16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:24
Fan va taʼlim 👁 303

1-SONLI MAKTABDA “ASSALOM, YaNGI YIL!” DEB NOMLANGAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

1-SONLI MAKTABDA “ASSALOM, YaNGI YIL!” DEB NOMLANGAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Vaqt yugurik, shiddatli. Hademay 2023-yil ham tarixga aylanadi. Oʻtayotgan har daqiqalar bizni yangi – 2024-yilga yaqinlashtirmoqda.

Yangi yil shukuhi bois yakunlanayotgan yil umrimizning bir boʻlagini olib ketayotganini ham his qilmaymiz. Boisi bu bayramni barchamiz intiqlik bilan kutamiz. Mazkur bayram bolaligimizdan moʻʼjizalar olib keluvchi, yangi quvonchlar, orzularga yetaklaydigan kun sifatida xotiramizda qolgan.

Bayram arafasida Mangʻit shahridagi 1-sonli maktabda oʻtkazilgan “Assalom, Yangi yil” deb nomlangan bayram tadbiri ham oʻquvchilarni cheksiz shodliklarga beladi.

Maktab faollar zalida boʻlib oʻtgan tadbirga maktab direktori, oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Dilrabo Sherboyeva ochdi va barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutladi. Shuningdek, maktab badiiy havaskorlari ijrosida ingliz tili fani oʻqituvchilari rahbarligida tayyorlangan musiqiy–madaniy tadbirni tomosha qilishga taklif etdi.

Bayramona bezatilgan maktab faollar zaliga yigʻilganlar mahobatli archa oldiga chiqib kelgan uch nafar boshlovchi oʻquvchilarni qarsaklar bilan kutib oldilar. Ular avvalo barchani ona tilimizda hamda rus, ingliz tillarida yangi yil bilan qutladilar. Shuningdek, yangi yil bayramining kelib chiqish tarixi, turli mamlakatlarda turlicha nishonlanishi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, Yangi yil turli mamlakatlarda, turli sanalarda, turli tarzda nishonlanadi. Xususan, Italiyada bu bayram 6-yanvardan boshlanadi va anʼanaga koʻra, shu kuni barcha eski narsalar derazadan koʻchaga uloqtiriladi. Kolumbiyada mazkur bayram masxaraboz-u ertaklar qahramonlari ishtirokidagi karnaval bilan boshlanadi. Papa Paskual (Qorbobo) shahar boʻylab sayr qilib, barchani bayram bilan qutlaydi. Yaponiyada esa Yangi yilda yaqinlarga sovgʻa sifatida belkurak taqdim etiladi. Bolalar esa albatta, yangi kiyim kiyishadi.

Ha, Yangi yilni nishonlash bilan bogʻliq urf-odatlar, anʼanalar turlicha. Lekin butun oila jam boʻlib, toʻkin dasturxon atrofida, bir-birovga eng yaxshi tilaklarni izhor etib, yangi yilni nishonlashga hech narsa teng kelmaydi. Bayram munosabati bilan umumtaʼlim, maktablarida oʻtkaziladigan tadbirlar, Qorbobo, Qorqiz tashrifi, shodon oʻyin kulgular bolajonlarga oʻchmas taassurotlar hadya etadi.

Ha, bu “Assalom, Yangi yil” deb nomlangan tadbirda ham yaqqol namoyon boʻldi. Maktab oʻquvchilarining tayyorlagan maxsus musiqiy dasturidan oʻrin olgan har bir qoʻshiq, raqs, ifodali oʻqilgan sheʼrlar tomoshabinlarga juda manzur boʻldi. Ayniqsa oʻquvchilar chorlovi bilan kirib kelgan Qorbobo va Qorqiz tashrifi oʻquvchilar shodligiga shodlik qoʻshdi, ular bilan joʻrovoz boʻlib kuylangan sheʼrlar, qoʻshiq, raqslar avji juda baland boʻldi. Shuningdek, oʻzbek adabiyotining taniqli vakili Said Ahmad asari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini ham yuzaga chiqardi.

Tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026