22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:56
Jamiyat 👁 268

JUMUROVUL MAHALLASIDA BILIMLI VA MAʼNAVIYaTLI YoShLAR KAMOL TOPMOQDA

JUMUROVUL MAHALLASIDA BILIMLI VA MAʼNAVIYaTLI YoShLAR KAMOL TOPMOQDA

Tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda yoshlarni har xil oqim va gʻoyalardan ishonchli himoya qilishning birdan-bir vositasi – taʼlim-tarbiya ishlarini yuksak maqomda yoʻlga qoʻyish, yoshlar ongida maʼnaviy immunitetni mustahkamlash, ularning bilimli, intiluvchan shaxs sifatida shakllanishlari uchun sharoit yaratishdir. Shu bois, Prezidentimiz taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessansni bunyod etish ekanligini taʼkidlar ekanlar, Uchinchi Renessansning asosiy bunyodkorlari – bilimli va maʼnaviyatli yoshlar ekanligiga alohida urgʻu bergan edilar.

Bu borada Amudaryo tumanidagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot bilimda” shiori ostida amalga oshirilayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” nomli davlat granti loyihasi doirasidagi tadbirlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Grant loyihasi doirasida yozuvchi-shoirlar bilan tajribali pedagoglar, ijodkor-yoshlarning davra suhbatlarini, “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati”, “Kitob sayllari”, “Bilimdon yoshlar – yurt kelajagi”, “Bolalar va oʻsmirlar kitob haftaligi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni, yoshlar kitobxonligini targʻib etuvchi aktsiyalar, insholar tanlovlarini tashkil qilish, Amudaryo televideniyesi tahririyati bilan hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” koʻrsatuvlarini suratga olish va efirga uzatish kabi ishlar rejalashtirilmoqda.

Loyiha doirasida yoshlarni mafkura maydonining har qanday xurujlaridan himoya qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan namunali maktablarning tajribali pedagoglari va kitobxon yoshlari ishtirokidagi davra suhbatlari yoshlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi. “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot - bilimda” shiori ostida “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant-loyihasi doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida 45-sonli maktab direktori Guloyim Qalandarova, “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, taniqli shoir va yozuvchi Ahmad Nafasov, Oʻzbekiston Yozuvchilari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva, maktabning bir guruh tajribali oʻqituvchilari va kitobsevar ijodkor yoshlar ishtirok etishdi.

Samimiy va dildan suhbat tarzidagi tadbirda Robiya Yoʻldosheva “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant-loyihasining ish rejasini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, loyiha ijodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning yoshlar taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni xususida batafsil maʼlumot berdi. Shu bilan birga Jumurovul mahallasining oʻziga xos boy tarixi, bu zamindan yetishib chiqqan davlat va jamoat arboblari, tarixiy shaxslar, ayniqsa, mustaqillik yoʻlidagi kurashlarda jon fido etgan, jumurovulliklarninggina emas, butun xalqimizning faxr-u iftixoriga aylangan, oʻz davrining yetuk siyosatchisi Bobooxun (Muhammadoxun) Salimovning hayoti va faoliyati xususida keng toʻxtalib, bu boradagi Jumurovul yoshlarining fikrlari bilan ham oʻrtoqlashdi.

Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari Mehnat Qahramoni Oyim Kamolova va uning izdoshlari, shuningdek, kitobxon-yoshlar, ular erishayotgan yutuqlar, kitob mutolaasining inson kamolotidagi oʻrni haqida oʻzaro fikrlashdilar.

Tadbirning sheʼrxonlik bahsini taniqli shoir va yozuvchi “Salomchi mening unvonim”, “Keldim dovonlar oshib...” kitoblarining muallifi Ahmad Nafasov boshlab berdi. Ahmad Nafasovning vatanparvarlik, insoniylik, oʻzaro mehr-oqibat, doʻstlik, tinchlik tuygʻulari madh etilgan sheʼrlarini davra suhbati ishtirokchilari olqishlar bilan kutib oldilar. Oʻz navbatida maktabning amaliyotchi-psixologi Dilfuza Utegenova, maktabning ijodkor oʻquvchilaridan Nigora Bozorboyevalar ham oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berishdi.

Oʻzlari tugʻilib-oʻsgan ovuldan faxrlanish, ona Vatan taraqqiyoti uchun masʼullik tuygʻusi ifoda etilgan sheʼrxonlik bahsini maktab direktori Guloyim Qalandarova oʻzi faoliyat yuritayotgan oʻquv maskanida yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim-tarbiya sohasiga mamlakatimizda koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan cheksiz minnatdorlik soʻzlari bilan davom ettirdi.

Haqiqatan ham tumanning eng chekka hududlaridan birida joylashgan boʻlishiga qaramay, mazkur maktabda sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Maktab binosi 2022-2023 oʻquv yilida toʻliq rekonstruktsiya qilinib, taʼlim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda oʻquv maskanida 467 nafar jumurovullik yoshlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Ularning fan asoslarini chuqur egallashlari uchun 53 nafar malakali pedagog xodimlar masʼul. Pedagoglarning 4 nafari oliy, 13 nafari birinchi, 28 nafari ikkinchi toifali malakaga ega oʻqituvchilardir. Oʻqituvchilarning 3 nafari xalqaro, 3 nafari milliy sertifikatga ega.

Maktabning 2022-2024 oʻquv yilidagi bitiruvchilaridan 22 nafari OTM talabalari boʻlishdi va bu boradagi koʻrsatkich 66 foizni tashkil etdi. Oʻquvchi-yoshlar orasida fanlar olimpiadasi va turli sport musobaqalari gʻoliblarining borligidan ayonki, muassasada yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan tarbiyalash borasidagi ishlar Guloyim Qalandarova faxrlanib aytganicha bor, chunki maktab yashil toifadagi taʼlim muassasalari qatoridan joy olgan. Buni davra suhbati ishtirokchilarining fikr-mulohazalaridan ham yaqqol bildik.

Davra suhbati yakunida Robiya Yoʻldosheva yangi sheʼrlaridan oʻqib berdi va oʻquvchi-yoshlar bilan kitob mutolaasining foydalari yuzasidan samimiy suhbatlashdi.

Dildan, samimiy muloqot tarzida oʻtgan davra suhbatidan ishtirokchilar katta taassurotlar oldilar.

Eslatib oʻtamiz: bundan sal avval 73-sonli maktabning tajribali-oʻqituvchilari va ijodkor yoshlari bilan shoir va yozuvchilarning uchrashuvi boʻlib oʻtgani haqida xabar qilgan edik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026