AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Amudaryo tumanida umumiy örta taʼlim maktablarining 7-8-sinf öquvçilari örtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqiçi bölib ötdi.
27-yanvar kuni 76-sonli umumiy örta taʼlim maktabi binosida bölib ötgan mazkur olimpiadaga tumanimizdagi 85 ta umumiy örta taʼlim maktablarining jami 300 nafarga yaqin 7-8-sinf öquvçilari qatnaşdilar.
Olimpiadaning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligidan Fan olimpiadasi böyiça Iqtidorli bolalar bilan işlaş sektor boşliği Zohida Usenova, Fan olimpiadasi böyiça Iqtidorli bolalar bilan işlaş sektor metodisti Fazilat Zarifova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şomurodov, Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibragim Rajabov, metodistlar Habibulla Davletyarov, Rayhon Yakubova hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar, hakamlar iştirok etdilar.
Oçiliş marosimida Zohida Usenova Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berib ötdi. Şuningdek, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğaşboy Şomurodov olimpiadani ötkaziş tartib-qoidalarini tuşuntirdi.
Taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini joriy qiliş va xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş töğrisida”gi 562-sonli qarorida umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasida mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarini taşkil etiş, öquvçilarning xalqaro olimpiadalardagi iştirokini taʼminlaş belgilangan. Qarorda keltirilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş va öquvçilarni quyi sinflardan boşlab, fan olimpiadalariga tayyorlab boriş maqsadida 7-8-sinf öquvçilari örtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasini ötkaziş yölga qöyilgan.
Şundan söng, auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar iştirokida belgilangan xonalarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktab va maktabgaça taʼlim boşqarmasi tomonidan taqdim qilingan topşiriqlarni beriş jarayoni boşlandi. Olimpiadada öz bilimini sinovdan ötkaziş maqsadida taşrif buyurgan öquvçilarga matematika fanidan 36 ta savoldan iborat bölgan, şuningdek, tabiiy fanlardan kimyo, biologiya, fizika fanlaridan har biridan 12 tadan 36 savoldan iborat bölgan topşiriq va javoblar varaqasi topşirildi.
Olimpiada topşiriqlarini yeçiş uçun iştirokçilarga nizom talabi böyiça 2 soat vaqt berildi. Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan iştirokçilar javob varaqalari raqamlaştirilgan holda hakamlarga taqdim qilindi.
Natijalarga köra matematika yönalişidan 22-, 40-, 56-, 31-sonli maktab öquvçilari, tabiiy fanlar yönalişidan 39-, 16-, 40-, 11-sonli maktab öquvçilari sovrinli örinlarni egallab, Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanma oldilar.
Sovrinli örinlarni egallagan öquvçilar tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan tayyorlangan diplom bilan taqdirlandilar.
Bu kabi olimpiadalar öquvçilar orasidan matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari böyiça bilimli, uşbu fanga qiziquvçi, intiluvçan va ijodkor yoşlarni aniqlaş hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶