21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:00
Siyosat 👁 359

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 68-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 68-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 27-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 68-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi.

Sessiya kotibligiga 5-Beruniy saylov okrugidan deputat Nilufar Davletova saylandi.

Sessiyada tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada dastlab Amudaryo tumanini ishsizlikdan holi xududga aylantirish hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tuman hokimi birinchi oʻrinbosari Kamiljon Aytbayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda bugungi kunda tumanda 49ta ovul va mahallalarda yashovchi aholi soni 211,1 ming nafarni, xonadonlar soni 38 ming, undagi oilalar soni esa 56,3 mingtani tashkil qilishini, iqtisodiy faol aholi esa 82 ming 626 nafar boʻlib, rasmiy va norasmiy sektorda bandlar 75 ming 694 nafarni, ishsizlar soni 6 ming 932 nafarni, bitiruvchilar esa 14 ming 509 nafarni tashkil qilishini aytib oʻtildi.

Shuningdek, hokim oʻrinbosari tumanni ishsizlikdan holi xududga aylantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalarga ham toʻxtaldi. Xususan, tumandagi ishsizlikdan kelib chiqib, mavjud imkoniyat va rezervlarni safarbar qilgan holda kelgusi yilda 8 ming 140ta doimiy, 8 ming 646ta mavsumiy hamda 4 ming 397ta vaqtinchalik, jami 21 ming 683ta ish oʻrinlarini yaratish belgilangan.

Sessiyada tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlar hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, tumanda 4-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 5 ming 398 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Shundan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 1 ming 943 nafarni, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ehtiyojmand xotin-qizlar 685 nafarni, boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar 1 ming 183 nafarni, ijtimoiy yordamga muhtoj, I va II guruh nogironligi boʻlgan va tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar 911nafarni tashkil qiladi. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 30 nafar, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar soni esa 646 nafarni tashkil qiladi.

Shu kungacha 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 ming 398 nafar xotin-qizlarning 5 ming 330 nafariga yordamlar koʻrsatilgan.

Sessiya ishida tuman Mahalliy byudjetning 2024-yilgi asosiy koʻrsatgichlari toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Javlonbek Jumamuratov hisobot berdi. Hisobotda 2024-yil uchun tuman Mahalliy byudjetning daromadlari 73,3 mlrd. soʻm, yuqori byudjetdan ajratiladigan transfert miqdori 151,6 mlrd. soʻm, jami xarajatlari 224,9 mlrd. soʻm miqdorida prognoz qilinayotgani qayd etilib, kelgusi yilda koʻzda tutilgan daromadlar va xarajatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiyada Amudaryo tumani Soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov Amudaryo tumanida 2023-yil davomida byudjetga tushumlarni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va 2024-yil byudjeti rejasi tugʻrisida hisobot berdi. Hisobotda byudjet daromadlariga 2023-yil uchun belgilangan 91,1 mlrd. soʻm prognoz koʻrsatkichi yil yakuni bilan 100,2 mlrd. soʻmga, yaʼni (110 foizga) bajarilib, byudjetga anqlangan qoʻshimcha manbalar hisobodan 9,1 mlrd. soʻm undirilgani, byudjetga tushumlar 2022-yilga taqqoslaganda 118,8 foizga, yaʼni 15,9 mlrd. soʻmga oʻsishi taʼminlangani qayd etildi.

Shundan soʻng sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga joriy yil boshidan 1-dekabr sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 4 ming 253ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 3 ming 230tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 705tasi ijobiy hal qilingan. Axborotda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yakunlari boʻyicha ham batafsil maʼlumot berildi.

Sessiya soʻngida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, deputatlar va barcha tuman faollarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qoʻshayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirib, barchani xalq farovonligi, davlat rivoji hamda jamiyat taraqqiyoti yoʻlida hamjihatlik bilan fidokorona mehnat qilishga chorladi.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026