AGROSANOAT MAJMUI XODIMLARI KASABA UYuŞMASI AʼZOLARI IŞTIROKIDA SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Amudaryo tumanida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi aʼzolari iştirokida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, mehnat muhofazasi va xavfsizligi işlarini yangiça taşkil etiş böyiça seminar ötkazildi.
24-yanvar kuni bölib ötgan mazkur seminarda Özbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşi raisining birinçi örinbosari Töxta Bozorov, Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasining Qoraqalpoğiston Kengaşi raisi örinbosari Muradboy Daniyarov, Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qiliş bölimi yetakçi mutaxassisi Sultanmurod Orazimbetov, Amudaryo tumani hokimining birinçi örinbosari Komiljon Aytboyev, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar qatnaşişdi. Şuningdek, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi raisi Jasur Qurboniyozov hamda uyuşma aʼzolari qatnaşişdi.
Seminarda Özbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşi raisining birinçi örinbosari Töxta Bozorov “Mehnatkaşlarni ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş, tarmoqqa tegişli korxona, taşkilotlar va agroklasterlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari töğrisida”gi mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. U öz maʼruzasida kasaba uyuşmalariga aʼzo böliş tartibi, mehnatkaşlarni ijtimoiy tomonidan qöllab-quvvatlaşda uyuşmalarning örni va ahamiyati xususida söz yuritdi.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasining Qoraqalpoğiston Kengaşi raisi örinbosari Muradboy Daniyarov “Mehnatkaşlarni ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaşda jamoa şartnomalari örni” haqida maʼruza qildi. Seminar iştirokçilariga iş beruvçi korxonalar bilan jamoa şartnomasini tuziş tartibi, ahamiyati haqida batafsil tuşunçalar berildi.
Jamoa şartnomasi — korxonada iş beruvçi bilan xodimlar örtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvçi normativ hujjat ekanligi taʼkidlanib, unda korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qonunlar va boşqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda körsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat şartlari va ijtimoiy-iqtisodiy şartlar, yaʼni qöşimça taʼtillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga çiqiş, transport va xizmat safari xarajatlari uçun kompensatsiyalar, xodimlarni işlab çiqarişda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgaça tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq tölanadigan tarzda ovqatlantiriş, boşqa qöşimça imtiyoz va kompensatsiyalar ham kiritilişi mumkinligi tuşuntirildi.
Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qiliş bölimi yetakçi mutaxassisi Sultanmurod Orazimbetov esa “Korxona, taşkilot, fermer xöjaligi va agroklasterlarda mehnat muhofazasi, xavfsizligi işlarini taşkil etiş töğrisida” maʼruza qildi va keng tuşunçalar berib ötdi. Korxonalarda mehnat muhofazasi böyiça işlarni taşkil qiliş va uning huquqiy-meʼyoriy asoslari haqida batafsil söz yuritdi. “Mehnatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunning 14-moddasi korxonalarda mehnatni muhofaza qiliş xizmatlarini taşkil etişga bağişlangani, Qonunning şu moddasiga binoan Vazirliklar, idoralar, boşqa xöjalik organlari kasaba uyuşmalari Markaziy qömita bilan kelişib özlari tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq mehnat muhofazasi işlarini muvofiqlaştirib borişini bayon etdi.
Seminar davomida kasaba uyuşmasining afzalliklari, xodimlarni ijtimoiy himoya qiliş, ularning soğligini tiklaş kabi köplab imtiyozlar haqida maʼlumot va tuşuntirişlar berildi. Seminar iştirokçilarning faolligi bilan jonli tarzda ötdi va ular özlarini qiziqtirgan köplab savollarga maʼruzaçilardan javoblar olişdi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶