12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:51
Salomatlik 👁 647

AMUDARYo TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI – HAQIQIY MAʼNAVIYaT TARĞIBOTÇISI

AMUDARYo TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI – HAQIQIY MAʼNAVIYaT TARĞIBOTÇISI

Kitob – maʼnaviyat sarçaşmasi, Kitob – zulmatlarni yoritguvçi nur, muzlagan qalblarni öz otaş tafti ila isitib, soğlom hayot baxş etguvçi qudratli kuç. U – adaşganga yölçi, miskin köngillarga suyanç, hayot sirlarini oçguvçi oltin kalit. Şuning uçun ham ahli donişlar öz umrlarini kitobdan olgan ilm-u zakovatlari ila çaroğon qilib, yuksak ibrat va namuna maktabi darajasiga aylantirganlar. Şuning uçun ham Prezidentimiz kitob mutolaasini, ayniqsa, yoşlar kitobxonligini yoşlarga oid davlat siyosati darajasiga olib çiqdilar. “Eng kitobxon oila”, “Kitobxon yoşlar”, “Farzandimga kitob sovğa qilaman”, “Eng yaxşi sovğa - kitob” kabi körik-tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan közlangan maqsad ham yoşlar kitobxonligini rivojlantiriş, ular ongida maʼnaviy immunitetni şakllantiriş, oilalarda barqaror milliy-maʼnaviy hayot tarzini mustahkamlaşdan iboratdir.

Mamlakatimiz böylab amalga oşirilayotgan bu kabi tadbirlarning yoşlar hayotida tutgan örni qanday? Joylardagi Axborot-kutubxona markazlarida kitobxonlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar qoniqarlimi? Bugungi yoşlar asosan qanday kitoblarni öqişayotir? Şu kabi savollarga javob topiş maqsadida www.amunews.uz veb-saytining Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi iş rejasiga köra, Amudaryo tuman  Axborot-kutubxona markazida bölib markaz faoliyati bilan yaqindan tanişdik.

Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini körsatişni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida 2019-yilda Amudaryo tumanida ham Axborot kutubxona markazi faoliyati yölga qöyildi. Tuman Madaniyat bölimi binosida joylaşgan kutubxonaning öz binosi yöq edi. Amudaryo tumani hokimining 2022-yil 16-dekabr kungi qarori asosida Manğit şahrining Oybek nomli mahallasi hududida yangi, zamonaviy bino barpo etilib, Axborot-kutubxona markazi mazkur hududga köçirildi. Yangi bino, avvalo keng va yoruğligi, guzar yölga yaqin hududda joylaşganligi, mavjud şart-şaroitlari bilan barça yoş toifadagi  kitobxonlar uçun qulaylik yaratdi va Axborot-kutubxona markazi aʼzolari safi oşişini taʼminladi.

Axborot-kutubxona markazi uçun faqat 2023-yil davomida 5 026 ming sömlik gazeta va jurnallar, 1 920 ming sömlik adabiy-badiiy, siyosiy-iqtisodiy mazmundagi va bolalar adabiyotlari sotib olindi.

Şuningdek, A.Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 425 nusxada turkiy xalqlar va jahon adabiyotining durdona asarlari jam bölgan kitoblar sovğa sifatida taqdim etildi.

Şunisi eʼtiborliki, markaz xodimlari tomonidan har hafta davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali imkoniyati çeklanganlar uçun audio kitoblar taqdim etilmoqda.

Şuningdek, “Milliy öqiş haftaligi”, “Yöl-yölakkay kitob öqiymiz”, “Mehr kutubxonasi” loyihalari doirasida ijtimoiy tarmoqlarda lavhalar berib borilmoqda. 2024-yilning yanvar oyidan şu kunga qadar “Amudaryo tumani xorijiy adabiyotlar kutubxonasi” nomli 138 sahifa, “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida 20 ta, imkoniyati çeklangan foydalanuvçilar uçun 20ta audiokitoblar ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirildi.

Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholiga körsatilayotgan axborot-kommunikatsiya va raqamlaştiriş xizmati sifati ham yaxşilanayotgani va bu xizmat turidan foydalanuvçilar safining oşib borayotgani ham quvonarli. Xususan, Axborot-kutubxona markazining öz telegram kanali oçilganidan beri kanalga pdf formatida 2540ta, apk formatida 4ta, audio formatida 1141ta maʼlumotlar joylaştirildi. Kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan 420ta videorolik, 3761ta suratlar, onlayn mutolaa uçun 3401ta havola, 35ta onlayn gazeta, 24ta maqola va maʼlumotlar, 30 ta muhim sanalarga oid maʼlumotlar joylaştirildi. Ayni paytda axborot-kutubxonaning telegram kanali aʼzolari safi bir neça ming nafardan ziyod.

Yoşlar örtasidagi kitobxonlik muhitini yaxşilaş, ularni adabiyot olamiga keng jalb etiş maqsadida turli sanalar munosabati bilan ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga eng çekka qişloqlardagi yoşlar ham qamrab olinmoqda. Bunda “Köçma kutubxona”, “Kitoblar karvoni”, “Kitob sayli” tadbirlari, “Kitobsevar millat” şiori ostida ötkazilayotgan kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan davra suhbatlari, taniqli şoir va yozuvçilar bilan uçraşuvlar qizğin bahs-munozaralarga yorqin taassurotlarga boy tarzda ötkazilayotgani Axborot-kutubxona markazi aʼzolarining safi yanada oşişini taʼminlamoqda.

Ayniqsa, “Tanişing, yangi adabiyotlar” kitoblar körgazmasi, jajji bolajonlar iştirokidagi, “Maqolni davom ettiring”, “Men topişmoq bilaman”, “Men yaxşi çizaman” mavzularidagi zakovatni çarxlovçi intellektual öyinlar, A.Navoiy, Bobur, Berdaq, Ajiniyoz, Zulfiya, A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf, Ibroyim Yusupov kabi adabiyotimizning buyuk namoyandalari tavallud kunlari munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlarda tumandagi umumtaʼlim maktablarining kitobsevar yoşlari nihoyatda  faollik bilan iştirok etişadi. Ular nafaqat mazkur tadbirlar iştirokçilari, balki Axborot-kutubxona markazining doimiy aʼzolaridirlar. Ayniqsa, tumandagi 3-sonli, 76-, 47-, 84-, 55-, 40-, 82-sonli maktablarning kitobxon-yoşlari, şuningdek “Isteʼdodli bolajon” nomli maktabgaça taʼlim taşkilotining 5-6 yoşli bolajonlari Axborot-kutubxona markazining eng faol va doimiy aʼzolaridirlar.

Kezi kelganida yana şuni ham alohida qayd etişni istardikki, kitobxon aʼzolari tobora oşib borayotgan mazkur markaz xodimlarini ham, kitobxonlarni ham bir muammo qiynab keladi: bu – kompyuter texnologiyalarining yetişmasligi masalasidir. Uşbu kamçilik sabab, markaz öz mijozlariga zamonaviy talablar darajasida xizmat körsatiş imkoniyati kam. Bu Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlaştiriş xizmati körsatişda jiddiy qiyinçilik tuğdiradi. Markaz xodimlari ham, kitobxonlar ham bibliografik tizimga kiriş, zarur adabiyotlarni izlaşda ança ovora bölişlariga töğri keladi. Natijada vaqt behuda sarflanadi. Bu ayniqsa, audio va elektron kitoblarni izlaşda yaqqol seziladi.

Bugungi kitobxon yoşlar zamon talablari darajasidagi xizmatlardan foydalanişni va şu orqali va şu orqali vaqtdan yutişni istaşadi. Markazda kompyuter texnologiyalarinnig yetişmasligi ularning ana şu istak-xohişlarini amalga oşiriş yölidagi tösiqdir. Istardikki, Amudaryo tumanining kitobsevar xalqi, ayniqsa, yoşlar uçun yuksak maʼnaviy muhit yaratişga hissa qöşişga qodir bölgan Axborot-kutubxona markazidagi uşbu oddiygina kamçilikka masʼullar tomonidan alohida eʼtibor qaratiladi va albatta kitobxonlar uçun zamonaviy AKT majmuasi yetkazib beriladi. Biz şunga qattiq işonamiz. Çunki Amudaryo tumanining haqiqiy maʼnaviyat tarğibotçisi bölgan Axborot-kutubxona markazi aʼzolari – kitobsevar xalqimizning istak-xohişi ham şudir!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026