoyalar bilan toʻldirilgan son-sanoqsiz saytlarda milliylikka raxna soluvchi "gʻarblashtirish” siyosatini hamda vahshiylik, giyohvandlik, fohishabozlikni targʻib qiluvchi dasturlarning berilishi yoshlarimizning milliy qadriyat va madaniyat tushunchasidan yiroqlashuviga xizmat qilishga qaratilgan. Shuning uchun ham Yurtboshimiz: "axborot asrida mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham xavfli” tus olganligini taʼkidlab, mamlakatimiz yoshlarining xolis va haqqoniy axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash, yosh avlod tafakkuri va dunyoqarashida mafkuraviy immunitetning shakllanishiga zarur sharoit yaratishni taʼlim-tarbiya sohasining eng ustuvor masalalaridan biri, zamon talabi va mafkuraviy profilaktika oldidagi eng dolzarb vazifa, deb baholadi. Chunki globallashuv jarayonida yosh va mustaqil davlatimizning strategik kelajagi yoshlar ongida shakllanayotgan goʻzal xulq-atvor, milliy - ruhiy intellektual salohiyatga bogʻliq. Mustabidlik zahridan, kishanlaridan ozod boʻlgan millatning kelajak istiqboli esa globallashuv jarayonining shiddatini, talablarini tushunadigan, bu shiddatli jarayon zarblarini anglay oladigan, millat va xalq taqdirini oʻz taqdiri deb biladigan yoshlarning dunyoqarashida namoyon boʻladi.

Shuni alohida ishonch va gʻurur bilan ayta olamizki, bugungi Oʻzbekiston yoshlari 2011 yilda yuz bergan "arab inqiloblari” yoki "arab bahori”, Tunisdagi davlat toʻntarishlarining zanjirli reaktsiyasi oqibatida Liviya, Misr, Suriya kabi davlatlarda roʻy bergan qonli fojialar "Iroq Shom islom Davlati” terrorchilik tashkiloti tomonidan tinch yashayotgan xalqlar boshiga yogʻdirilayotgan mislsiz kulfatlarning mazmun va mohiyatini yaxshi biladilar. Chunki bizning mamlakatimizda dunyoning boshqa rivojlangan davlatlarida juda kam kuzatiladigan yoshlarning axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadlarini ifoda etuvchi oʻziga xos tizim, milliy qonunchiligimizda esa yoshlarni nosogʻlom axborotlar, yot gʻoyalardan himoyalash mexanizmlari yaratilgan. Prezidentimizning 2005-yil 28-sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq axborotlarni uzatish tarmoqlarida taʼlim va yoshlar boʻyicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona "Ziyo NET” milliy taʼlim tarmogʻiga ulangan. Bundan tashqari , "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi hamda "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlar mamlakatimizda yoshlar orasida odob-axloqni buzish, "ommaviy madaniyat” ning barcha koʻrinishlari – shafqatsizlik, vaxshiylik, zoʻravonlikni targʻib qilib, yosh avlod ongiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etishga tashviqot qiluvchi har qanday holatlarga qarshi keskin zarba berishga xizmat qiladi.

Demak, baralla ayta olamiz: bizning mamlakatimiz yoshlari gʻoyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy jihatdan, bir soʻz bilan aytganda, toʻgʻri tashkil etilgan tarbiyaviy tizim – mafkuraviy profilaktika bilan qamrab olingan. Shu bois, Oʻzbekiston yoshlari milliy strategiyamizning eng toʻgʻri va maqbul yoʻli – Mustaqillik yoʻlidan aslo ogʻishmaydilar.

Bunday deyishga keragidan ortiq asoslarimiz bor. Sababi, Oʻzbekiston yoshlari zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari, jumladan gʻarb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyot va sanʼatining ilgʻor jihatlarini, oʻzga xalqlar tarixi hamda maʼnaviy qadriyatlarini aslo inkor etmaydilar. Balki ularga nisbatan hurmat nazari bilan qarash zarurligini yaxshi biladilar. Shu barobarida "gʻarbning muammosi”ga aylanib ulgurgan "ommaviy madaniyat”ning, quyushqondan chiqib ketgan "madaniyat”ning barcha tuban koʻrinishlari millatimiz uchun tamoman yot, buzgʻunchi gʻoyalar ekanligini ham juda yaxshi anglaydilar. Har qanday xatarli qiziqish va mayllardan xoli goʻzal turmush tarzini qaror toptirishga intilib yashaydilar. Chunki, "ogohlik” tushunchasi bugungi kunda mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning kundalik hayot tarzidan muhim oʻrin olgan. Shuning uchun mamlakatimizda juda qisqa – salkam 24-yil ichida barcha sohalarda yuksak taraqqiyotga erishildi. Butun dunyoda "oʻzbek” degan nom, "oʻzbek modeli”, "oʻzbek yoshlari” degan tushunchalar paydo boʻldi. Bu shunchaki tushuncha emas, balki millatimizga nisbatan havas va hayratlarga qorishgan eʼtirof va eʼtiborga, ehtiromga aylandi. Dunyo sport arenalarida Oʻzbekiston bayrogʻi hilpirab, madhiyasi yangradi. "Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” tamgʻasi bilan oʻzbek avtomobillari dunyo kezib ketdi. Mamlakatimizning eksport salohiyati barqaror oʻsish pallasiga kirdi. Eng quvonarli tomoni shundaki, barcha sohalardagi taraqqiyot zamirida yoshlarimizning juda ulkan va salmoqli hissalari bor. Ijtimoiy - siyosiy jarayonlarda faollik koʻrsatayotgan, oʻz fuqarolik burchini sobitlik bilan ado etayotgan yoshlar orasida diplomatlar, sportning barcha turlari boʻyicha jahon chempionlari, xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari bor. Ular xalqaro miqyosdagi anjumanlar minbarlariga dadil koʻtarilib, mustaqil Oʻzbekiston nomidan soʻzlashga, fikr va ilmiy qarashlarini himoya qilishga qodir. Bunday bilim, kuch va salohiyatga ega Oʻzbekiston yoshlarini oʻzlari tanlagan yoʻldan hech qanday kuch, hech qanday pornografik koʻrinishdagi buzgʻunchi gʻoyalar ogʻdira olmaydi.

Bilib-bilmay "ommaviy madaniyat” ("antikulʼtura” ham deyishadi buni) ning millatimiz turmush tarziga tamoman yot unsurlarini oʻziga "yuqtirib” olgan ayrim loqayd yoshlarni bu bulgʻangan hayotdan oʻz vaqtida qaytarish, ular ongida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida mamlakatimizda, yuqorida taʼkidlaganimizday, barcha qonuniy asoslar yaratilgan. Davlatimizning bagʻrikenglik, kechirimlilik siyosati, asrlar davomida shakllanib, goʻzal takomilga yetgan maʼnaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarga sadoqat tuygʻusi har bir fuqaro, har bitta oila uchun qadrli, aziz.

Bir narsaga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Agar Prezidentimiz Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy yigʻilishidagi nutqiga eʼtibor bergan boʻlsangiz, Yurtboshimiz dunyodagi bugungi siyosiy jarayon haqida tashvish bilan gapirib, shunday degan edilar:

" –... Dunyoda oldin hech sodir boʻlmagan, uchramagan oʻta ogʻir, oʻta murakkab ziddiyat va nizolar, siyosiy qarama-qarshiliklar, jahon miqyosida 2008-yili boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari davom etayotgan, bir soʻz bilan aytganda, noaniqlik va oxirini oldindan aytib boʻlmaydigan voqealar yuz berishining guvohi boʻlmoqdamiz.”

Muhtaram Prezidentimiz alohida urgʻu berib taʼkidlagan "noaniqlik va oxirini oldindan aytib boʻlmaydigan voqealar”ning eng dahshatlisi internetning olovli toʻriga bilib-bilmay yoki koʻr-koʻrona ilinib qolish, "ommaviy madaniyat”ning jirkanch koʻrinishlari bilan zaharlanishdir. Prezidentimiz oʻsib kelayotgan yosh avlodni mafkura maydonining oʻtkir aql, ilm-u maʼrifat bilan qurollangan yuksak maʼnaviyatli kurashchilari sifatida tarbiyalash masalasiga hamisha juda katta eʼtibor bilan qarab, Oʻzbekiston yoshlarining bugungi kuch va salohiyatiga xamisha yuqori baho beradilar, Yurtboshimizning bu eʼtibori, albatta bejizga emas.

" – Men chet ellik siyosiy arboblar, katta ishbilarmonlar bilan uchrashganimda, – dedi Yurtboshimiz Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining birinchi tashkiliy yigʻilishidagi nutqida, – ulardan bizning farzandlarimiz haqida havas bilan: "Yoshlaringizning koʻzi yonib turadi”, degan fikrni koʻp eshitaman. Haqiqatan ham hayotda Vatani, xalqi uchun kurashga bel bogʻlagan, sofdil, irodasi mustahkam yoshlarning koʻzlari yonib turadi”.

Bu – Oʻzbekiston yoshlariga Prezidentning yuksak ishonchi, chet ellik siyosiy arboblarning havas va eʼtirofi! Zero, insonnig qalbi toza boʻlsa, ana shu toza qalbning oʻzgacha tafti boʻladi. Bu taft insonning yuziga chiroy, koʻziga nur baxsh etadi. Chehrasi nurli, oʻta issiq, koʻzlari chaqnab turgan insonning yuragida ona Vatanga mehr-muhabbat tuygʻusi, yashash, yaratish ishqi hamisha mangudir.

Dunyoda "yoshlar mamlakati” degan nom bilan taraqqiyotning oʻziga xos "oʻzbek modeli” asosida tobora ravnaq topayotgan Oʻzbekiston davlati yoshlari hech qachon "ommaviy madaniyat” nomoyondalari koʻrinishidagi bir hovuch safsatabozlarning oxiri puch tashviqotlariga ergashmaydilar. Chunki Oʻzbekiston yoshlari oʻz tub zaminini yaxshi biladilar. Bu – buyuk va oʻlmas maʼnaviy xotiralar, mangu qadriyatlar, yoqimli urf-odat va anʼanalar, oʻzlikni anglash gʻururi! Bu gʻurur aslo sinmasdir, aslo oʻchmasdir. Zero, millatimiz gʻururi – asrlar osha egilmagan qadlarda, sinmagan qatʼiyatlarda, hech qachon bukilmagan tizlarda, oriyati baland koʻkraklarda, millatning kelajagi boʻlgan yoshlarning hamisha yonib turuvchi koʻzlarida yashaydi, yashayveradi. Bunday GʻURURni bugungi mafkura maydonining chirkin, jirkanch unsurlari toptab oʻtishga aslo qodir emas!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

amunews.uz gazetasi muxbirlari.

(Foto-http://novza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019